Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
V.BOB. TIBBIY SUG‘URTA
5.1-§. Jahonda tibbiy sug‘urtaning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida aholining betob qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi uzoq tarixga ega. Qadimiy Yunoniston va Rim imperiyasi davrida aholiga ijtimoiy yordam beradigan jamiyatlar mavjud bo‘lib, ular aholidan badallar evaziga, mehnat qobilyatini yo‘qotgan shaxslarga mablag‘ ajratar edilar. «O‘rta asrlarda kasallik yoki nogironlik holati yuz berganda aholining ijtimoiy himoyalash bilan ustaxona va xunarmandchilik uyushmalari va cherkovlar shug‘ullangan»149. Kasalxonalarda tibbiy yordam ko‘rsatishning birinchi uyushgan shakllari O‘rta asrlar davrida paydo bo‘la boshladi. VII asrda kasalxonalar barpo etish Vizantiyada, XII asrda esa ko‘pgina arab mamlakatlarida keng tarqala boshladi. Ularning vazifalari bemorlarni davolash, ruhiy xasta va yolg‘iz keksalarni parvarishlash, jumladan, yuqumli kasalliklar (moxov) bilan kasallanganlarni izolyasiya qilishdan iborat edi. Infeksiyaga qarshi kurashish uchun Yevropada XII-XIII asrlarda, infeksiyaga chalingan bemorlarni izolyasiya qilish maqsadida kasalxonalar tashkil etilgan. Jumladan, Fransiyada XVI asrda 1000dan ortiq kasalxonalar va moxov koloniyalari mavjud edi. Xozirgi kundagi G‘arbiy Yevropadagi faoliyat yuritayotgan aksariyat kasalxonalar kelib chiqishi o‘rta asrlarda aholining asosiy qismini tashkil etuvchi aholini ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan qatlami uchun tashkil etilgan xayriya muassasalariga borib taqaladi, aholining boy qatlami esa ko‘pincha uy sharoitida yoki kichik xususiy kasalxonalarda davolanishgan. Kasalxonalarni tashkil etish va moliyalashtirish xristian dinidagi rahmdillik g‘oyalariga bog‘langan holda bo‘lib, aksariyat kasalxonalar cherkovlar tasarrufida barpo etilgan va ularga avliyo homiylar nomlari qo‘yilgan. Shunday qilib, 1123 yilda Londonda Avliyo Varfolomey kasalxonasi, 1231 yilda Parijda Otel-De kasalxonasi, 1288 yilda esa Florensiyada Santa-Mariya-Nuova kasalxonasi tashkil etilgan.150 XVII asrda urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishi va yirik shaharlar paydo bo‘lishi natijasida kasalxonalarnitashkil etish rivojlana boshlandi va ularni moliyalashtirish xususiy xayriyalar hisobidan amalga oshirildi. Infeksion kasalliklarning ko‘payishi, jumladan shaharlarda keng tarqalishi, harbiy xizmatchilarga tibbiy yordamni tashkil etilishi zaruriyati G‘arbiy Yevropa mamlakatlari hukumatlarining sog‘liqni saqlash sohasiga eʼtibor qaratilishiga turtki bo‘ldi. XIX asr oxirida davlat kasalxonalarni tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etib infeksion kasalliklarga qarshi bo‘lgan kurashda davlat aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishi orqali faoliyat ko‘rsata boshladi. Ushbu davrda aholiga tibbiy yordamning ixtisoslatirilgan jumladan, jarrohlik amaliyotining turlari paydo bo‘la boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmida infeksion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar Robert Kox va Lui Pasterlarning kashfiyotlaridan so‘ng aniqlandi, infeksion kasalliklarning kamayish holatlari kuzatildi. XIX asrning 50-60 yillarida fransuz mikrobiologi Lui Paster tomonidan ishlab chiqarilgan «Mikrob nazariyasi» bilan amalmyotda foydalanila boshlandi, va infeksion kasalliklarning epidemiologiyasi bilan kurashish choralarini ishlab chiqish va samaradorligini baholash imkoniyatlarini berdi. Yuqorida qayd etilganidek, XIX asrning 70-80 yillarida nemis mikrobiologi Robert Kox sibir yazvasi batsillasi, vabo vibrioni va sil bakteriyasini kashf etdi, 1894 yilda esa fransuz olimi Aleksandr Yersen bubonli vabo, 1898 yilda hind olimi Ronald Ross bezgak etiologiyasi va uning tarqalishida chivinlarning tutgan o‘rnini aniqladi. Birinchi jahon urushidan so‘ng rivojlangan mamlakatlarda tibbiyot sohasini rivojlantirishga, kasallanish tavakkalchiliklarini baholash yordamida sanitar muassasalar va infratuzilmalarni shakllantirishga katta eʼtibor qaratildi va bu esa o‘n minglab sil kasalligiga chalinganlar uchun mo‘ljallangan yirik sanatoriylar barpo etilishi asnosida difteriya, tif isitmasi kasalliklarining kamayishiga va vaboni yo‘q bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash milliy tizimi rivojlanishining ikkinchi davrida aholining turmush darajasi oshib borgan sari yurak-qon tomir va saraton kasalliklari bilan kurashishga jiddiy eʼtibor berila boshlandi. XX asrda tibbiy yordamning ixtisoslashtirilishi jarayoni rivojlanishi bir tendensiyasiga aylandi. Ushbu holat tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida kasalxonaning mavqeini kuchayishi, tibbiy mutaxassislari sonini ortishiga olib keldi (5.1-jadvalga qarang). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling