Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval Sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlar va ko‘rsatkichlar
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat Umr ko‘rish davomiyligi
5.4-jadval
Sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlar va ko‘rsatkichlar nisbatining samaradorligi191
Tahlillar ko‘rsatishicha, sog‘liqni saqlashga ajratilgan mablag‘lari jami turli mamlakatlarda farqlanadi. Aholining umr davomiyligi va boshqa sog‘liqni saqlash sohasi ko‘rsatkichlari sarflangan miqdorga mutanosib emasligi, bu, birinchidan, sarflangan mablag‘larni samaradorligidagi farqlarni ko‘rsatadi, ikkinchidan, aholining umr ko‘rish davomiyligiga boshqa omillar ham taʼsir etishini ko‘rsatadi. 5.4-jadvalda tahlil qilingan rivojlangan mamlakatlardagi aholi umr ko‘rish davomiyligi va sarflanayotgan xarajatlar misolida kuzatish mumkin. Jaxon amaliyotidagi soqliqni saqlash tizimi faoliyatining qiyosiy tahlili qilish natijasida sog‘liqni saqlash modellarining afzalliklari va kamchiliklari to‘g‘risida quyidagi ilmiy xulosalar olish imkonini beradi (5.5-jadvalga qarang): – mamlakatlar ijtimoiy himoyaning faqat bitta modelidan foydalanilmaydilar va universal model mavjud emas; – sog‘liqni saqlashning barcha modellarida yetakchi moliyalashtirish manbai mavjud; – budjet va sug‘urta modellaridagi xarajatlarning 70 foizdan ortig‘ini davlat taʼminlaydi; – sog‘liqni saqlash tizimining barqarorligini taʼminlashning muhim omili – aholini bepul tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish, resurslardan foydalanish samaradorligi va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi. – mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanishi davlat budjeti mablag‘larisiz sug‘urta to‘lovlari amalga oshirib bo‘lmaydi. Jahon amaliyotida tibbiy sug‘urtalash yollanib ishlovchilar uchun majburiydir, rivojlangan mamlakatlarda majburiy tibbiy sug‘urta sog‘liqni saqlash tizimining moliyaviy asosini tashkil qiladi. Jahondagi tibbiy sug‘urta tizimini tashkil etish rivojlangan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yetakchi manbasi tibbiy sug‘urta mablag‘lari hisoblanadi. Ushbu jarayonda davlat va sug‘urta kompaniyalarining faol ishtirok etadilar. Har bir mamlakat davlat budjeti mablag‘lari va majburiy tibbiy sug‘urta orqali sog‘liqni saqlashga sarflangan xarajatlarini moliyalashtiriladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling