Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish
Download 27.96 Kb.
|
Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Konsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko’rsatkichlari
Kooperativlashtirish – muayyan turdagi mahsulotni hamkor-likda tayyorlash bo’yicha korxona (firma)larning birgalikda faoliyat ko’rsatishidir.
Kombinatsiyalashtirish - turli tarmoqlarga mansub bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni yoki jarayonlarni bir korxona miqyosida mujassamlashtirishdir. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, Prezident asarlarida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Natijada ular oqilona ravishda, sanoat siyosatining barcha talablariga javob beradigan yo’sinda rivojlanib bormoqda. Bu jarayonlarning zarurligi va ularni takomillashtirish masalalari milliy iqtisodiyot taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ham alohida ahamiyat kasb etadi. 2. Konsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko’rsatkichlariIshlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish – bu mahsulot tayyorlash, ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishni eng yirik korxonalarda to’plash jarayonidir. Uning bir necha turlari mavjud. Ular agregat, texnologik, tashkiliy xo’jalik va korxona (firma)larni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi. Sanoatni konsentratsiyalashtirish agregat, texnologik, tashkiliy-xo’jalik va zavodlarni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi. Agregat shaklida ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish - dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya’ni agregatlarning unumdorligini yuqori darajaga hamda muayyan turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning umumiy quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog’ini ko’paytirishdir. Bu jarayon sanoatning yetakchi, ayniqsa, elektroenergetika, metallurgiya, kimyo, yoqilg’i va qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli. Konsentratsiyalashtirishga texnologik jihatdan o’xshash ishlab chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin. Masalan, metallurgiyada - cho’yan, po’lat eritish, prokat ishlab chiqarish, to’qimachilikda – yigirish, to’qish, bo’yash, mashinasozlikda - quyuv, mexanik ishlov berish, yig’uv jarayonlarining mujassamlashishi. Korxonalarni va ularning tarkibidagi sex va uchastkalarni yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmini ko’paytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bunga yirik korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, kengaytirish, birlashmalarni tuzish yo’li bilan erishiladi. Iqtisodiy rayonlarning industrial rivojlanish darajasi, ularning tarkibidagi yirik, o’rta hamda kichik sanoat korxonalarning salmog’i bo’yicha ifodalanadi. Sanoatni konsentratsiyalash masalalarini ma’lum mahsulotlarga ehtiyoj, ularni ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda erishiladigan iqtisodiy natijalarni e’tiborga olgan holda hal etish tavsiya etiladi. Korxonalar ishlab chiqarishning hajmiga binoan yirik, o’rta va kichik turlarga bo’linadi. Ular bir-biridan ishlab chiqariladigan mahsulot (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) ning hajmi, asosiy fondlarning qiymati, xodimlarning soni bilan farqlanadi. Yirik, o’rta va kichik korxonalarni qurish zarurati O’zbekiston Respublikasining moddiy-texnika bazasini yaratishda vaqt omilining ahamiyati nihoyatda yuqoriligi bilan aniqlanadi. Har bir sanoat korxonasi o’z afzalliklari va kamchiliklari bo’yicha bir biridan farqlanadi. Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi: -yuqori unumli texnika va ilg’or texnologiyani qo’llash va undan foydalanish imkoniyatlarining ko’pligi; -ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish; -xodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi; -sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi fantexnika yutuqlarini, o’zlashtirishga ta’sir ko’rsatadigan quvvatli konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, byurolarini tashkil etish imkoniyatlari; -shartli-doimiy xarajatlarning kamligi; -mahsulot birligiga to’g’ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat ko’rsatish xarajatlarining pastligi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kichik korxonalarning o’rni va roli juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli mustaqillik yillarida o’rta va kichik korxonalarning rivojlanishiga alohida e’tibor berildi. Natijada ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 50 foizdan oshmoqda. Yirik, o’rtacha va kichik korxonalar oqilona rivojlantirilgandagina ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish mumkin. Bu vazifani hal etish ishlab chiqarishni konsentrsiyalashtirishga bevosita bog’liqdir. Buning uchun korxonalarning optimal yirikligini aniqlash kerak bo’ladi. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling