Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval O‘zbekistonda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bozori rivojlanishining ko‘rsatkichlari


Download 0.79 Mb.
bet75/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

5.11-jadval
O‘zbekistonda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bozori rivojlanishining ko‘rsatkichlari223

Ko‘rsatkichlar

2013
yil

2016
yil

2017
Yil

2018
Yil

2019
yil

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta xizmatlari taqdim etuvchi sug‘urtalovchilar soni,

8

11

12

14

15

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hajmi, mln. so‘m

6833,2

9347,9

17976,9

19496,6

23852,1

Respublikada jami sug‘urta mukofotlari hajmi tarkibida ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari ulushi, %da

2,0

1,3

1,9

1,1

1,2

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari hajmi, mln. so‘m

3758,5

7260,5

10661,6

11389,9

15386,7

Respublikada jami sug‘urta to‘lovlari hajmi tarkibida ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarining ulushi, %da

5,6

5,6

3,9

2,5

2,2

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini yo‘qotilish darajasi

55,0

77,6

59,3

58,4

64,5

Tahlillar ko‘rsatishicha, tendensiya mamlakatimizda tibbiy sug‘urtaning asta-sekin rivojlanib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Mamlakatda umumiy sug‘urta mukofotining o‘sish surʼati inflyasiyaning o‘sish surʼatidan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Shu bilan birga, YaIMda sug‘urta mukofotlarining ulushi rivojlangan mamlakatlardagiga qaraganda past darajada turibdi (atigi 0,3 foiz). Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, AQShda ushbu ko‘rsatkich 8,6 foizni, Buyuk Britaniyada – 13,4 foizni, Germaniyada – 6,5 foizni, Fransiyada 8,5 foizni tashkil etdi. Ushbu mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta mukofotining YaIMga nisbatan ulishi muntazam o‘sib bormoqda.
Sug‘urta xizmatlari bozorida ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalash bilan kam sonli kompaniyalar shug‘ullanayotganligiga qaramay, bunday xizmatlar ko‘rsatish sharoitlari va mexanizmi amalda bir-biridan farq qilmaydi. Tibbiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishda sug‘urta kompaniyalari assistans kompaniyalarning xizmatlaridan foydalanadilar. Assistans kompaniyalarining muhim vazifasi sug‘urtalangan shaxslarga tibbiyot muassasalar orqali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilishdan iborat. Buning uchun assistans kompaniyalari sug‘urtalovchilardan sug‘urta hodisalari to‘g‘risida xabarlarni qabul qilib turishni va sug‘urtalovchilarga sug‘urta shartnomasi doirasida taqdim qilingan sug‘urta polisi asosida kerakli yordam ko‘rsatishni tashkil qilishlari lozim. Assistans kompaniyalarga qo‘yilgan bunday talab O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilab qo‘yilgan.
«Tibbiy sug‘urtalashda sug‘urtalangan shaxsning unga kasallik tufayli yetkazilgan, qo‘shimcha xarajatlarni taqozo qilgan zarar bilan bog‘liq manfaatlari sug‘urtalanadi»224. Shuning uchun tibbiy sug‘urta sug‘urtaning mulkiy turiga kiradi. Ammo, tibbiy sug‘urtaning mulkiy sug‘urtaning boshqa turlariga nisbatan alohida xususiyati shundaki, sug‘urta to‘lovlari yetkazib bo‘lingan zararning xarakteriga ega bo‘lmaydi,balki ular ushbu zararning oldini oladi, chunki davolash xarajatlarini sug‘urtalangan shaxsning o‘rniga sug‘urtalovchi to‘laydi.
Sug‘urta hodisasi deb sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta muddati davomida tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilib tibbiyot muassasasiga murojaat qilishiga aytiladi. Ushbu murojaatga mijozning salomatligiga baxtsiz hodisa, o‘tkir kasallik yoki surunkali kasallikning kuchayishi tufayli zarar yetgan bo‘lishi lozim. Natijada sug‘urtalovchining sug‘urtalangan shaxsga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun sug‘urta summasi va limiti doirasidagi sug‘urta to‘lovini amalga oshirishi majburiyati vujudga keladi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, O‘zbekistonda risklarni baholash uchun salomatlikning xolati to‘g‘risidagi deklaratsiya qo‘llaniladi. Agar sug‘urtalangan shaxs ushbu deklaratsiyada maʼlum bir surunkali kasallik borligini ko‘rsatsa, asosiy sug‘urta mukofotiga oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi. Sug‘urta mukofotining miqdorini aniqlashda sug‘urtalangan shaxsning yoshi, sug‘urtalash dasturi, sug‘urta summasi va albatta, sug‘urtalash davri omillar muhim ahamiyatga ega. Sug‘urtalash amaliyoti ko‘rsatishicha ko‘p sonli sug‘urtalangan shaxslarni sug‘urtalash lozim bo‘lsa, yosh mezoni odatda hisobga olinmaydi.
O‘zbekistonda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta turini ko‘rsatishni ilk bor boshlagan sug‘urta kompaniyasi – «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu kompaniyada ixtiyoriy tibbiy sug‘urta sektori faqat so‘nggi yillardagina jadal surʼatlarda rivojlana boshladi. Buni shundan ham ko‘rish mumkinki, 2005 yilda respublikada ixtiyoriy tibbiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatuvchi 3 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib ularning soni 15 dan ortiq bo‘ldi.
Tibbiy sug‘urta xizmatlari bozori taxlili ko‘rsatishicha, tibbiy sug‘urtalash masalalari mamlakatda alohida meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinmaydi. Mustaqillik yillarida ixtiyoriy tibbiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatuvchi sug‘urta kompaniyalarining soni ko‘paydi, shunga mutanosib ravishda tibbiy sug‘urtalash hajmi ko‘payib ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining sifati ortib bormoqda.
O‘zbekistonda ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish holati, tibbiy xizmatlar bozori, amaldagi ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalashning tashkiliy shakllari va mexanizmlari, fuqarolarning bepul tibbiy xizmatlar olishiga oid huquqlarini taʼminlash bo‘yicha mexanizmning amal qilishi iqtisodiy islohatlarni chuqurlashuvi bosqichi talablariga javob bermaydi. Yuqoridagi qayd etilgan xolatlardan kelib chiqib, majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqish va mamlakatimizda majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich joriy etish zarur. Respublikaning barcha hududlarida tibbiy xizmatlarning kafolatlangan hajmlarini hisoblab chiqish va klinik-xarajat guruhlarini shakllantirish asosida bemorlarning maqsadli kontingentlari va tibbiy yordamning maqsadli turlari uchun majburiy tibbiy sug‘urtaga oid maxsus dasturlarni joriy etish, majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni jamlovchi va taqsimlovchi majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi davlat va xususiy sektorlarini o‘z ichiga oladi. Xususiy sektor sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanmagan bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda. «2019 yilda respublikada 4 mingga yaqin xususiy tibbiy tashkilotlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 67 foizi Toshkent shahrida hamda viloyat markazlarida joylashgan»225.
Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida respublika xususiy tibbiy muassasalarida aholi tomonidan sifatli tibbiy xizmatlarni tanlash imkoniyatini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilishi zarur. Eng muhimi, ilg‘or xorij tajribalaridan kelib chiqib, majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatishda xususiy tibbiy tashkilotlarning ishtirokini kuchaytirish talab etiladi.
Jahon tajribasi tahlili ko‘rsatishicha, davlat va xususiy davolash-diagnostik muassasalari faoliyatining reglamentini belgilovchi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatining monitoringi va nazoratini olib borish uchun eng samarali usul – bu tibbiy sug‘urtadir. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida aholining 80-100 foizi tibbiy sug‘urtalangan. Shu bilan birgalikda, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholini sug‘urtalash tizimining rivojlanganlik darajasi va klinik-statistik, tibbiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalanuvchi tibbiy axborot tizimiga bog‘liq.
O‘zbekistonda aholining tibbiy sug‘urta bilan qamrab olinishi o‘ta past darajada qolmoqda (umumiy aholi sonining 0,1%), sug‘urta xizmatlari ixtiyoriy ravishda muassasalarga hamda alohida jismoniy shaxslarga 40 ta sug‘urta kompaniyalari tomonidan taqdim etiladi. Ushbu holat tibbiy yordamni standartlashtirish tamoyillariga asoslangan tibbiy xizmatlarning xarakteri, sifati, hajmi va narxini tartibga soluvchi zarur huquqiy asos va tibbiy axborot tizimining yo‘qligi bilan bog‘liq hmsoblanadi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, smetali moliyalashtirish davlat resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash nuqtai nazaridan jiddiy nuqsonlarga ega. Jumladan, mablag‘larning ajratilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yakuniy natijalarga bog‘lamasdan amalga oshirilishi ushbu resurslardan oqilona foydalanish mezonlarini taʼminlamaydi va xo‘jalik yurituvining xarajatlarni ko‘paytirishga bo‘lgan moyilligini kuchaytiradi.
Tadqiqot natijalari va ilg‘or xorij tajribalariga tayanib, xalqaro standartlar va JSSTining tavsiyalarini implementatsiya qilgan holda sog‘liqni saqlash sohasini kompleks huquqiy tartibga solish, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini takomillashtirish, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqobat muhitini yaxshilash, «elektron sog‘liqni saqlash» tizimlarini keng joriy etish, majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarini joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash uchun sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni hisobga olish va daliliy bazani tashkil etish maqsadida sog‘liqni saqlash hisobvaraqlari milliy tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur sohaning barqarorlashuvi bilan tibbiy xizmatlar bozorini rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Umuman, tibbiy sug‘urtani joriy etish – bu sog‘liqni saqlash sohalariga investitsiyalar kiritish, natijada iqtisodiy o‘sish uchun innovatsiyalarning shakllanishiga, tashabbusning vujudga kelishiga imkoniyat yaratadi.
Xalqaro amaliyotda tibbiy sug‘urta barcha yollanib ishlovchilar uchun majburiydir, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarning aksariyatida esa barcha fuqarolar majburiy tibbiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan. Bunday holat tibbiy sug‘urta tizimining tashkil etilishi va amal qilishining jahon tajribasi o‘zining rivojlangan tizimiga ega ekanligini ko‘rsatadi va sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib tibbiy sug‘urta mablag‘lari hisoblanadi.
Tibbiy sug‘urta bozorining o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatish mexanizmi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita bog‘liqdir. Xususan, rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimi majburiy va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta hisobiga rivojlanib, samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Rivojlanayotgan va sust rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimining faoliyati asosan davlat mablag‘lari hisobidan taʼminlanmoqda va bunday tizim zarur tibbiy xizmatlarni olish hamda tibbiy xizmatlarning yuqori sifatini kafolatlay olmaydi. Shuning uchun sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish hamkorlikda (davlat va xususiy) bo‘lishi hamda ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug‘urta mexanizmlaridan foydalanishga asoslanishi kerak.
Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, majburiy tibbiy sug‘urta universal modeli amaliyotda yo‘q. Har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy salohiyati, sog‘liqni saqlash sohasi va sug‘urta tizimidan kelib chiqqan holda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy qiladi. Fikrimizcha, majburiy tibbiy sug‘urtaning joriy etilishi amaldagi sug‘urta bozorining rivojlanishiga va mamlakatdagi sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarning bartaraf etilishiga, aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlar taqdim etilishiga olib keladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur sohaning barqarorlashuvi bilan tibbiy xizmatlar bozorini rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Xorij tajribalari shuni ko‘rsatadiki, majburiy tibbiy sug‘urtaning universal modeli amaliyotda yo‘q. Har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy salohiyati, sog‘liqni saqlash sohasi va sug‘urta tizimidan kelib chiqqan holda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy qiladi. Fikrimizcha, majburiy tibbiy sug‘urtaning joriy etilishi amaldagi sug‘urta bozorining rivojlanishiga va mamlakatdagi sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarning bartaraf etilishiga, aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlar taqdim etilishiga imkon yaratadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling