Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval 2017 yilda xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta badali
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatlar Ish beruvchi Ishchi Jami
- IHTT bo‘yicha o‘rtacha 8,20 14,20
7.1-jadval
2017 yilda xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta badali (ijtimoiy soliq) stavkalari (foiz hisobida)232
IHTTga ahzo mamlakatlarda «2018 yilda YAIM hajmining o‘rtacha 20,5 foizi ijtimoiy xarajatlar ulushiga to‘g‘ri kelgan va uning 8 foizini pensiya xarajatlari tashkil qilgan. Jumladan, bu ko‘rsatkich Italiya va Gretsiyada 16,9 foizni, Janubiy Koreyada 16,2 foizni, Yaponiyada 9,4 foizni va AQShda 7,2 foizni tashkil etgan»233. Bunga, asosan, yuqori maosh bilan pensiya yoshiga to‘lgan fuqarolarning ko‘payib borayotganligi va nodavlat pensiya taʼminoti tizimining rivojlanganligi sabab bo‘lgan. IHTTga aʼzo bo‘lgan aksariyat mamlakatlarda pensiya tizimini moliyalashtirish «avlodlar birdamligi» prinsipiga asoslanadi. Biroq, Daniya, Kanada, AQSH, Shvetsiya va Yaponiyada jamg‘ariladigan pensiya tizimi ham amal qiladi. Yaponiyada pensiya taʼminotining uchdan bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi. IHTTga aʼzo davlatlarda xususiy pensiya fondlari taraqqiy etgan bo‘lib, pensiya tizimidagi mablag‘lar iqtisodiyotning turli soha hamda tarmoqlariga investitsiya qilinadi. «Fond bozorlari yuqori rivojlangan mamlakatlarda xususiy pensiya fondlari pensiya aktivlarini qimmatli qog‘ozlarga joylashtiradi»234. Xususiy pensiya fondlari pensiya aktivlarini yanada ko‘paytirish, shu asosda foyda olish, samarali pensiya taʼminotini amalga oshirishda mablag‘larni investitsiyalash muhim amaliy ahamiyatga ega. IHTT mamlakatlari, shuningdek, ijtimoiy yo‘naltirilgan taraqqiy etgan mamlakatlarning aksariyati uch darajali pensiya tizimiga ega. Birinchisi, taqsimlanuvchi pensiya tizimi bo‘lib, bunda ish beruvchi va ishchilarning sug‘urta badallari hisobidan davlat majburiy pensiya sug‘urta tizimi joriy etilgan. Ikkinchisi, korporativ (jamg‘arib boriladigan) pensiya bo‘lib, bunda korxona yoki tarmoq darajasida ishchilar uchun qo‘shimcha sug‘urta badallari joriy etilgan. Uchinchisi, xususiy (jamg‘arib boriladigan) pensiya bo‘lib, bunda ishchining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratmalar nodavlat pensiya fondlariga, sug‘urta kompaniyalariga yoki kredit tashkilotlariga shartnoma asosida ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Ishchilarga o‘z pensiya jamg‘armalarini rag‘batlantirish maqsadida davlat tomonidan muayyan soliq imtiyozlari belgilanadi. IHTT mamlakatlaridagi pensiya islohotlari tajribalari ko‘rsatishicha, pensiya tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishi pensiya majburiyatlarini kamaytirish va pensiya tizimi aktivlarini oshirish evaziga pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash hisoblanadi. Ushbu maqsadda aksariyat mamlakatlarda pensiyaga chiqish yoshini oshirish, erta pensiyaga chiqish muddatini cheklash, pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun talab etiladigan minimal mehnat stajini oshirish kabi islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda IHTTga aʼzo mamlakatlarning aksariyatida kombinatsiyalashgan pensiya tizimi amal qiladi. Ijtimoiy sug‘urta tizimi doirasida IHTTga aʼzo bo‘lgan aksariyat mamlakatlar va Jahon banki tajribalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirishning asosiy manbasi bo‘lib, ishchi va ish beruvchining ijtimoiy sug‘urta badallari va davlat budjeti mablag‘lari hisoblanadi. Mazkur tizim sug‘urtaviy hamjihatlik (birdamlik) tamoyiliga asoslanadi hamda ishchi va ish beruvchilarning sug‘urta badallari mutanosib ravishda daromad yo‘qotilishining qoplanishini taʼminlovchi asosiy manba rolini o‘ynaydi, davlat budjeti mablag‘lari esa ijtimoiy taʼminotning minimal darajasini taʼminlashga yo‘naltiriladi; minimal ijtimoiy kafolatlarni taʼminlaydigan jamg‘arib boriluvchi va taqsimlanuvchi sxemalarni birlashtirgan ko‘p darajali pensiya tizimi joriy etilgan; norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lganlarni mehnat faoliyatini qonuniylashtirish orqali norasmiy bandlikni qisqartirish va pensiya dasturlarini moliyalashtirishning sug‘urta mexanizmini kuchaytirish; aholining umr ko‘rish davomiyligi uzayib borayotgan sharoitida kishilarning mehnat faoliyati davomiyligini oshirish, pensiya dasturlarini moliyalashtirishdagi yuklamani (og‘irlikni) kamaytirish maqsadida muddatidan oldin pensiyaga chiqish shart-sharoitlarini cheklash va pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish (Avtraliya, Avstriya, Belgiya, Daniya, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Polsha, Sloveniya, AQSH, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Estoniya, Yaponiya); fuqarolar tomonidan mehnat faoliyatining butun davri davomida shakllantirilgan pensiya zaxiralari bilan pensiya miqdorlarining uzviy bog‘liqligini kuchaytirish (Italiya, Shvetsiya, Polsha); pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun minimal mehnat staji muddatiga bo‘lgan talablarni oshirish (Belgiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Sloveniya, Chexiya); pensiya fondlarining moliyaviy faoliyati ustidan monitoring va nazoratning kuchaytirilishi (masalan, Germaniyada moliyaviy risklarni boshqarish va mustaqil nazorat qilishni kuchaytirish to‘g‘risida qonun qabul qilingan va boshq.); kech pensiyaga chiqishni rag‘batlantirish (Germaniya, Italiya, Kanada, Janubiy Koreya, AQSH, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya); xususiy pensiya fondlarining tashkil etilganligi va moliyaviy faoliyatining barqarorligi, nodavlat pensiya taʼminotining (jumladan, korporativ pensiya dasturlari) amal qilishi; fuqarolarni ijtimoiy sug‘urta bilan qamrab olish darajasining yuqoriligi hamda ularning ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirishdagi hissasining mavjudligi; amaldagi sug‘urta bozorining rivojlanishi, mamlakatdagi sog‘liqni saqlash tizimidagi moliyaviy muammolarning bartaraf etilishi, aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlarning taqdim etilishi majburiy tibbiy sug‘urta tizimining samarali yo‘lga qo‘yilganligi bilan bog‘liq. Umuman olganda, ijtimoiy sug‘urta tizimi zamonaviy jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Belgilangan vazifalarning barcha o‘xshashligi bilan har bir mamlakatda ijtimoiy sug‘urtaning rivojlanishi o‘ziga xos tarixiy noyob yo‘lni bosib o‘tdi. Davlat hukumati ijtimoiy siyosatini mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boradi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy himoya asosiy 3 ta model xususiyatlariga moslab qurilgan: Bismark (kontinental, konservativ), Beveridj (anglosakson, liberal) modeli va xususiy-korporativ (aralash, skandinaviya) modeli. Bismark modeli (Kontinental model) ijtimoiy sug‘urta mexanizmiga asoslangan bo‘lib, u mehnat qobiliyati yo‘qolishi bilan sug‘urtalanuvchilarga to‘liq yoki qisman kompensatsiya beriladi. Ijtimoiy taʼminot budjet badallari, ishchi va ish beruvchining sug‘urta badallari hisobidan moliyalashtiriladi. Germaniya, Fransiya, Avstriya kabi mamlakatlar ushbu model asosida ish olib borishadi. Ijtimoiy sug‘urtaning Bismark modelining afzalligi ish stajiga va daromad miqdoriga qarab, ijtimoiy nafaqalarning o‘sishi va bu orqali fuqarolarning mehnat faoliyati rag‘batlantiriladi. Bo‘sh mablag‘larni qo‘shimcha ravishda ijtimoiy sug‘urta fondlariga jalb qilish orqali ijtimoiy to‘lovlar miqdorini ko‘paytirish mumkin. Ushbu modeldan foydalanishda ijtimoiy xarajatlarni davlat tomonidan moliyalashtirishning qoldiq tamoyiliga amal qilinadi. Bismark modelining kamchiligi ishchilar soni va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari miqdoriga bog‘liqligidadir. Ishchilar sonining kamayishi bilan ijtimoiy to‘lovlar darajasi pasayadi yoki ijtimoiy ajratmalar miqdori oshadi. Kontinental model quyidagi uch asosiy xususiyatdan iborat235: ushbu model insonning kasbiy faoliyati davomiyligi va ijtimoiy taʼminot darajasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni tavsiflaydi; asosiy tamoyil sifatida bozor va davlat nazorati ostida ijtimoiy sug‘urta tamoyiliga eʼtibor qaratiladi; jamoat tashkilotlari va xayriya fondlari fuqarolarning ijtimoiy taʼminotida juda faol hisoblanadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling