Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval Covid-19 pandemiyasi sharoitida davolash xarajatlari
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatlar Kasallika chalinganlar soni, ta
- Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlar
- Bozor munosabatlari rivojlanayotgan mamlakatlar
- Bozor munosabatlari shakllanayotgan mamlakatlar
5.9-jadval
Covid-19 pandemiyasi sharoitida davolash xarajatlari va tibbiy sug‘urtaning ahamiyati206
Ayrim mamlakatlarda bunday kasallikka duchor bo‘lgan bemorlar to‘liq Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan bo‘lsa, baʼzilarida fuqarolar tibbiy sug‘urtadan, tibbiy sug‘urta mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda esa davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z hisobidan amalga oshirmoqda. Masalan, koronavirusga chalingan har bir bemorni test tizimlarini o‘tkazish va davolash xarajatlarining salmoqli qismi tibbiy sug‘urta hisobidan qoplanmoqda. Jumladan, ushbu ko‘rsatkich Germaniyada 96 foizni, Fransiyada 80 foizni AQShda 50 foizni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda tibbiy sug‘urta tizimi shakllanganligi sababli aholi o‘rtasida koronavirus kasalligiga chalinganlardan test tizimlarini o‘tkazish salmog‘i ancha yuqori. Rivojlangan mamlakatlarda jami aholi sonining 30-50 foizi koronavirus kassalligini aniqlash va oldini olish maqsadida test tizimlari amalga oshirilgan. Bozor munosabatlari rivojlanayotgan mamlakatlar Braziliya va Turkiya mamlakatlarida esa jami aholi sonining 5-15 foizga test tizimlari amalga oshirilgan. Bundan ko‘rinadiki, aksariyat mamlakatlarda «Covid-19” pandemiyasi sharoitida bemorlarni davolash xarajatlarini qoplashda tibbiy sug‘urta muhim o‘rin egallagan. Shu bilan birga Davlat budjeti hisobidan koronavirus bilan kasallanganlarni davolash xarajatlari ham salmoqli ulushni egallaydi. Rossiya Federatsiyasida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash xarajatlari qisman Davlat budjetidan hamda majburiy tibbiy sug‘urta hisobidan amalga oshirilmoqda. Bunda koronavirusni davolash uchun sarflanayotgan xarajatlar miqdori hududlar bo‘yicha farq qiladi. Masalan, «koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan) bemorlar uchun 352 AQSH dollari, koronavirus infeksiyasi o‘rtacha og‘ir kechayotgan (tana harorati ko‘tarilayotgan) bemorlar uchun 1,8 ming AQSH dollari va koronavirus infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlar uchun 7,3 ming AQSH dollari miqdorida xarajat qilinmoqda»207. Taʼkidlash joizki, «Rossiyada sog‘liqni saqlashni moliyaviy taʼminlashda majburiy tibbiy sug‘urta muhim o‘rin egallab, sog‘liqni saqlash tarmog‘igadagi jami tushumning 62 foizini tashkil qiladi»208. Koronavirus pandemiyasi sharoitida tibbiy yordamning moliyaviy taʼminoti majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali amalga oshirilmoqda. AQShda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash xarajatlari ularning tibbiy sug‘urtasi hisobidan qoplanadi. «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bitta bemorni davolashning o‘rtacha qiymati 30 ming AQSH dollariga teng bo‘lishi mumkin»209. FAIR Health210 tashkilotining tahlillariga ko‘ra, tibbiy sug‘urtasi bo‘lmagan yoki sug‘urtasi koronavirusga o‘xshash kasalliklar davolanishini nazarda tutmagan fuqarolar Covid-19 bilan kasallansa, 42 mingdan 74 ming AQSH dollargacha xarajat qilishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunda, «sug‘urtalanmagan fuqaro 6 kunlik gospitalizatsiya uchun 73,3 ming AQSH dollari atrofida to‘lashi kerak bo‘lsa, tibbiy sug‘urtasi mavjud bemorlar davolanishi uchun mablag‘ning bir qismini to‘lashlari kerak»211. Shuni ham qayd etish zarurki, AQShda 28 mln. nafarga yaqin insonlar tibbiy sug‘urtalanmagan. Ularning tahminan 2 mln. nafari koronavirusga chalinib, davolanishga muhtoj212. Bu esa hozirgi pandemiya sharoitida ularning moddiy ahvoliga salbiy taʼsir ko‘rsatib, hayotiga tahdid qiladi. Bu esa tibbiy sug‘urta aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishdagi hayotiy zarurat ekanligini yana bir tasdiqlaydi. Germaniya va Ispaniyada koronavirusdan kasallangan bemorlarning davolanish xarajatlari davlat tomonidan va tibbiy sug‘urta hisobidan qoplanadi. Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash xarajatlari asosan davlat tomonidan qoplanadi. Bunda bitta bemorni davolash uchun o‘rtacha 3,2 ming AQSH dollari sarflanadi. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarning holatiga qarab, mazkur mablag‘ miqdori farqlanadi: «og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorini davolashga o‘rtacha 21,2 ming AQSH dollari, alohida holatlarda o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashga 141 ming AQSH dollarigacha mablag‘ sarflangan»213. Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash xarajatlarining 66,6 foizi tibbiy sug‘urta hisobidan qoplanadi. Qirg‘iziston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan barcha xarajatlari davlat hisobidan amalga oshiriladi. «Bunda yengil ahvoldagi koronavirus bemorini davolash uchun 107 AQSH dollari, o‘rta ahvoldagi bemor uchun 220 AQSH dollari, og‘ir ahvoldagi bemor uchun 1007 AQSH dollari va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemor davolanishiga 1600 AQSH dollari sarflanadi»214. Qozog‘iston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash xarajatlari «Ijtimoiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi» tomonidan amalga oshiriladi. Koronavirus bilan kasallangan bitta bemorni davolash uchun kuniga 38 AQSH dollari atrofida mablag‘ sarflanmoqda, bu esa bitta bemorning davolanish xarajatlari (14*38) 532 AQSH dollariga teng deganidir. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan barcha bemorlar davlat budjeti hisobidan davolanmoqda. O‘rta ahvoldagi har bir bemor uchun 3,2 ming AQSH dollari, og‘ir ahvoldagi, jonlantirish bo‘limida yotgan har bir bemorga o‘rtacha 6,4 ming AQSH dollari mablag‘ sarflanmoqda. Pandemiya davrida aholini tibbiy muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi birinchi navbatda aholi sog‘lig‘iga eng katta ustuvorlik berilgani va bu bo‘yicha barcha imkoniyatlar to‘liq safarbar etilganligi natijasida qisqa muddatlarda karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilinishiga erishildi. Dunyoda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiyo chora-tadbirlar samarasi natijasida koronavirus kasalligida vaksina ishlab chiqila boshlandi. 30dan ko‘proq xorij mamlakatlarda koronavirusga qarshi emlash boshlangani maʼlum qilingandi. JSST hozircha Pfizer, BioNTech, AstraZeneca/Oxford, COVAX va «Sputnik V»kompaniyalari vaksinasini qo‘llashni maʼqullagan, biroq dunyoda bir nechta vaksinalardan foydalanilmoqda va sinovlardan o‘tkaztlmoqda. Jumladan ayrim mamlakatlarda ixtiyoriy ko‘ngillilar tomonidan emlash bosqichlari boshlangan. «O‘zbekistonda ham Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, birinchi navbatda emlanadigan aholi qatlamlari eʼlon qilinib, ularning soni 4 mln 112 ming 668 nafarni tashkil etadi»215: 65-74 yoshgacha bo‘lgan qariyalar – 1 mln 85 ming 797 nafar; 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalar – 388 ming 686 nafar; 85 yosh va undan yuqori keksalar – 139 ming 280 nafar; Tibbiyot xodimlari – 447 ming 976 nafar; Surunkali kasalliklari bor aholi (18-65 yosh) – 888 190 nafar; Maktab o‘qituvchilari – 689 ming 383 nafar; Maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari – 223 ming 426 nafar; Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 mingnafar. O‘zbekistonda emlash jarayoniga 3138 ta emlash punktlari, 862 ta mobil brigadalar (har birida 1 nafar oilaviy shifokor, 1 nafar vaksinator va 1 nafar muolaja hamshirasi mavjud) jalb etilgan.Ushbu fuqarolar o‘zlari yashaydigan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida ixtiyoriytamoiyilasosidaemlanadi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash 2021 yilmart oyining birinchi yarmida boshlanishini maʼlum qilgandi. Birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar emlanishi va u faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshirilishi maʼlum qilingan. «O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan edi»216. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash, test tizimlarini amalga oshirish va emlash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga, xususiy tibbiyotning taraqqiyotiga, tibbiy sug‘urta tizimining rivojlanganlik darajasiga va sog‘liqni saqlash tizimida ahali jon boshiga ajratilgan mablag‘lar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. JSSTning standartlariga muvofiq, mamlakatlar YAIM hajmining kamida 6 foizini sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirishi zarur. «Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti standartlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil qiladi»217. Rossiya Federatsiyasida sog‘liqni saqlashga ajratilgan mablag‘lar mamlakat YaIMning 5,3 foizini tashkil qiladi va belgilangan meʼyordan kam. Taqqoslash uchun bu ko‘rsatkich «AQShda 17,1 foizni, Shvetsariyada 12,2 foizni, Yaponiyada 10,9 foizni, Germaniyada 7,1 foizni tashkil etadi»218. O‘zbekistonda esa mazkur ko‘rsatkich 3 foiz atrofida. Bu esa mazkur mamlakatlarda tibbiy sug‘urtaning ham taraqqiy etganligi ko‘rsatadi. Bu davlatlarda pensionerlar, ijtimoiy yordam (nafaqa) oluvchilar, kam daromadga ega bo‘lganlar ham tibbiy sug‘urta uchun mablag‘ ajratadilar. AQShda Medikeyr va Medikeyd dasturlari ish haqi uchun kam miqdorda haq to‘lanuvchi fuqarolarga ham munosib darajada tibbiy yordam olish imkonini beradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling