Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. Buyuk Britaniyada aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan TOP-10 kasalliklar ro‘yhati (100 000 aholiga nisbatan)


Download 0.8 Mb.
bet59/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

5.5-rasm. Buyuk Britaniyada aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan TOP-10 kasalliklar ro‘yhati (100 000 aholiga nisbatan)180
Xalqaro ekspertlarning fikricha, Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish amaliyotida tibbiy sug‘urta xizmatlari bilan bir qatorda, trast fondlarning tashkil etilganligi aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning qamrov darajasini oshirish imkoniyatini bermoqda. Natijada 2000-2020 yillarda mamlakat aholisining turli og‘ir kasalliklar bilan og‘rishi va kasallik sababli o‘lim holatlarini qisqartirishga erishildi. Jumladan, o‘rganilayotgan davrda aholi o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘lgan ishemik yurak kasalligi holatlari qariyb 2,2 martaga, qon tomir kasalliklari – 1,9 marta, quyi nafas yo‘llarining infeksiyalanishi holatlari esa – 1,8 martaga kamaydi (5.5-rasmga qarang)
AQShda sog‘liqni saqlashning xususiy modeli faoliyat ko‘rsatadi, va jami aholini qamrab oluvchi milliy tizim mavjud emas. AQSH tibbiy yordam sohasidagi davlat kafolatlari faqat cheklangan fuqarolar doirasiga nisbatan qo‘llaniladigan va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish qisman mavjud bo‘lgan yagona rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Moliyalashtirishning yetakchi manbai bo‘lib tibbiy xizmatlar xarajatlarining 50 foizdan ortig‘ini xususiy sug‘urta qoplaydi. Boshqa manbalarni keksa va kam taminlangan fuqarolar uchun dasturlar, hamda fuqarolarning shaxsiy pul mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Davolanish profilaktik muassasalari va xususiy shifokorlarni moliyalashtirishning boshqaruvi xususiy tibbiy sug‘urta kompaniyalarning qo‘lida bo‘lib qolmoqda. Davlat ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolar uchun maxsus davlat dasturlari orqali resurslarni taqsimlashni boshqaradi. Milliy sog‘liqni saqlash tizimini boshqaruvu markazlashmagan. «Umumiy davlat xarajatlarining YAIM hajmidagi ulushi 17,2 foizni tashkil etib, shundan sog‘liqni saqlash xarajatlari ijtimoiy manbalardan YAIM hajmidagi ulushi 9,1 foizni tashkil etadi»181. Tibbiy xizmatlardan foydalanishni taʼminlash bemorlarning to‘lov qobilyati bilan cheklangan. Keksalar va kambag‘allar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy dasturlar ijtimoiy himoyaga muxtojlar qatlam uchun qo‘llanilmaydi va zarur bo‘lgan tibbiy xizmatlarni deyarli qoplamaydi. 50 millionga yaqin aholiga umuman hech qanday tibbiy xizmat ko‘rsatilmaydi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi sog‘liqni saqlash siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Vazirlikning tibbiy xizmatlar bozoridagi mavqei katta emas, vazirlikning vazifalari quyidagilardan iborat: tibbiy yordam tizimi va ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishini nazorat qilish, tibbiyot fanini qo‘llab quvvatlash, sog‘liqni saqlash sohasidagi, aholining farovonligi va ijtimoiy himoya sohasidagi holatini nazorat qilish va hukumatga maʼlumotlarni yetkazib turish. Vazirlik tarkibidagi sog‘liqni saqlash xizmati va tibbiy yordamni moliyalashtirish boshqarmasi tibbiyot muammolarini bevosita xal qiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Mediker» va «Medikeyd» tibbiy xizmatlar markazlari ish olib boradi. Ular nazorati ostida keksalar (65dan yuqori) va og‘ir kasallikka chalingan fuqarolar uchun tibbiy sug‘urta dasturlari faoliyat olib boradi. Tibbiy xizmatlar markazlari shtatlar huqumati bilan birgalikda kam taʼminlanganlar, hamda xususiy tibbiy sug‘urta dasturlariga imkoni bo‘lmagan kam daromadga ega bo‘lgan oilalar farzandlari uchun tibbiy xizmatlar dasturlarining boshqaruvi bilan shug‘ullanadi.
Tibbiy muassasalar xususiy notijorat (koyka fondidan 70%), xususiy tijorat (jami koykalarni 15%) va davlat (jami koykalarni 15%) modellariga bo‘lingan holda xususiy tibbiy muassasalar yetakchi o‘rin egallaydi.182 Davlat tibbiy muassasalari xususiy bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqiga ega. 2009 yilda barcha shifoxonalarning 89% ga yaqini 200 va undan ortiq yotoqga ega edilar. Shifoxonalar xizmati uchun to‘lov bir necha to‘lov usullari birikmasi yordamida amalga oshiriladi: tibbiy xizmat to‘lovi, bir bemorning kasalxonada davolangan kuni, klinik statistik guruhlar to‘lovi, shuningdek to‘lovlar turi statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarning soniga ham bog‘liq. Birlamchi tibbiy yordam uchun to‘lov kishi boshi uchun to‘lov va xizmat uchun to‘lov turlari hisobga olinib amalga oshiriladi. Kasalxona shtat birligida bo‘lgan shifokorlar ish haqining oylik maoshi ko‘rinishida to‘lanadi, lekin aksariyat qismi xizmati uchun to‘lov ko‘rinishida mukofotlanadi. Oila shifokorlari xususiy tadibirkor unvoniga egadir.
Davlat o‘z dasturlari doirasida tibbiy xizmatlar bozori xajmi va sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tartibga soladi. Xususiy dasturlar doirasida tibbiy xizmatlar xajmi xususiy sug‘urta kompaniyalari tomonidan tartibga solinadi. Sifat nazorati professinal tibbiy birlashma va tashkilotlar boshqaruvida bo‘lgan davolash profilaktik muassasalarni akkreditatsiyalash va shifokorlarga litsenziya taqdim etish yordamida amalga oshiriladi.
AQSH amaliyotida tibbiy sug‘urta dasturlarining amal qilishi va aholiga tibbiy xizmtlar ko‘rsatishning qamrov darajasini oshirish bilan bir qatorda ayrim turdagi inson hayoti uchun havfli bo‘lgan kasallik holatlarini uchrashining oldini olish imkonini bermoqda. Xususan, «2000-2020 yillarda mamlakatda ishemik yurak kasalligi sababli vujudga kelayotgan o‘lim holatlari 1,4 marta, aholining qon tomir kasalliklari 1,3 martaga, o‘pka saratoni sababli hayotdan ko‘z yumish holatlari 1,2 martaga kamaydi»183. Shu bilan bir qatorda quyi nafas yo‘llarining infeksiyalanishi va ko‘krak bezi saratoni kasalliklari sababli o‘lim holatlarining vujudga kelishining to‘liq oldi olindi (5.6-rasmga qarang).


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling