Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval Bismark va Beveridj pensiya tizimi modellarining qiyosiy tahlili
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bismark modeli Beveridj modeli
4.1-jadval
Bismark va Beveridj pensiya tizimi modellarining qiyosiy tahlili78
Bismark va Beveridj pensiya modellarining asosiy elementlari bugungi kunda ham aksariyat mamlakatlarda amal qilayotgan pensiya tizimida ham mavjud. Ilmiy adabiyotlarda ushbu modellar ko‘pincha qiyosiy tahlil qilingan bo‘lib, ularning kamchiliklari va afzalliklari aniqlangan. Quyidagi 4.1-jadvalda Bismark va Beveridj pensiya modellarining asosiy (bazaviy) farqli jihatlari keltirilgan. Har ikkala model ham sof shaklda emas, balki amalda keng qo‘llaniladi. Turli xil milliy pensiya tizimlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, demografik omillar, mehnat bozori, moliya bozori holatidan kelib chiqib, Bismark va Beveridj modellarining ayrim elementlaridan foydalanishadi. Shunday qilib, Bismark modelining asosiy elementlari Fransiya, Avstriya, Gretsiya, Portugaliya, Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Belgiya kabi mamlakatlar pensiya tizimlarining asosini tashkil etdi. Buyuk Britaniya, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Shveysariya, Avstraliya va AQSH mamlakatlari pensiya tizimlari Beveridj modeliga asoslangan. «Pensiya” atamasi bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning ajralmas tushunchalaridan biriga aylanib ulgurdi. Pensiya bilan bog‘liq munosabatlar ushbu iqtisodiy atamaning mazmun-mohiyati, kelib chiqishi, ahamiyati, u haqida turli makon va zamonda iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan turlicha qarashlar, talqin-taʼriflarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatgan va ko‘rsatmoqda. Pensiya atamasi lotincha «pensio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «to‘lov”79 maʼnosini anglatadi Arizona universiteti professori Jun Peng tadqiqotlarida «pensiyalar pensionerlarning davriy daromadlari, kechiktirilgan to‘lovlar, fuqaroning mehnatga layoqatsizligi tufayli yo‘qotilgan ish haqi uchun kompensatsiya ekanligi qayd etilgan hamda ijtimoiy xavfsizlik nuqtai nazaridan talqin qilingan»80. Ijtimoiy sug‘urta sohasida yirik olim V.Roikning fikricha, «pensiyalar fuqarolarga keksalikda, nogironlikda, boquvchisini yo‘qotganida moddiy jihatdan taʼminlanmaslik riskidan ijtimoiy himoya qilishning muhim shakli bo‘lib, yo‘qotilgan ish haqi (daromadi)ning bir qismining qoplanishiga mo‘ljallangan oylik pulli to‘lovlardir »81. Bu esa fuqarolarning keksalik davrida yashashlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilishini yoki ularning ijtimoiy xavfsizligi taʼminlanishini anglatadi. Ilmiy tadqiqotlarda pensiyalarning mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etuvchi taʼriflarda ushbu tushunchaga xos bo‘lgan zaruriy xarakterli belgilar va xususiyatlar ham ochib berilishi zarurligi qayd etilgan (4.1-rasm). Pensiya taʼminoti – keksalik va pensiyaga chiqish, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotish holatlarida aholini moddiy taʼminlanmaganlik riskidan ijtimoiy himoya qilishning muhim sohasidir. Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra pensiyaning kirib kelishi va rivojlanishi nisbatan yaqinda, XIX asrning oxiri va XX asrning boshida yuz bergan. Bu davr insoniyat tarixiga keksa yoshga yetgan aholi qatlamining kambag‘alligi va ehtiyojlari uchun kurash davri hisoblanadi. Pensiya taʼminotini ham ahamiyati va qamrovi jihatidan, yollanma ishchilarning doimiy bandligini hamda ularning munosib oylik ish haqi olishini taʼminlash kabi muhim voqea bilan tenglashtirish mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling