Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-rasm. Jahon mintaqalari bo‘yicha «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» ko‘rsatkichi, 2020 y
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.6-jadval Jahonda «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» va uning tarkibiy komponentlari ko‘rsatkichi 195
5.8-rasm. Jahon mintaqalari bo‘yicha «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» ko‘rsatkichi, 2020 y.194
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda yevropa ittifoqi mamlakatlarining aksariyati tibbiy sug‘urta xizmatlari amaliyotga keng tatbiq etilganligi sababli ushbu mintaqada sog‘liqni saqlash tizimi reytingining huquqiy asoslari va tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish amaliyoti (80), tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va markazlashtirish (82), tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va qamrov ko‘lamini nazorat qilish (79), aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning turlari va ularning sifati (79) kabi tarkibiy komponentlari ko‘rsatkichi yuqori hisoblanadi (5.6-jadvalga qarang). Shu o‘rinda aytish joizki, Amerika qitʼasida hisoblangan reyting ko‘rsatkichi Janubiy va Shimoliy Amerika uchun o‘rta hisobda hisoblangan bo‘lib, mintaqa ko‘rsatkichlari Yevropa Ittifoqi ko‘rsatkichlaridan nisbatan past hisoblanadi. Ammo, ushbu mintaqada ham tibbiy sug‘urta xizmatlari AQSH va Kanada mamlakatlarida ixtiyoriy ravishda joriy etilgan hisoblanadi. Xorij mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida tibbiy sug‘urta tizimini rivojlanish boy tajribasini qiyosiy tahlil qilib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy sug‘urtani joriy etishda ijodiy qo‘llash masalalarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. 5.6-jadval Jahonda «Sog‘liqni saqlash tizimi reytingi» va uning tarkibiy komponentlari ko‘rsatkichi195
Sog‘liqni saqlash tizimidagi jamlangan boy, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish mahalliy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilarini aniqlash imkonini beradi. Xorij tajribalari ko‘rsatishicha, tibbiyot sektorida davlat ishtirokining darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda aksariyat hollarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilanishiga, hayot davomiyligini ortishiga erishadilar. Shu bilan birgalikda aholining daromad darajasi, demografik holat va tibbiy sug‘urta tizimi moliyalashtirilish imkoniyatlarini inobatga olinib, xususiy sektorni rivojlantirib borishi lozim. Jamiyatda moliyaviy yoki huquqiy maqomidan qatʼiy nazar har bir shaxs foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan tibbiy xizmatlarning minimal ro‘yxati kafolatlangan bo‘lishi lozim. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling