Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.79 Mb.
bet76/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

Nazorat savollari
1.Xalqaro sug‘urta bozorida tibbiy sug‘urta tizimining o‘rni.
2.O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
3.O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani shakllanish shart-sharoitlari va rivojlantirish muammolari.
4.Mamlakatimizda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish imkoniyatlari.
Test savollari
1.2020 yilda O‘zbekistonda nechta sug‘urta kompaniyalari o‘z faoliyat amalga oshiriladi?
A) 40 ta
B) 20 ta
S) 60 ta
2. O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchi o‘rin egallab kelayotgan sug‘urta kompaniyalari qaysilar?
A) «Kafolat”, «O‘zbekinvest” va «Alskom” sug‘urta kompaniyalari
B) «Kafolat”, «O‘zbekinvest” va «Agro» sug‘urta kompaniyalari
S) «Xayot», «O‘zbekinvest” va «Agro» sug‘urta kompaniyalari
3. 2013-2019 yillarda tibbiy sug‘urta bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urta kompaniyalar soni nechtaga yetgan?
A) 8 tadan 15 nafarga
B) 10 tadan 15 nafarga
S) 10 tadan 11 nafarga
4. O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta mukofotlarining ulushi YaIMda necha foizni tashkil etadi?
A) 0,3 foiz
B) 10 foiz
S) 9 foiz
5. Germaniyada tibbiy sug‘urta mukofotlarining ulushi YaIMda necha foizni tashkil etadi?
A) 6,5 foiz
B) 10 foiz
S) 9 foiz
Mustaqil ish mavzulari
1.Tibbiy sug‘urta tushunchasi, mohiyati va tamoyillari.
2.“Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida ” gi qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqilishi, tarkibi va yo‘nalishlari.
3.Tibbiy yordam va tibbiy xizmatlar.
4.Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar.

VI BOB. IJTIMOIY SUG‘URTANI ISLOH ETISH SOXASIDA XORIJ MAMLAKATLARI TAJRIBASI
6.1-§. AQShdagi ilk ijtimoiy himoya shakllari, sanoat inqilobi, Buyuk Depressiya va ijtimoiy sug‘urta islohotlarining jadallashuvi

Iqtisodiy xavfsizlikning ilk ko‘rinishlari sanoat inqilobidan oldingi ko‘rinishlariga xos. Misol uchun AQShda sanoatlashish davridan oldin ko‘pchilik aholi qishloq xo‘jaligi bilan kun ko‘rishgan va o‘zlariga zarur resurslar bilan o‘zlarini o‘zlari taʼminlashgan. Yollanib ishlash holatlari kam bo‘lgan, katta oilalalarda yashashgan. Statistik tasdiq sifatda shuni aytish mumiknki, 1880 yilda AQSHning 72 foiz aholisi qishloq xududida va atigi 28 foizi shaharlarda yashashgan. 50 yil o‘tganidan so‘ng esa 1930 yilda bu nisbat tegishlicha 44 foizga va 56 foizga o‘zgarib ketadi.


Federal sug‘urta tizimi ilk marta fuqarolik urushi munosabit bilan pensiyalar joriy qilingan. Urush qatnashchilari va ularning oilalariga hukumat urush boshidanoq nafaqalar to‘lashni boshlagan. 1983 yilda mazkur xarajatlar budjetning 41,5 foizini tashkil qilgan. Bir yil ichida (1892 dan 1893 yilga qadar) federal budjet 2 million profitsitdan 18 million defitsit tomonga o‘zgargan. Ijtimoiy sug‘urta uchun katta budjet xarajatlar talab etilishi bilan birga aholi umr ko‘rish davomiyligi ko‘rsatkichlari o‘sha davda ijtimoiy sug‘urtaga zaruriyatni yuzaga chiqarmagan. 1850 yilda tug‘ilgan erkak kishining kutilayotgan umr davomiyligi atigi 38 yil, ayollarniki esa 40 yil bo‘lgan xolos. Ammo keyinchalik, XX asrda sanitariya va sog‘liqni saqlash sohalaridagi taraqqiyot aholining uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘ldi.
Sug‘urta amaliyotida manfaatlarni mulk egalaridan keng jamoat tomon siljishiga prezident F.Ruzveltning «Hayotdagi xavf xatarlar» lozungi ostidagi g‘oyalari sabab bo‘lib, XIX asr oxirida, veteranlar pensiya tizimi – ijtimoiy sug‘urta dasturiga o‘zgardi. Shuni aytish joizki, fuqarolik urushi veteranlariga pensiyalar 2003 yilga qadar to‘langan. Shu tariqa odatiy iqtisodiy himoya usullari kuchsizlanib, yangi usullarga talab paydo bo‘ldi. Industrial jamiyat kontekstida ijtimoiy sug‘urta iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash metodi bo‘lib xizmat qila boshladi. Sug‘urta xodisasi ro‘y bergan holatlarda alohida fuqarolarga, markaziy fondga to‘lagan badallar hisobiga daromadlarni kafolatlash ijtimoiy sug‘urta konsepsiyasini tashkil qildi. Ijtimoiy sug‘urtaning anʼanaviy sug‘urtadan farqi shundaki, hukumatlar aktuar prinsiplarni chetlab o‘tgan holda ijtimoiy siyosat elementlarini nafaqalar adekvatligi va ishtirokchilar tengligiga tayangan qilgan holda qo‘llash imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Ijtimoiy sug‘urta avvalo Yevropada tashkil topganligi uchun AQShda soha predmetini o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘ldi. Bu ishga birinchilardan kirishganlar: Kolumbiya Universiteti professori, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ilk amerika kitobi muallifi – Genri Siger va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti professori Barbara Armstrong bo‘ldilar.
Qo‘shma Shtatlarda ommaviy ijtimoiy sug‘urta islohotlariga qadar shtatlar kesimida 1935 yilga qadar yirik o‘zgarishlar yuz bera boshlagan edi. Misol uchun Viskonsin shtatida 1911 yilda yollanma ishchilarni kompensatsion dasturlar bilan qamrab olish ishlari boshlangan edi. 1934 yilda ishsizlikdan himoyalash dasturi qabul qilindi.
Ijtimoiy dasturlar asosan faol siyosiy harakatlar natijasida qabul qilingan. XX asrning ilk ikki o‘n yilligidayoq onalar pensiyalari uchun uyushgan harakatlar olib borilgan edi. Shu tariqa muhtoj bolali oilalarga yordam berish g‘oyasi olg‘a surilgan. Onalarning birinchi pensiya dasturi 1911 yilda qabul qilindi. 1920 yilga kelib 48 shtatdan 40 tasi shunday dasturlarni qabul qilib bo‘lishdi. Ammo oylik to‘lovlar u qadar ko‘p va miqdor jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lmagan. Masalan, bu miqdor Massachusets shtatida 69,41 AQSH dollariga teng bo‘lgan bo‘lsa, Arkanzasda 4,33 AQSH dollarni tashkil qilgan.
Yoshga doir pensiya uchun harakat Qo‘shma Shtatlarda eng faollardan bo‘lgan. Bu harakatlarda shtatlarning qonun chiqaruvchi organlarini, aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshga doir pensiyalarni joriy etishga undash ko‘zda tutilgan. Yoshga doir pensiyalar lobbingi qator fuqarolik institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
1930 yilda ijtimoiy taʼminot to‘g‘risida qonun va boshqa ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 1935 yilga kelib 30 shtatda pensiya dasturlari bor bo‘lsada, atigi 3 foiz keksa yoshdagilar nafaqa olishar, nafaqa miqdori esa kuniga 65 sentni tashkil qilar edi (oyiga 19,50 AQSH dollari).
1929 yilda boshlangan va davom etib kelyotgan depressiya Amerikadagi deyarli barcha jarayonlarga taʼsir qildi. Ayniqsa keksa yoshdagi aholi eng ko‘p jabr chekkanlardan bo‘lishdi. 30 yillarda ko‘plab pensiya harakatlariga (pensiyalarni joriy qilishga) sabab bo‘lgan keksalar orasida ishsizlik, daromad yetishmasligi va umuman bugungi kunda oddiy hol sifatidagi pensiyaga chiqish amaliyoti yo‘qligi sabab bo‘ldi. Harakatlar orasida eng radikali Taunsend rejasi deb sanaladi. Reja 60 yoshdan oshgan har bir pensionerga 200 dollar miqdoridagi oylik nafaqani vada qilgan, shu bilan birga o‘sha davrda o‘rtacha oylik ish haqi 100 dollar miqdorida edi.
Luizianalik senator Xyu Long farovonlik ryejasini, Charlz ota Koflin ijtimoiy adolat uchun ittifoq rejasini va Apton Sinkler Kaliforniyada qashshoqlikni tugatish rejalarini olg‘a surishdi. 10 million pensionerlar mazkur harakatlarga uyushib, rejalarni milliy siyosat darajasigacha ko‘tarishga harakat qilishdi. O‘sha davrda prezident bo‘lgan F.Ruzvelt kongressga murojatida real pensiya tizimiga ehtiyoj mavjudligini taʼkidladi. Buyuk Depressiya yangi industrial jamiyatda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash tizimi yo‘qligi natijasi, deb sanaldi. Shu tariqa inqiroz amerikaliklarni ijtimoiy sug‘urta tizimini qabul qilishga majbur qildi. «Keng qamrovli himoya tadbirlaridan biri bu daromadlar kafolatidir. Iqtisodiy himoya dasturi kambag‘allik va muhtojlikka olib keluvchi barcha xavflardan ximoyani taʼminlashi lozim»226. Tarixshunoslar Prezident F.Ruzveltning boshqaruvi davrini ikki qismga bo‘lishadi: «birinchi yangi kurs» va «ikkinchi yangi kurs».
1933 yildan 1934 yilga qadar davom etgan birinchi davr Depressiya taʼsiridan «xalos bo‘lish va sog‘ayish» davri deb sanaladi. 1935-1937 yilllarda Prezident Administratsiyasining iqtisodiy siyosatga uzoq yilga mo‘ljallangan o‘zgarishlar kiritishga harakatlar, «islohotlar» davri deb yuritiladi. Mazkur islohotlar ijtimoiy sug‘urta islohotlarining birinchi bosqichini boshlab berdi. 1935 yilda qabul qilingan «Ijtimoiy taʼminot to‘g‘risida»gi qonun ikkinchi davrni boshlab berdi. Ushbu qonun 7 ta turli dasturlardan tarkib topgan hujjatdir:

  1. Keksa yoshdagilarga yordam (fyederal moliyaviy taʼminot va shtatlarning farovonlik dasturlari);

  2. Keksa yoshdagilarga federal nafaqalar (ijtimoiy ximoya dasturi);

  3. Ishsizlik sug‘urtasi (federal moliyalashtiruv va shtatlar darajasidagi boshqaruvga ega milliy ishsizlik sug‘urtasi);

  4. Muhtoj bolalarga yordam (shtatlar darajasidagi muhtoj bolalar farovonligi dasturi);

  5. Shtatlarga Bolalar va Onalar farovonligi uchun grantlar (bo‘lajak onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun shtatlar dasturlarini federal moliyalashtirish);

  6. Sog‘lom jamiyat mehnati (shtatlarning jamiyat sog‘lig‘i dasturlarini federal moliyalashtirish);

  7. Ko‘rlarga yordam (shtatlarning ko‘rlarga yordam dasturlarining federal moliyalashtiruvi).

Har bir dastur qonun qabul qilinishi mobayida debatlarga sabab bo‘ldi. Asosiy debatlarga birinchi va ikkinchi dasturlar sabab bo‘lgan bo‘lib, birinchisiga federal rezerv fondining o‘rnini belgilash va ikkinchisiga ayrim ish beruvchilarning ixtiyoriy ishtiroki masalalari ko‘rilgan.
Moliyalashtirish mavzusiga kelganda Prezident F.Ruzvelt dasturlarni o‘zini o‘zi qoplovchi bo‘lishini, dasturlar daromadlari ishtirokchilar daromadidan badal sifatida to‘planishi lozimligi va davlat budjeti daromadlariga salbiy taʼsirga ega bo‘lmasligini talab qildi. Shu orqali F.Ruzvelt kelajakdagi defitsitlarni o‘ylagan holda taʼminlanmagan xarajatlarni oldini oldi.
Birdamlik (solidar) pensiya dasturini kamchiliklarini inobatga olgan holda IXQ – Iqtisodiy Xavfsizlik Qo‘mitasi (CES) investitsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi rezerv fondini tashkil etishni taklif qildi. Shu tariqa Ijtimoiy Himoya Rezervi Konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan rezerv mablag‘lari faqatgina davlat qimmatli qog‘ozlariga yoki AQSH tomonidan kafolatlangan majburiyatlarga yo‘naltirilishi mumkinligi belgilandi.
Pensiya tizimining ikkinchi muammosi – bu ilk ishtirokchilarning sof aktuar hisob-kitob qilinganda unchalik adekvat bo‘lmagan pensiya miqdorini olishga majbur bo‘lishlaridadir. Shuning uchun davlat pensiya dasturlarida ham, xususiy pensiya tizimlarida ham ilk ishtirokchilarga subsidiyalar ko‘rinishida imtiyozlar berildi. Lekin shunda ham pensiyalar adekvat va adolatli bo‘lishi kerak degan xulosaga kelindi. Adekvat deganda pensiyalar miqdori yetarlicha sahovatli bo‘lishi, adolatli deganda miqdorlar to‘langan badallarga u yoki bu yo‘l bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligi, ko‘proq badal ko‘proq pensiya miqdoriga proporsional bo‘lishini nazarda tutishi haqida gap boradi. Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish mazkur ikki muvozanat orasida optimallikni aniqlash bilan chambarchars bog‘liq bo‘ldi.
Qonun qabul qilinganda pensiyaga chiqish yoshi 65 deb belgilandi. Bunga ikki sabab taʼsir ko‘rsatgan. Birinchisi o‘sha paytda mavjud yoshga doir pensiya dasturlarida pensiya yoshi 65 yosh deb belgilangani. Ikkinchisi IXQ aktuariylari tizimni optimal ishlashi uchun hisob-kitoblar natijasida shu yosh eng optimali deb topilgani bo‘lgan (1935 yilda 65 yoshdan keyin kutilayotgan umr davomiyligi erkaklar uchun 12 va ayollar uchun 14 yil deb hisoblangan). Hisoblash formulasida adolatlilikning progressiv aspekti inobatga olingan, yaʼni mehnat faoliyati davrida kam daromadlilar, ko‘p daromadlilarga nisbatan kattaroq qoplash koefitsentiga ega bo‘ldilar. Aynan shu jihat bilan davlat pensiya dasturlari xususiy pensiya dasturlaridan farq qiladi.
Dasturnig dastlabki qamrov darajasi iqtisodiyotda band aholining yarmidan sal ko‘prog‘ini tashkil qilib, asosan savdo va sanoatda bandlarni qamrab olgan edi. Badal ham ishchi ham ish beruvchiga yuklatilgan bo‘lib, birinchi yilda mehnatga xaq to‘lash miqdorining 1 foizini tashkil qilgan va har 3 yilda bir foizga oshirish natijasida 1949 yilga qadar 3 foizga yetkazish bo‘yicha reja qo‘yilgan. Shuningdek, ish haqidan badallar 1937 yilning yanvaridan undirila boshlanib, 1942 yilning yanvaridan birinchi pensiyalar to‘lanishi rejalashtirilgan edi. Inobatga olinadigan ish haqi sifatida 3000 AQSH dollari deb belgilandi va bu chegara ichida qamrab olingan aholining 97 foizi bor bo‘lganligi dasturning muvaffaqiyatini kafolatlab berdi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling