Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-§. Tibbiy sug‘urta rivojlanishining modellari
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
5.3-§. Tibbiy sug‘urta rivojlanishining modellari
Jahonda aholinini ijtimoiy himoya qilishda sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish modellarini ishlab chiqish va optimallashtirish sohasida katta tajribaga to‘plangan. Rivojlangan mamlakatlar aholini bepul tibbiy xizmatlar bilan qamrab olishni kengaytirish, moliyalashtirish manbalari, mablag‘larni taqsimlash usullari borasida, hamda sog‘liqni saqlash sohasini samaradorligini oshirish va harajatlarini kamaytirish maqsadida tibbiy sug‘urta tizimdan oqilona foydalanishga erishmoqdalar. Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda aholiga sifatli keng ko‘lamli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy sug‘urta va maqsadli davlat dasturlarni amalga oshirish uchun alkogol va tamaki mahsulotlarining olinadigan aksiz soliqini hisobidan moliyalashtirish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tamaki mahsulotlarining chakana narxidagi aksiz solig‘i ulushini kamida 75% tashkil qilishni tavsiya qiladi. Ushbu ko‘rsatkichga Yevropa mintaqasidagi 53 ta mamlakatdan 26 tasida erishilgan. Xorij mamlakatlaridan alkogol va tamaki mahsulotlariga soliqning kiritilishi sog‘liqni saqlash sohasini qo‘shimcha moliyalashtirishda manba sifatida ko‘llanilmoqda. Ushbu xolat, axolini ijtimoiy himoya qilish tizimida sog‘liqni saqlash sohasini yaxshilashga, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan erta o‘limni kamaytirish sog‘liqni saqlash tizimni rivojlantirishda ko‘llab kelinmoqda. Jahonda amal qilayotgan sog‘liqni saqlash modellari universal xarakterga ega emas, shu munosabat bilan modellarning kuchli va zaif tomonlari, xorij davlatlarini bu borada tajribalarini tahlili O‘zbekiston aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jaxondagi sog‘liqni saqlash tizimining barcha modellarini uch turga bo‘lish mumkin172: 1. Budjet modeli (davlat tizimi) 2. Sug‘urta modeli (ijtimoiy sug‘urta tizimi) 3. Xususiy model (nodavlat yoki bozor tizimi). Beveridj modeli sifatida mashhur bo‘lgan birinchi modelning xarakterli tomoni ushbu modelda davlat yetakchi o‘rinni egallaydi. Moliyalashtirishning bosh manbai bo‘lib soliq tushumlari xizmat qiladi. Barcha aholi uchun tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. Odatda, YaIMdagi sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarining ulushi 8-11 foizni tashkil etadi. Xususiy sug‘urta va qo‘shimcha to‘lovlar muhim rol o‘ynaydi. Moliyalashtirishning bosh manbai – davlat budjeti hisoblanib, tibbiyot xodimlari xususiy boshqaruv kompaniyalari nazorati ostida budjet mablag‘larini oladi. Hukumat sog‘liqni saqlash xarajatlarining aksariyat qismini (70% dan ortiq) taʼminlagan holda, bir vaqtning o‘zida tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi va tibbiy xizmatlardan foydalanuvchi rolini bajaradi. Sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Tibbiy xizmatlarning aksariyat davlat davolash-profilaktik muassasalari va xususiy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi va xususiy tibbiy muassasalarga ikkilamchi o‘rin beriladi. Davlat tibbiy xizmatlar va tibbiy uskunalar bozorini qatʼiy nazorat qiladi, tibbiyot xizmatlar bozoriga kirish tartib-qoidalarini belgilaydi, to‘lovlar ro‘yxatini tuzadi, tarif siyosati va narx belgilash yordamida esa ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmini nazorat qilinadi. Tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini nazorat qilish jarayoni tibbiy muassasalarni akkreditatsiyalash va shifokorlarga litsenziya berish ko‘rinishida professional tibbiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tizimda qo‘shimcha to‘lovlar darajasi muxim ahamiyatga ega emas. Bismark modeli nomi bilan tanilgan ikkinchi model ko‘pincha tartibga solinadigan tibbiy sug‘urta tizimi sifatida belgilanadi. Ushbu model tibbiy xizmatlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishining rivojlangan tizimi ijtimoiy kafolatlar bilan birlashgan holda aralash iqtisodiyot tamoyillariga asoslanadi. Sug‘urta fondlari davlat tomonidan moliyalashtirilganda majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari jami aholini qamrab oladi va tibbiy xizmatlar xarajatlarining 70 foizdan ortig‘ini davlat qoplaydi, hamda davlat tomonidan sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlar, budjet modeliga nisbatan yuqoriroq bo‘lib YAIM hajmining 9-13 foizini tashkil qiladi. Mablag‘larni taqsimlashda xususiy notijorat, tijorat sug‘urta fondlari va sug‘urta kompaniyalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda bozorning mavqei katta bo‘lib, bemorlar sug‘urta kompaniyalari va xizmat ko‘rsatuvchilarni tanlashda erkinlikka. Sug‘urta bozori ishtirokchilari ko‘pligi sababli ijtimoiy sug‘urta modelidagi sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish shaklini markazlashtirilmagan deb nomlash mumkin. Ko‘pgina tibbiy xizmatlar majburiy ro‘yxat bo‘yicha to‘lanadi. Qo‘shicha to‘lov tizimidan faol foydalaniladi. Tibbiy xizmatlar turli mulkchilik shakllaridagi muassasalar tomonidan ko‘rsatilgan holda, ular tarkibiga xususiy notijorat kompaniyalari ustunlik qiladi. Birlamchi tibbiy yordam xususiy xizmatlar ko‘rsatuvchi sifatida faoliyat olib boruvchi oilaviy shifokorlar tomonidan taqdim etiladi. Tibbiy xizmatlar bozori rivojlangan, xususiy sug‘urta yordamchi rol o‘ynaydi. Tibbiy xizmatlar bozorini tartibga solishda hukumat salmoqli mavqega ega bo‘lgan holda, budjet tizimlariga nisbatan ahamiyatsiz. Davlat sug‘urta fondlari faoliyatini tartibga soladi, sug‘urta fondlari esa tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchilar assotsiatsiyasi bilan birgalikda ularning xajmi va sifatini aniqlaydi. Sog‘liqni saqlashning xususiy modeli xususiy sug‘urta kompaniyalari va fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga, pullik xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda bozor yetakchi o‘rinni o‘ynaydi. Davlat amalda bozor tomonidan qondirilmagan majburiyatlarnigi o‘z zimmasiga oladi, yaʼni ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning (ishsizlar, kam taʼminlangan va nafaqa oluvchilar) tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga bo‘dgan xarajatlarini qoplaydi. Xususiy modelda moliyalashtirishning 50 foizdan ortig‘i fuqorolarni shaxsiy xususiy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari xususiy sug‘urta fondlarida to‘planadi va tibbiy davolash muassasalariga yo‘naltiriladi. Tibbiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi markazlashtirilmagan bo‘lib, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda qoplanadigan tibbiy xizmatlar va texnologiyalar xususiy sug‘urta rejalari doirasida taqdim etiladi. Davlat cheklangan miqdordagi davlat dasturlari doirasida to‘lanadigan to‘lovlar ro‘yxatini belgilaydi. Tibbiy xizmatlar va xususiy tibbiy sug‘urta bozori yetarli rol o‘ynaydi va davlatning roli esa cheklangan bo‘ladi. Tibbiy xizmatlarning aksariyat qismi xususiy tibbiy davolash muassasalari va xususiy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi. Xususiy tibbiy sug‘urta kompaniyalari yordamida tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhiti shakllanadi. Sog‘lom raqobat muhiti sharoitida tibbiy xizmatlar sifati yaxshilanadi va xizmatlar aholining moddiy jihatdan taʼminlangan qatlamga mo‘ljallangan bo‘ladi. Taxlillar ko‘rsatishicha YAIM tarkibida sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarning ulushi budjet va sug‘urta modellariga qaraganda yuqori bo‘ladi. Tibbiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini tartibga solishda davlatning roli budjet va ijtimoiy sug‘urta tizimlariga qaraganda salmoqli bo‘lmaydi. Davlat tibbiy texnologiyalar bozoriga kiradi, sug‘urta kompaniyalari faoliyatlarini nazorat qiladi, va sog‘lom raqobat muhitini himoyalash bilan shug‘ullanadi. Tibbiy xizmatlar sifatini taʼminlash masalalari tibbiy muassasalar va shifokorlar faoliyatini professional tibbiy tashkilotlar tomonidan litsenziyalash va akkreditatsiyalash orqali hal etiladi. Quyidagi 5.2-rasmda rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimini budjet, sug‘urta va xususiy modellari tasniflanishi keltirilgan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling