Ishlab chiqish tartiblari, tasdiqlanishi va ro’yxatdan o’tkazish tartib qoidalarin o’rganish


Ishlar (jarayonlar)ga standartlar


Download 32.1 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi32.1 Kb.
#1537440
1   2   3   4
Bog'liq
1. Standartlarning ularning turlari, ishlab chiqish tartiblari, tasdiqlanishi va ro’yxatdan o’tkazish tartib qoidalarin o’rganish

Ishlar (jarayonlar)ga standartlar mahsulotni tayyorlash, saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va utillashtirish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishda turli xil ishlarni bajarish usullari (usullari, qabul qilishia, ishlar tartibi, rejim va me’yorlari)ga asosiy talablarni o’rnatadi.
Yangi mahsulotlarni qisqa vaqtda o’zlashtirilishida loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi standartlari buyumlarni tayyorlash texnologik jarayonlarining printsipial sxemalari bo’yicha va moduli konstruktsiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Namunali texnologik jarayonlar ishlarga tipik standart ob’ektlari bo’lib hisoblanadi.
Ishlar (jarayonlar)ga standartlarda texnologik jarayonlarni o’tkazishdagi tabiat muhitini himoya qilish va aholi sog’lig’i hamda hayoti uchun xavfsizlik talablaridan tarkib topgan bo’lmog’i lozim. Bunday ta’sirlar kimyoviy (tashlanadigan zararli ximikatlar), fizik (radiatsiyadan nurlanish), biologik (mikroorganizmlarni zaharlanishi) va mexanik tavsiflarda bo’lishi mumkin.
Mahsulot (xizmat)larni sifatini ta’minlash tizimi doirasida boshqarish jarayonlariga standartlar zamonaviy bosqichlarda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Nazorat usullari (sinash, o’lchash, tahlil)ga standartlar mahulotni yaratishda, sertifikatlashtirish va foydalanishda sinovdan o’tkazish, o’lchash hamda tahlil qilish (usullari, qabul qilish, uslubiyati va boshqa) usullarni o’rnatadi. Bunday standartlarga mahsulot (xizmat) sifatiga majburiy talablarlar baholash natijalarining aynan aslidek, xolisonalik va aniqliklari eng yuqori darajada bo’lishi tegishli bo’ladi. Bu shartlarni bajarish aytarli darajada o’lchash xatoliklari to’g’risidagi ma’lumot standartlariga bog’liq bo’ladi.
Tekshirish usullari, qabul qilish va usulublarning turli-tumanlagiga qaramasdan ularni ajratish va umumiy qoidalarini standartlashtirish lozim. Bunday standartlarga tekshirish vositasi va yordamchi qo’shimcha qurilmalar, tekshirishga tayyorlash va o’tkazish tartibi, natijalarni qayta ishlash qoidalari va rasmiylashtirish hamda sinovda yo’l qo’yilgan xatoliklar tegishli bo’ladi.
Standartda o’tkaziladigan amallar ketma-ketligi aniqlangan bo’lishi va olingan natijalarni qayta ishlash qoidalari, sinov qurilmasining sxemasi, mahsulot to’pidan olingan namuna miqdoriy tavsifi, joyi va xususiy xolati hamda natijalarning aniq va solishtirilgan bo’lishiga nisbatan tavsiyalarni beradi.
Masalan aytish mumkinki, mahsulot (xizmat)larga standartlarida tekshirish usullarining bo’lishi va ular qo’shilganaralash standartlar bo’lishi mumkin.
Davlat standartlari O‘z DSt 1.1:1992 “O’z SDT. O’zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi” ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalar (TQ), standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko’rsatkichlar, me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi-tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo’ladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to’rt bosqichi o’rnatilgan:
1-bosqich – standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur bo’lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich – standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish;
3-bosqich – fikr-mulohazalarni o’rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich – standartni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish.
Izoh: standartni ishlab chiqish bosqichlarini birga qo’shib bajarish ruxsat etiladi.

Download 32.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling