Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning xususiyatlari


Download 0.79 Mb.
bet22/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

2.5-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning xususiyatlari56
Ijtimoiy sug‘urta kutilmagan ijtimoiy hodisalarning turlari (kasallik, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, nogironlik, keksalik, homiladorlik, o‘lim hollari), hududiy doirasi (davlat sug‘urtasi, mahalliy darajadagi, kasb-tarmoq, xalqaro) bo‘yicha turkumlanadi (2.6-rasmga qarang), hamda ixtiyoriy va majburiy turlarga bo‘linadi. Sug‘urta to‘lovlari, jamoa va xususiy sug‘urta jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy taʼminlashning qatiy kafolatli tizimi ijtimoiy sug‘urta deb ataladi.

2.6-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning turlari57

Ijtimoiy sug‘urta tizimi ikki qismdan: birinchidan, ishlovchilarning mehnat qobiliyatini qayta tiklash va uni saqlashni taʼminlash; ikkinchidan, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlar yoki mehnat qobilyatiga ega bo‘lmaganlarni moddiy taʼminotni kafolatlashdan iborat.


Ijtimoiy sug‘urta tizimini moddiy asosini sug‘urta jamg‘armalari tashkil etib, uch manbalardan ishlovchilarning sug‘urta badallari, ish beruvchining badallari va davlatbyudjetidan ajratilgan subsidiyalardan shakllantiriladi. Ijtimoiy sug‘urta fondlarining muhim jihati ish beruvchi va yollanma ishchilarning birdamlik tamoyili asosida boshqariladi. Sug‘urta jamg‘armalari o‘zini o‘zi boshqarish va notijorat xo‘jalik yuritish qoidasi asosida ishlaydi.
Mehnatga layoqatlilikni va daromadni yo‘qotishga taʼsir etuvchi ijtimoiy xavf-xatarlarga: kasallik, ishlab chiqarishdagi jarohat, kasbiy kasallik, baxtsiz hodisa, onalik va bolalik, ishsizlik, qarilik, boquvchisini yo‘qotishlar kiradi.
Sug‘urtalangan ishchilar to‘laydigan sug‘urta badallari maqsadli daromad solig‘i hisoblanadi va ularning oladigan daromadlaridan olib qolinadi. Sug‘urta badali stavkasi yalpi ish haqiga nisbatan foizlarda aniqlanadi va aksariyat holatlarda daromadning kattaligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Majburiy ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirishda imtiyozli yordam ko‘rinishida ishlatiladi. Majburiy ijtimoiy sug‘urta fuqarolarning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, daromadidan qatʼi nazar ijtimoiy sug‘urta kafolatlarini (pensiya, nafaqa va xizmat) maʼlum miqdorini olishni taʼminlashga qaratilgan.
Majburiy ijtimoiy sug‘urtaga mehnat qiluvchi va uning oilalarini qarilikda, kasallik hollari, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, onalik va bolalikni muhofaza qilishda moddiy taʼminlovchi davlat kafolat tizimi sifatida qaraladi. Majburiy ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yollanma ishchining maqsadli soliqlari, yakka tadbirkorlarning badallari va davlat subsidiyalari hisobidan shakllantiradi.
Majburiy ijtimoiy sug‘urtadan farqli o‘laroq, ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta notijorat sug‘urta faoliyatini muhim bir ko‘rinishi bo‘lib, sug‘urta to‘g‘risidagi, notijorat tashkilot to‘g‘risidagi qonunchilik bilan boshqariladi va notijorat sug‘urta instituti tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta ham fuqarolarning ijtimoiy himoyalashni taʼminlashga qaratilgan. U fuqarolarning shaxsiy daromadidan, ish beruvchilarning ishchilarini sug‘urtalashning firma daromadidan badal ko‘rinishidagi mablag‘lar hisobidan shakllanadi.
Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta badallari miqdori sug‘urta institutlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va u sug‘urta xavf-xatari darajasiga, sug‘urtalovchi tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga, ijtimoiy xizmatlar narxi, sug‘urtalanganlar soni va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari miqdori maʼlum meʼyor darajasida bo‘lishi lozim. Jumladan, Halqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) «Ijtimoiy taʼminotining minimal meʼyorlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasida (1952 y.) ijtimoiy himoyaning 9 turi ko‘rsatib o‘tilgan: tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar bo‘yicha, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ruq holati bo‘yicha, kasallik bo‘yicha nafaqalar, oilalar uchun nafaqalar va yoshga doir pensiyalar. Xalqaro xujjatda aksariyat mamlakatlarda alohida eʼtiborga molik bo‘lgan kambag‘al aholi qatlamiga va uy joyga boshpanasizlarga ijtimoiy himoya toifalari bo‘yicha XMTning 102-sonli Konvensiyasi ro‘yxatiga kiritilmagan (2.3-jadvalga qarang). Ushbu qabul qilingan Konvensiya asosida ko‘plab mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish borasida milliy qonunchilik hujjatlari shakllantirildi.
Ijtimoiy sug‘urta aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, jaxonning ko‘plab mamlakatlarida o‘z fuqarolariga ularning hayotlarida salbiy ijtimoiy va iqtisodiy hodisalar sodir bo‘lganda zaruriy moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida joriy etilgan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling