Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-rasm. Jahon mintaqalari bo‘yicha «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» ko‘rsatkichi, 2020 y
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.6-jadval Jahonda «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» va uning tarkibiy komponentlari ko‘rsatkichi 195
- Nazorat savollari
- Test savollari
5.8-rasm. Jahon mintaqalari bo‘yicha «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» ko‘rsatkichi, 2020 y.194
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda yevropa ittifoqi mamlakatlarining aksariyati tibbiy sug‘urta xizmatlari amaliyotga keng tatbiq etilganligi sababli ushbu mintaqada sog‘liqni saqlash tizimi reytingining huquqiy asoslari va tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish amaliyoti (80), tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va markazlashtirish (82), tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va qamrov ko‘lamini nazorat qilish (79), aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning turlari va ularning sifati (79) kabi tarkibiy komponentlari ko‘rsatkichi yuqori hisoblanadi (5.6-jadvalga qarang). Shu o‘rinda aytish joizki, Amerika qitʼasida hisoblangan reyting ko‘rsatkichi Janubiy va Shimoliy Amerika uchun o‘rta hisobda hisoblangan bo‘lib, mintaqa ko‘rsatkichlari Yevropa Ittifoqi ko‘rsatkichlaridan nisbatan past hisoblanadi. Ammo, ushbu mintaqada ham tibbiy sug‘urta xizmatlari AQSH va Kanada mamlakatlarida ixtiyoriy ravishda joriy etilgan hisoblanadi. Xorij mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida tibbiy sug‘urta tizimini rivojlanish boy tajribasini qiyosiy tahlil qilib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy sug‘urtani joriy etishda ijodiy qo‘llash masalalarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. 5.6-jadval Jahonda «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» va uning tarkibiy komponentlari ko‘rsatkichi195
Sog‘liqni saqlash tizimidagi jamlangan boy, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish mahalliy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilarini aniqlash imkonini beradi. Xorij tajribalari ko‘rsatishicha, tibbiyot sektorida davlat ishtirokining darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda aksariyat hollarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilanishiga, hayot davomiyligini ortishiga erishadilar. Shu bilan birgalikda aholining daromad darajasi, demografik holat va tibbiy sug‘urta tizimi moliyalashtirilish imkoniyatlarini inobatga olinib, xususiy sektorni rivojlantirib borishi lozim. Jamiyatda moliyaviy yoki huquqiy maqomidan qatʼiy nazar har bir shaxs foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan tibbiy xizmatlarning minimal ro‘yxati kafolatlangan bo‘lishi lozim. Nazorat savollari 1.Xorij mamlakatlarida tibbiy sug‘urtasi tizimi tarkibi va uning mamlakat YAIM hajmidagi ulushi ko‘rstakichlari. 2.Majburiy tibbiy sug‘urta tizimining afzalliklari va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi roli. 3.Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimining o‘ziga xos xususiyatlari. Test savollari 1.Yevropa mintaqasidagi necha mamlakatlar alkogol va tamaki mahsulotlariga soliqning kiritilishi xisobiga sog‘liqni saqlash sohasini qo‘shimcha moliyalashtirishda manba sifatida ko‘llaydi? A) 53 ta mamlakatdan 26 tasida B) 53 ta mamlakatdan 30 tasida S) 60 ta mamlakatdan 15 tasida 2. Jaxondagi sog‘liqni saqlash tizimining moliyalashtirish qanday modellari mavjud? A) Budjet modeli (davlat tizimi), sug‘urta modeli (ijtimoiy sug‘urta tizimi) va xususiy model (nodavlat yoki bozor tizimi). B) Tibbiy sug‘urta va xususiy model (nodavlat yoki bozor tizimi). S) ijtimoiy sug‘urta va nodavlat yoki bozor tizimi 3. Germaniya aholisining necha foizini ijtimoiy tibbiy sug‘urta dasturlari bilan qamrab olingan? A) 90 foiz B) 80 foiz S) 85 foiz 4. Kaysi xorij mamlakatlarda davlat moliyalashtiradi, Semashko-Beveridj tizimi asosida sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtiradi? A) B.Britaniya, Irlandiya, Daniya, Portugaliya, Italiya va Ispaniya B) Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va Belgiya S) AQSH, Isroil va Janubiy Koreya 5. Germaniyada sog‘liqni saqlash xarajatlarining mamlakat YAIM dagi ulishi necha foizni tashkil etadi? A) 7,8-11,7 foizni B) 10 foizni S) 12 foizni Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling