Ishlab chiqarishni rejalashtirish


Texnologiyalarni litsenziyalash


Download 42.68 Kb.
bet3/5
Sana12.10.2023
Hajmi42.68 Kb.
#1699341
1   2   3   4   5
Texnologiyalarni litsenziyalash - ulardan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, ularni sotish, taqdim etish bilan bo‘gliq jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni anglatadi. Jumladan, zarur bo‘lgan hollarda uni turli qismlarga ajratish xizmatlari ko‘rsatiladi, masalan, texnologiyaning o‘ziga bog‘liq muhandislik xizmatlari, bosqichma-bosqich ichki integratsiyasi, oraliq mahsulotlar yetkazib berish, uskunalami yetkazib berish. Texnologiyalarni litsenziyalashning shartnomaviy aspektlari, texnologiyani sotib olmasdan oldin ko‘rib chiqiladigan muhim masalalardan biridir. Bunga quyidagilami kiritish mumkin:
A) sotib olinayotgan texnologiyalaming tanlovi va ularning kafolatlari;
B) texnologiya bo‘yicha xarajatlar;
C) shartnomaning ama! qilish muddati va boshqa ba’zi masalalar.
Bunda sotib olinayotgan texnologiyaga aniq tavsif berish muhim hisoblanadi. Agar gap texnologik jarayon haqida bo‘lsa, unda ishlab chiqarish jarayoni va undan kutilayotgan natijalami tavsiflash lozim boTadi. Agar ishlab chiqarish uskunasi sotib olinayotgan boTsa, bunda hujjatlashtirish ishlari va ishlab chiqarish nou-xausining boshqa elementlari dasturiarini puxta ishlab chiqish zarur. Bundan tashqari, mulk egasi taqdim etayotgan nou-xau bo‘yicha sifat kafolatini berishi, hamda litsenziya shartnomasi imzolangandan keyin to‘liq sotib oluvchiga o'tishini tasdiqlashi shart. Texnologiya bahosi, uni to‘lash turi va to‘lab boMisb muddatlarini aniq belgilashi kerak. Bunda texnologiya turlaridan qat’i nazar to‘lov muddatlari 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Loyihalar nuqtayi nazaridan olib qaraganda bu muddat nou-xauning kelib chiqishini va o‘zlashtirilishini o‘z ichiga olishi muhim hisoblanadi.
6.5. Asboh-uskunalarni tanlash va binolargaboigan ehtiyoj
Texnologiya tanlovi va uskunalar tanlovi bir-biri bilan bogiiq. Ba’zi loyihalarda ishiab chiqarish texnologiyasi keltiriladigan uskunaning bir qismi va boiagi hisoblanadi. Shuning uchun ham texnologiyalar sotib olish uchun alohida shartnomalar tuzishga hojat yo‘ q. Ammo ba’zi hollarda texnologiyaning alohida sotib olishga ehtiyoj paydo boisa, uskunalami tanlash texnologiyalami aniqlagandan keyin amalga oshiriladi. Shunday ekan, uskunalar va mashinalarga boigan talab tanlangan texnologiyalar va uskunalarning ishiab chiqarish quwati asosida tanlanadi. Uskunalar loyiha turidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Qayta ishlovchi sanoat sohalarining ko‘pchiligi uchun uskunaning ishiab chiqarish quwati qayta ishlashning har bir bosqichi uchun ishiab chiqarilishi va kelgusida ishiab chiqarish bosqichidagi uskunaning quwati bilan bogianishi zarur. Chunki uzluksiz texnologik jarayon paydo boiishi kerak. Mana, masalan, dizel inotorlari yoki kompressorlardan ba’zi turlarini ishiab chiqarish uchun zarur stanoklar majmuasini turli xildagi mahsulotlar tashkil qilishi mumkin. Loyihada maxsus poydevorlar, tirgakli qurilmalar, devorlar, shiftlar qurishni talab qiluvchi montaj va uskunalami o'matish ishlari ham ko‘zda tutilishi kerak. Texnologik iqtisodiy bosqich tahlilida uskunalar va mashinalar ro‘yxati va bahosi qanchalik toiiq boimasin, baribir ular investitsiya qarori qabul qilishda loyiha parametrlarining o‘zgarishi natijasida sezilarli o‘zgarishi mumkin. Texnologik jarayonlaming o‘zgarishini hisobga olgan holda bu o‘zgarishlar loyihaga kiritilishi shart, biroq texnik iqtisodiy bosqichlardan keyingi bosqichlarda. Uskuna bilan birgalikda beriladigan va eskirganlari bilan almashtiriladigan zarur ehtiyot qismlar va ulaming taxminiy baholari ko‘rsatilgan ro‘yxat tayyorlanishi shart. Zarur boigan mashina va uskunalami, ehtiyot qismlami import mashina va uskunalariga hamda ichki bozordagi mashina va uskunalarga ajratish zamr. Import uskunalari xarajatlari, bahosi, kira va transport haqi hamda ichki transport haqi, sug'urta va hokazo kabi uskunani zavod maydoniga keitirib tushurgunga qadar qilinadigan xarajatlar orqali shakllanadi. Shu bilan birga, uskunani o‘matish xarajatlari ham hisoblanadi. Uskunaning o‘matish bahosi uskuna turiga qarab uskuna bahosining 1-2% dan to 5-15% igacha bo‘lishi mumkin. Keyingi bosqich bu bino va inshootlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ular xarajatlari smetasini tuzishdan iborat. Qurilish dasturini ishlab chiqish uchun hamma obyektlar uch xil turkumga bo‘linadi: 1. Maydonni tayyorlash va o‘zlashtirish. 2. Zavod va ishlab chiqarish obyektlari; yordamchi binolar, ilmiytadqiqot laboratoriyalari, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi binolar, zaxiralaming tayyor va oraliq mahsulotlami ishlab chiqarish anjomlari, ehtiyot qismlar va hokazolarni saqlash omborlari, ma’muriyat binosi, xodimlar uchun maxsus maishiy binolar, yashash uylari va boshqalar. 3. Ochiq osmon ostidagi obyektlar; binolar va muhandislik qurilish obyektlari xarajatlari tizimi natural yoki qiymat ko‘rinishida tuziladi. Masalan, qurilgan maydonning metr kvadrati yoki qurilgan yopiq bino hajmining metr kubi. Bundan tashqari, texnik iqtisodiy tahlil zavod uchun bo‘lmagan inshootlar va ularning qurilish muddatlarini o‘z ichiga olishi kerak. Masalan, ma’muriyat binosini zavod binosini qurmasdan oldin bitirish kerak. Yashash uchun uylar zaruriyatini ham ko‘rib chiqish zarur. Oxirgi ko‘rsatilgan binolar kamdan-kam hollarda qurilmaydi. Markazdan uzoqda joylashgan yangi qurilgan zavod uchun ishchi kuchi muammosi paydo bo'ladi. Shuning uchun ham zavodda ishlovchilar uchun transport vositasi tashkil qilish zarur bo‘ladi. Ammo ba’zi chekka hududlarda yagona variant - bu ta’lim beruvchi, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy ta’minot binolarini o‘z ichiga olgan aholi yashash punktlarini qurishdan iborat. Bu hoiatlar loyiha uchun sezilarli katta xarajatlar bo‘lsada, ular muqarrar bo‘ladi. Shuning uchun ham texnik-iqtisodiy tahlil bosqichida aholi yashash punktlarini qurish yoki transport vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutiladi.

Uskunalar va fuqarolik qurilishi bo‘yicha hamma ma’lumotlar 6.5.1 va 6.5.2-jadvallarda berilgan.


6.5,1-jadval
Uskunalarga boigan ehtiyoj hisobi

6.5.2-jadval
Binolar va inshootlar xarajatlari bo‘yicha hisob-kitoblar


Download 42.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling