3-bosqich. Fikr-mulohazalarni o’rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish.
Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-mulohazalar to’g’risida ma’lumot tuzadi.
Ishlab chiquvchi-etakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.
Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o’rtasida standart loyihasi bo’yicha kelishmovchilik bor bo’lsa, ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko’rib chiqish bo’yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan standartning ko’rilayotgan loyihasi bo’yicha qaror qabul qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o’tkazadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo’yicha kelishmovchiliklar bor bo’lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo’yicha alohida fikrga ega, deb ko’rsatiladi.
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi.
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi-tashkilot buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jo’natadi.
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko’pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo’yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar, manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |