Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. Sug‘urta to‘lovlari tarkibida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari ulushi nisbatan, foiz hisobida


Download 0.79 Mb.
bet73/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

5.10-rasm. Sug‘urta to‘lovlari tarkibida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari ulushi nisbatan, foiz hisobida220
Majburiy sug‘urta to‘lovlari tarkibida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish turiga to‘g‘ri keladi. Ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari hajmi esa pasayish tendensiyasiga ega bo‘ldi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari tarkibida tibbiy sug‘urta salmoqli o‘rin tutmoqda. O‘zbekistonda sug‘urta bozorida «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi, «Alskom» sug‘urta kompaniyasi va «Ingo-Uzbekistan» sug‘urta kompaniyalari tibbiy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ushbu kompaniyalar tibbiy sug‘urta qilingan shaxs to‘satdan kasal bo‘lganda, shaxs hayoti va sog‘ligiga jiddiy taʼsir ko‘rsatganda, dasturda belgilangan tibbiy xizmatlar va sug‘urta summasi doirasida ro‘yxatdagi tibbiy muassasalariga murojaat etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab beradi. Kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi kutilmagan tibbiy xarajatlar vujudga kelganda sug‘urtalangan shaxsning mablag‘ini tejovchi zamonaviy vositadir. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalash shartlariga muvofiq sug‘urta shartnomasi (polisi)da nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda, dasturda belgilangan tibbiy xizmatlar va sug‘urta summasi doirasida ro‘yxatdagi tibbiy muassasalariga murojaat etishi bilan bog‘liq xarajatlar qoplamasini taʼminlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2019 yilda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘plash bo‘yicha «O‘zbekinvest-hayot» sho‘ʼba sug‘urta kompaniyasi, yetakchi o‘rin egalladilar. Taxlillar ko‘rsatishicha ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining ulushi «O‘zbekinvest-hayot» sho‘ʼba sug‘urta kompaniyasi sug‘urta portfelida 25,8 foizni, «Kafolat» sug‘urta kompaniyasi sug‘urta portfelida 12,3 foizni va «Alskom» sug‘urta kompaniyasi sug‘urta portfelida 11,0 foizni tashkil qildi. ««Alskom» sug‘urta kompaniyasining mijozlari soni 21000 dan ortiq kishini tashkil etmoqda, va hozirda tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalangan mijozlarga 2,9 mlrd. so‘mdan ortiq tibbiy xizmatlar xarajatlari qoplab berildi»221. Sug‘urta kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan sug‘urta dasturlari bir-biridan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning hajmi, taqdim etilayotgan imkoniyatlari bilan farq qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling