Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish


Korxonalarning ixtisoslashuvi


Download 27.96 Kb.
bet4/9
Sana14.11.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1772312
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish-fayllar.org

Korxonalarning ixtisoslashuvi - ularda mukammalroq texnika va texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usullarini qo’llashni yengillashtiruvchi turdosh mahsulot ishlab chiqarishni mujassamlash-tirish jarayonidir.
Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarish-ning o’sishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ixtisoslashtirish, o’z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlar-ning rivojlanishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir iqtisodiy zarurat bo’lib qoldi.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyotining muhim omillari – elektronizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va joriy etish, ilg’or texnologiyalarni, jumladan, biotexnolo-giyalarni vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bilan bevosita bog’likdir.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sanoat korxonalarining ishini eng ratsional, oqilona tashkil etish hisoblanib, binolardan, jihoz va asbobukunalardan, materiallardan bekami-ko’st foydalanishda, fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qo’llashda, mehnat unumdorigini oshirishda, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlarini tejashda katta samara keltiradi.
Korxona bo’limlarining ixtisoslashuvi - ayrim sexlar, uchastkalar, ish joylarining ayrim mahsulotlar ishlab chiqarishga va jarayonlarni bajarishga ixtisoslashuvida ifodalanadi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish jarayonining quyidagi shakllari keng tus olgan:
-birinchi, eng oddiy va keng tarqalgan shakli buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish. Uning bunday shakli korxonalarni texnologik jihatdan birbiriga o’xshash bo’lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdan iborat;
-ikkinchi, detalli ixtisoslashtirish, ya’ni buyum yoki mahsulotning bir qismini, uzel detalini (masalan, motor, reduktor, karbyurator, porshen, gilza, kuzov, bunker va h.k.larni) ishlab chiqarish;

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling