5.10-jadval
2019 yilda Respublikadagi sug‘urta tashkilotlari faoliyatining ko‘rsatkichlari va tibbiy sug‘urtaning ulushi222
Ko‘rsatkichlar
|
Jami sug‘urta turlari bo‘yicha
|
Tibbiy sug‘urta bo‘yicha
|
Jami sug‘urta tarkibida tibbiy sug‘urtaning ulushi, %da
|
Tuzilgan shartnomalar soni, birlikda
|
7401287
|
40855
|
0,6
|
Sug‘urta summasi, mlrd. so‘mda
|
690462,7
|
7535,7
|
1,1
|
Sug‘urta mukofotlari tushumi, mlrd. so‘mda
|
2138,8
|
26,5
|
1,2
|
Sug‘urta to‘lovlari, mln. so‘mda
|
808,6
|
17,5
|
2,2
|
2019 yilda sug‘urta bo‘yicha tuzilgan jami shartnomalarning atigi 0,6 foizi, sug‘urta summasining 1,1 foizi, sug‘urta mukofotlari tushumining 1,2 foizi va jami sug‘urta to‘lovlarining 2,2 foizi tibbiy sug‘urta ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu holat mamlakatimizda tibbiy sug‘urta tizimining rivojlanmaganligidan dalolat beradi va aholi salomatligini yaxshilash, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanishlari nuqtai nazaridan salbiy holat hisoblanadi.
2013-2019 yillarda tibbiy sug‘urta bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urtalovchilar soni 8 tadan 15 nafarga yetdi, tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari hajmi deyarli 3,5 martaga va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta to‘lovlari hajmi esa 4,1 martaga ko‘paydi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini yo‘qotilish darajasi umumiy hisobda o‘sish surʼatiga ega bo‘lgan. Jumladan,, 2013 yilda sug‘urta mukofotlarining 55 foizi tibbiy sug‘urta qildirganlar uchun to‘lab berilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 64,5 foizni tashkil etdi (5.11-jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |