1-bosqich. Standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur bo’lganda amalga oshiriladi)
Texnik topshiriq me’yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini o’rnatish maqsadida buyurtmachi-tashkilot bnlan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va odatda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– standartlashtirish ob’ekti va qo’llanish sohasi;
– standartning bo’limlari va standartda o’rnatiladigan asosiy talablar ro’yxati;
– standartni ishlab chiqish bosqichlari;
– standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati;
– standart loyihasini kelishish lozim bo’lgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar ro’yxati;
– buyurtmachining boshqa talablari.
2 – bosqich. Standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish.
Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi.
Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo’lganda, standartni joriy etish bo’yicha asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik – asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi bilan birga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko’paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro’yxat bo’yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:
– buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standartning loyihasini kelishish bo’yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
– standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o’rnatilgan bo’lsa, davlat nazorati idoralariga, sog’liqni saqlash vazirligiga, atrof muhitni muhofazalash qo’mitasiga;
– mahsulotning biriktirilgan turlari bo’yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;
– standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga.
Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko’rib chiqib, o’z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo’natadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |