Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.79 Mb.
bet78/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

*ikkinchi bosqichga aloqador normativ xuquqiy xujjatlar shulardan iborat. 2000 yildan keyingi qabul qilingan qonun va o‘zgartirishlar uchinchi bosqichga tegishli.

1942 yildan 1972 yil oralig‘idagi muddat dasturlarning kengayishi davri deb baholanadi va ijtimoiy sug‘urta islohotlarining ikkinchi bosqichini deyarli butunlay qamrab oladi. 1972 yildan so‘ng xarajatlarning qisqartirilishi siyosati olib borilgan. Quyida ijtimoiy himoyaga oid 20 ta eng muhim qonun xujjatlari aks ettirilgan (6.1-jadvalga qarang).


Ishtirokchilarga pensiya va nafaqalarni to‘lash 1942 yildan boshlanganini hisobga oladigan bo‘lsak, 1937 yildan 1942 yilgacha badal to‘lagan va shu muddat ichida 65 yoshga to‘lganlarga asosiy dasturdan biroz farq qiladigan bir marttalik 3,5 foiz qoplash koeffitsentga ega to‘lovlar amalga oshirilgan. Badallar maoshlarning 1 foizi miqdorida bo‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur bir marttalik to‘lovlar juda yetarli kompensatsiya bo‘lgan, deb hisoblash mumkin.
Amerika tarixida biirinchi ijtimoiy to‘lovni olgan shaxs Ogayo shtatining Klivlent shaxri tramvay haydovchisi bo‘lgan. 1937 yil 1 yanvarda uning oxirgi ish kuni bo‘lgan va o‘sha kuni u 5 AQSH dollari maosh olgan va 5 sent miqdoridagi badalni to‘lagan. Natijada 1942 yilda u 17 sentlik chekni bir martalik ijtimoiy to‘lov sifatida ogan. Bundan so‘ng 1937-1942 yillar uchun 441000 dan ziyod odamlar umumiy summasi 25 million AQSH dollari miqdoridagi bir marttalik ijtimoiy to‘lovlarni olishgan.
1939 yilgi o‘zgartirishlar ham katta taʼsir ko‘rsatdi deb ishonch bilan ayta olamiz. Mazkur o‘zgartirish vafot etgan pensionerlarning oila aʼzolariga, yaʼni uning bevasi va har bir voyaga yetmagan bolalari pensiyani hisoblash uchun bazaviy miqdorning 50 foizidan qoplash koefitsenti bilan nafaqaga ega bo‘lar edilar. Yolg‘iz bevalarda esa boquvchisini pensiya daromadining 75 foiziga xuquq paydo bo‘la boshladi. 1939 yilgi o‘zgartirish natijasida bir shaxsga yo‘naltirilgan ijtimoiy sug‘urta tizimi oilani sug‘urta qilish tizimiga aylandi. Bu tizimda erkak kishi oila boquvchisi, ayol kishi esa voyaga yetmagan bolalar tarbiyachisi rolida jamiyatda ishtirok etishardi. O‘zgarishlar dastur qiymatini ancha oshirdi va rezerv summassini kamayishiga olib keldi. Moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga ehtiyoj vujudga keldi. 1935 yildagi hujjatga asosan Ijtimoiy himoya fondi aslida g‘aznachilik departamentidagi hisob yozuvi edi xolos. O‘zgartirish kiritilgan yildayoq ortiqcha mablag‘larni saqlash maqsadida Trast fondi tashkil qilindi, ammo investitsion yo‘nalishlarni aniqlash masalasi ochiqligicha qolayotgan edi.
Prezident F.Ruzveltning talabini bajarish uchun aktuar hisob-kitoblardan keyin 1935 yilning o‘zida 1939 yildan 1950 yilgacha badallarni oshirish grafigi tuzilgan edi. Ammo urush boshlanishi munosabati bilan iqtisodiyotda to‘liq bandlik kuzatildi va fond samaradorligi yuqori bo‘ldi. Shu sabali 1940 yilgi oshirish rejasi bekor qilindi va keyinchalik ham ushbu grafikka qaytish kuzatilmadi. 1950 yilgacha badal miqdori deyarli o‘zgarmasdan saqlanib qoldi. Natijada Kongress diqqatini uzoq muddatli rejalashtirishga emas, balki qisqa muddatlarga qaratdi va bu keyinchalik defitsitga olib keldi.
1950 yilgacha quyidagi bir necha muammolar noroziliklarga sabab bo‘lib kelgan: Pensiya daromadlarini oshirib borish dasturi ko‘zda tutilmagan; Pensiya daromadlarini miqdori pastligicha qolib kelgani; dastur iqtisodiyotda bandlarning yarmini qamrab olgani.
Pensiya daromadlarining miqdori ozligi noroziliklarni kuchaytirardi. Xatto 1950 yilda ham o‘rtacha yoshga doir nafaqa o‘rtacha yoshga doir pensiyadan yuqori bo‘lgan. Pensiyaga chiqqan kishi naflilik nuqtai nazaridan eng yuqori pensiya daromadini eng birinchi oyda olgan. Yaʼni vaqt o‘tgani sayin pensiya daromadlarining miqdori adekvatliligi pasayib bordi. Noroziliklar 1950 yilda barcha pensiya va nafaqalarni o‘rtacha 77 foizga maxsus hujjat bilan oshirilishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu noroziliklarni to‘xtatishga yordam bermadi. Sababi daromadlar oshirishning mexanizmi ishlab chiqilmasdan maʼmuriy yo‘l bilan oshirilgan edi. 1950 yildagi o‘zgartirishlar qamrov darajasini oshirishga qaratildi. Mehnat bilan band fuqarolarni dastur bilan qamrab olish darajasi 2007 yilda o‘rtacha 94 foizni tashkil qildi.
1952 yildan 1954 yilgacha dasturning jadal rivojlanish davri davom etdi. 1954 yilgi qo‘shimchalar qishloq xo‘jaligida bandlarni, o‘zini o‘zi band qilganlarni, shuninigdek shtatlar va mahalliy davlat xizmatchilarni (ixtiyoriy – guruhiy ravishda) qamrab olishga yordam berdi. Mazkur davrdagi ko‘pgina debatlar «nogironlik davrini muzlatish» («disability freeze») g‘oyasini olg‘a surgan. Mazkur amaliyot nogironlik davrini stajga xaqiqatdan ham ishlanmagan yoki kam daromadga ega bo‘lganligiga qaramay to‘liq mehnat davri sifatida inobatga olish imkoniyatini yaratdi. Mazkur mavzudagi o‘zgartirishlar dasturga 1954 yilda qo‘shildi va bu nogironlik nafaqasini joriy etish uchun birinchi qadam bo‘ldi.
1956 yilda nogironlik nafaqalarini dasturga qo‘shish qarori bir ovozdan Kongress tomonidan qabul qilindi. Sug‘urta tizimi bir qancha chegaralar bilan kiritildi. Misol uchun birinchi nogironlik nafaqalari 50 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan kishilarni qamrab olgan edi. Nafaqani olish uchun 6 oy kutish kerak bo‘lgan. Dasturni to‘lov qobiliyatini saqlab qolish uchun soliq stavkalari umumiy hisobda 0,5 foizga oshirildi va alohida nogironlik bo‘yicha maqsadli fond tashkil qilindi.
Oradan ikki yil o‘tib nogironlik nafaqalari amaliyoti liberallashtirildi va bir necha imtiyozlar joriy qilindi. Murojat etgan kundan 12 oy oldingi sana bilan nafaqa tayinlash imkoniyati, boquvchisini yo‘qotganlarga nafaqa bo‘yicha daromadlarni o‘tkazish imkoniyati va 1960 yilga kelib nogironlik nafaqalarini barcha yoshda tayinlash amaliyoti qo‘llana boshlandi.
1956 yilgi qo‘shimchalar keyingi bir qator o‘zgarishlarga olib keldi: qamrov harbiy xizmatchilarga, o‘zini o‘zi band qilgan mutaxassislarga, hududlardagi politsiya va o‘t o‘chiruvchilarga qaratildi; ayollarga 62 yoshda, yaʼni muddatdan oldin pensiyaga chiqish imkoniyati berildi; ayollar pensiyasi miqdorini xisoblash uchun kamroq hisobga olinishi amaliyoti ularga ko‘proq pensiyalar tayinlash imkoniyatini hosil qildi.
1960 yilda boquvchisini yo‘qotgan bolalarga boquvchining pensiya daromadini qoplanishi 50 foizdan 75 foizga oshirildi. 1961 yilda erkaklarga muddatdan oldin pensiyaga chiqish imkoniyati taqdim etildi. Erkaklarni minimal pensiya foydasi o‘rtacha hisobda 21 foizga ortdi.
1965 yildagi o‘zgartirishlar «Medicare» dasturini yaratilishi bilan birga kechdi va nogironlik atamasiga aniqlik kiritdi. Nogironlikni 12 oygacha yoki ko‘proq muddatga yoki umrning oxirigacha belgilash amaliyoti joriy qilindi. 21 yoshgacha talaba bolalar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va bevalik yoshining yuqori chegarasi 60 yoshdan 62 yoshgacha oshirildi. 1969 yilgacha 72 yoshga to‘lgan shaxslar ijtimoiy sug‘urtada ishtirok etmagan bo‘lsalarda sug‘urtalangan maqomiga ega bo‘ladigan bo‘ldilar. Mazkur nafaqa turi uni joriy etgan senator Vinston Luis pruti nomiga «Prouty» nafaqalari deb ataldi.
II Jahon urushidan so‘ng AQSH iqtisodiyotidagi o‘rtacha ish haqi yiliga narxlar indeksidan ko‘ra 2 % ko‘proq ortishi kuzatildi. Aktuar hisob-kitoblar har gal faqatgina amaldagi qonunchilikka asoslangan holda o‘tkazilardi. Iqtisodiy o‘sish va qamrov darajasini ortishi tufayli dasturda daromadlar ortishi ko‘zda tutilmasdi. Kongress tomonidan qabul qilingan qarorlar tizimli xarakaterga ega bo‘lmasdan vaqti-vaqti bilan amalga oshirilardi. Shu sababli Kongress qaror qabul qilishda doimo keragidan ortiqcha daromadga ega bo‘lgan holatida bo‘lishi kuzatilgan. Shuning uchun pensiya va nafaqalarni oshirish badallar stavkalarini oshirmasdan amalga oshirilishi ko‘p kuzatigan.
1972 yilda muhim qonunlar qabul qilindi. Birinchisi, davlat qarzini oshirish to‘g‘risidagi hujjat. Mazkur hujjat 1975 yildan boshlab yashash minimumini avtomatik tarzda aniqlashni ko‘zda tutdi. Prezident Nikson tomonidan maqullangan siyosatga asosan endilikda pensiya daromadlari nafaqat inflyasiya taʼsirida, balki shu bilan birga o‘rtacha ish haqining ortishiga muvofiq avtomatik tarzida oshirilib borish mexanizmi joriy etildi. 1972 yilgi qonun asosida yana bir qator yangiliklar kiritildi: qamrovni yanada kengaytirish maqsadida ijtimoiy sug‘urtaga aʼzo bo‘lishni orqaga surib kelayotganlar uchun kechiktiriladigan mehnat kreditlarini joriy etish (yaʼni tezroq badal to‘lashni boshlashga motivatsiyaluvchi chora paydo bo‘ldi); kam ish haqiga (yetarli bo‘lmagan daromadga) ega fuqarolar uchun qo‘shimcha nafaqalar; boquvchisini yoqotgan nabiralar uchun nafaqalar; 60 yoshdagi bevalar uchun nafaqalar; nogiranlik nafaqasini ikki yil davomimda olib kelayotganlarni «Medicare» dasturiga kiritish; nogironlik maqomini olishni kutish muddatini 6 oydan 5 oyga qisqartirilishi; 22 yoshga to‘lmagan nogiron bolalarga nafaqalar; qo‘shimcha sug‘urta dasturlari yaratildi.
1970 yillar stagflyasiya227 bilan kechdi. Ijtimoiy sug‘urta aktuariylari 1973 yildan boshlab uzoq muddatli muvozanat endi bo‘lmaydi va qisqa muddatlarda ham qiyinichiliklar kuzatiladi, deb hisobot berishdi. 1975-1981 yillar davomida trast fondlarda joylashtirilgan aktivlarni defitsitni qoplash uchun qaytarish rejalashtirildi. Prognoz qilinayotgan yillik defitsitlar ketma-ketligi yaqin dekadada228 to‘liq kuzatilishi kutilmoqda edi. 1983 yilda esa yangi asosiy normativ hujjat qabul qilinishi uzoq va qisqa muddatli muvozanatni taʼminlashi kerak edi.
1977 yilgi hujjatlar soliqlarni oshirilishi va pensiya daromadlarini qisqartirilishi bilan kechdi. Eng kichik pensiya daromadi oyiga 122 AQSH dollari miqdorida muzlatildi. Bazaviy ish haqi 12000 AQSH dollarigacha oshirildi. Bundan oldingi pensiya daromadini avtomatik tarzda aniqlash meʼyorlari kamchiliklarini bartaraf etishga ham mazkur hujjat orqali erishilishi kerak edi. Shuning uchun katta eʼtibor dasturni moliyalashtirish masalalalariga qaratildi. 1990 yilga borib badal miqdori 6,2 foiz deb belgilandi. Umumiy daromadlarni testdan o‘tkazish (nafaqa yoki pensiya olish xuquqi faqatgina ishlamaydigan yoki maʼlum miqdorgacha qo‘shimcha daromadga ega bo‘lmaganlarga berilar edi), yaʼni tekshiriladigan vaqt bir oylik bazadan bir yillikka o‘tkazildi. Indeksatsiya joriy etilishi bilan vujudga kelishi mukin bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun inflyasion va o‘rtacha ish haqi ortishi ko‘rsatkichlari bo‘yicha kiritiladigan o‘zgartirishlar bir-biridan ajratildi.
Yuqorida keltirilgan o‘zgartirishlar natijasini umumiy mehnat haq to‘lash fondiga nisbatan foizda ifodalansa quyidagi xulosalarga kelish mumkin: indekslarni ajratilishi natijasida – 4,79%; Pensiya daromadi miqdorlarini qisqartirish natijasida – 0,18%; soliqlar oshirilishi natijasida – 1,78% ga xarajatalarni kamaytirish.
Boshqacha ifodalaganda, umumiy xarajatlarning 26 foizi soliqlar va badallarni oshirish hisobiga, 74 foizi Pensiya daromadlarini qisqartirish hisobiga iqtisod qilinishga erishildi. Ammo, 1977 yilgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar uzoq muddatli moliyalashtirish muammolarini to‘la bartaraf etish imkoniyatini bermadi. Moliyalashtirish masalalariga eʼtiborning kuchayishi ijtimoiy sug‘urta islohotlarining uchinchi bosqichiga tegishli davrni o‘z ichiga oladi.
1980 yilllarning birinchi yarimida nogironlik nafaqalari yangilanish uchun yana tadqiq etildi. 1970 yillarda kasallikka chalinish holatlari borgan sari ko‘payib bormoqda edi. Bu holat Kongress va karter Administratsiyasida xavotir uyg‘otdi. Nogironlik nafaqalari summalari boshqaruv ostidan chiqib ketayotgan edi. Xisob Palatasi (General Accounting Office) olib borgan tekshiruv natijasida ijtimoiy himoya bo‘yicha nafaqa oluvchilarning 24 foizi aslida anchadan beri nogiron emasligi aniqlandi. Ijtimoiy ximoya Administratsiyasi umumiy harajatlarning 18 foizi nogiron bo‘lmagan benefitsiarlarga nafaqa sifatida to‘lanayotganini aniqladi.
1980 yilda dastur xarajatlarini boshqarishni takomillashtirish, nafaqa olayotganlarni aniqlash va nogironligi tugaganlarni dasturdan chiqarish vazifalarini ko‘zlab – nogironlik to‘g‘risida asosiy qonun qabul qilindi. 1982 yilda kuzatuv boshlandi va prognozlarga muvofiq yaqin 5 yilda 10 million AQSH dollarini iqtisod qilish ko‘zlandi.
1981 yilda boshqaruvga Reygan Administratsiyasi keldi. Yangi Administratsiya jarayonni tezlashtirish orqali budjetni moliyalashtirish masalalarini ijobiy hal qilishga kirishdi. 1981 yil iyulida boshlangan kuzatuvlar ko‘pchilikning noroziligi va siyosiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Kamiga, kuzatuv qoidalariga ko‘ra, tekshiruv faqatgina tibbiy maʼlumotlarni tekshirish bilan kechardi. Benefitsiar bilan yuzma-yuz ko‘rishish va holatni aniqlash amaliyoti qo‘llanmadi. Bu sanoqli holatlarni ommaviy ahborot vositalari orqali shov-shuvli xabarlarga aylantirilishiga olib keldi. Bunga javoban agentlik tomonidan teskari siyosat qo‘llana boshladi va bu tibbiy tasdig‘ini topmagan holda nogironlik muddatini tugatish amaliyotini ko‘paytirib yubordi. Natijada, ommaviy norozilik yanada oshdi, sudlarda ommaviy surishtiruv ishlari boshlanib ketdi va sud tizimi arizalarga to‘lib ketishi kuzatildi. Natijada, Ijtimoiy himoya Administratsiyasi tomonidan ayrim sud hukmlarini hisobga olmaydigan siyosatga ega qarorlar qabul qilinishi boshlandi. Bu nomuvofiqlik tufayli to‘qqizta shtat gubernatori, ular bilan birga mamlakatning 28 foizi mehnatkashlarni o‘z ichiga olgan hududlar nogironlik bilan bog‘liq xolatlarni ko‘rish amaliyotini to‘xtatdi.
Noroziliklar sababli Kongress 1984 yilda Nogironlik nafaqalarini isloh etish aktini qabul qildi. Mazkur hujjat 1980 yilgi hujjat bilan kiritilgan meʼyorlarni amaliyotdan chiqarishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oldi: aholi salomatligini oshirish orqali nogironlik nafaqalarini kamaytirish; maʼlum bo‘lgan nomuvofiqliklarni nogironlik tshunchasini aniqlashtirish orqali hal qilish; ijtimoiy himoya Administratsiyasi tomonidan psixologik kasalliklar to‘g‘risida aniq qoidalarni joriy qilinishi, tugatilgan nogironlik varaqalarini qayta tiklash va yangi qoidalar asosida qayta ko‘rib chiqishi lozim bo‘ldi.
Yuqorida keltirilgan siyosiy asosga tayangan holda nogironlik dasturi ishlashni davom ettirdi.
Yuqorida aytilganidek ijtimoiy ximoya dasturi 1975 yildan boshlab har yili defitsitga ega bo‘lib, maqsadli fondlar aktivlari uni qoplash uchun sarflanayotgan edi. 1977 yilgi o‘zgartirishlar uzoq davrga barqarorlikni vada qilayotgan bo‘lsa-da, qisqa muddatlarda ham muammolar hal qilishni talab qilayotgandi. 1978 va 1979 yilgi hisobotlarga nazar solinganda qarilik, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlikdan sug‘urtalashning Federal Kengash aʼzolari ko‘rsatkichlarni yaxshilanayotganni taʼkidlangandi. Ammo, iqtisodiyotning yomonlashuvi natijasida dastur o‘z to‘lov qobiliyatini yo‘qotib borayotgan edi. 1980 yilga kelib narxlar inflyasiyasi 13,5 foizga yetdi, o‘rtacha ish haqi esa 4,9 foizga pasaydi.
Nihoyat 1981 yilga kelib Reygan Administratsiyasi moliyalashtirishning maxsus paketini taklif etdi. Mazkur paket maʼmuriy tartibda ixtiyoriy pensiyaga chiqishni 38 foiz kamaytirish imkonini berardi. Taklif Senat tomonidan 96 ga 0 ovoz bilan rad etildi. Bunday sharmandalikdan so‘ng Prezident Reygan moliyalashtirish masalalarini o‘rganish va takliflar kiritish vazifasini yuklagan holda «Grinspin Komissiyasini» tuzdi. Komissiya 16 ta qisqa muddatli va uzoq muddatli siyosiy o‘zgartirishga doir takliflarni aks ettirgan hisobotni Kongressga taqdim qildi. Kongress deyarli o‘zgartirishlarsiz barcha takliflarni qabul qildi (takliflarning 4 tasi xarajatlarni ortishiga va 12 tasi xarajatlarning kamayishiga yordam berar edi) va pensiyaga chiqish uchun talab qilinadigan yoshni 65 yoshdan 67 yoshga oshirdi. Prezident Reygan qarorni 1983 yil aprelida imzoladi. Qabul qilingan qonunga tegishli quyidagi asosiy o‘zgarish va qo‘shimchalar eʼtiborga molikdir: davlat xizmatchilari va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarini dastur bilan qamrab olish kengaydi (ilgari dasturda ishtirok etgan va dasturdan chiqib ketgan Shtatlar uchun endilikda ishtirok majburiy hisoblandi); yillik yashash minimumidan past daromad oluvchilarga kompensatsion to‘lovlarni to‘lash sanasi iyundan yanvarga ko‘chirildi (amalda 1983 yilda mazkur kompensatsion to‘lov umuman to‘lanmadi); 2000 yildan boshlab bosqichma-bosqich pensiyaga chiqishning to‘liq yoshi 65 dan 67 ga ko‘tarildi; o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga solinadigan badal stavkasi ikki barobar oshirildi (ilgari o‘zini o‘zi band qilganlar uchun badal stavkasi aralash tipdagi bandlarning badal stavkasidan past edi); Pensiya daromadlarining 50 foizi soliq solish bazasiga kiritilishi amaliyoti joriy qilinib, undirilgan summalar Ijtimoiy himoya Administratsiyasining trast fondlariga yo‘naltiriladigan bo‘ldi; 1993 yildan boshlab trast fondlarga budjetga kiritilmaydigan operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati berildi.
1983 yil jamg‘armaga yo‘naltirilgan daromadlarning 52 foizi qo‘shimcha badallardan, 34 foizi pensiya daromadlari miqdorlarining o‘zgarishi, 15 foizi esa qamrov darajsini o‘zgarishidan kelib tushdi. 1983 yilgi hujjat qisqa va uzoq muddatli uzilishlarni to‘ldirishga yordam berdi. Uzoq muddatli istiqbolda esa 41 foizi jamg‘arma daromadlari badallardan, 38 foizi miqdorlar o‘zgarishidan, 21 foizi esa qamrov darajalari o‘zgarishidan kelib tushishi rejalashtirildi va aktuariylar tomonidan tasdiqlandi. Pensiya yoshini uzaytirilishidan kelib chiqqan farq 1983 yilning o‘zida iqtisod qilingan mablag‘larning 34 foizini tashkil qildi. 1983 yilgi qonun natijasidagi o‘zgarishlarga Ijtimoiy himoya Byulletenida quyida keltirilgan jadvalda prognoz baholar keltirilgan. Mazkur qonun AQShning ijtimoiy sug‘urta sohasida XX asrning oxirgi asosiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirdi. Lekin shu bilan birga 1990 yillardan so‘ng yana bir qancha kichik tuzatishlar kiritilgan (budjetni kelishilgan holda qabul qilish qonuni, fuqarolarning mehnat qilish erkinligi to‘g‘risidagi qonuni va boshq.)
B.Klinton Administratsiyasi hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng oxirgi 30 yilda birinchi marotaba budjet profitsiti kuzatilgan edi. Ortiqcha mablag‘lar davlat asosiy qarzini kamaytirish uchun yo‘naltirilgan va shu tariqa budjetni muhim vaziyatlar yuzaga kelganda ijtimoiy majburiyatlarini amalga oshirish kafolati mustahkamlanishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga asosiy qarzni kamayishi natijasida foiz ko‘rinishida iqtisod qilingan budjet mablag‘larining barchasi Ijtimoiy himoya Administratsiyasi fondlariga o‘tkazib berilishi belgilandi. B.Klinton davrida bundan boshqa o‘zgarish sodir bo‘lmadi.
2009 yilda trast fondlar hisobotida keyingi 75 yillik aktuar hisob-kitob prognozlari chop etildi. Unga ko‘ra, yaqin 75 yil ichida dastur soliq solinadigan pensiya daromadlarining 2 foizi miqdorida yoki boshqacha aytganda 5,3 trln. AQSH dollari miqdorida defitsitga ega bo‘ladi, deyilgan. 2007 yilning o‘zida ishtirokchilar badallari hisobiga pensiya daromadlari sifatida aholiga yo‘naltiriladigan to‘lovlarning atigi 76 foizi qismi qoplanadi, deb hisoblandi.
Djordj Bush Administratsiyasi vakolatga kirishganidan so‘ng 2001 yilda maxsus tadqiqot komissiyasi tuzildi. Ammo prezidentning ikkala boshqaruv davrida ham hyech qanday o‘zgarishlar soldir bo‘lmadi. Bunga yirik siyosiy va iqtisodiy sabablar katta taʼsir ko‘rsatgan.
Barak Abama prezident bo‘lganidan so‘ng 2010 yil 18 fevralda Fiskal javobgarlik va islohotlar bo‘yicha milliy komissiya tuzildi. Mazkur komissiya zimmasiga butun Federal budjetni, shu jumladan, ijtimoiy taʼminot va boshqa sohalarni o‘rganish va tadqiq etish yuklatildi. Umuman Barak Abama Prezidentlik davri ijtimoiy himoyani kuchaytirilishi va tibbiy sug‘urta bilan qamrab olishni kengaytirish davri deb baholanadi. Iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlaridan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy adolat masalalariga ko‘proq berilgan eʼtiborni Barak Abama tomonidan Prezident B.Klinton davrida boshlangan ijtimoiy islohotlarning davom ettirilishi va rivojlantirilishida ko‘rishimiz mumkin.
2009 yilda Barak Abama «Amerikani tiklash va reinvestitsiya to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu hujjat bilan Ijtimoiy himoya Administratsiyasiga qo‘shimcha 1 mlrd. AQSH dollari ajratildi. Summaning 500 millioni milliy hisob-kitob markazini yangilashga va informatsion texnologiyalar sotib olishga sarflanishi rejalatirilgan edi. Qolgan yarimi yoshga doir va nogironlik sug‘urtasi bo‘yicha mehnat yuklamalarini hisoblash va shu yo‘nalishda tadqiqot olib borish uchun, shuningdek buning uchun axborot texnologiyalarini sotib olish uchun sarflandi. Qonun loyihasi, shuningdek quyidagi dasturlar bo‘yicha har bir benifitsiarga bir martalik 250 AQSH dollari miqdorida iqtisodiy kompensatsiyani to‘lashni ko‘zda tutdi va amalga oshirdi: 1. Temir yo‘l pensionerlari dasturi; 2. Nogironligi bor veteranlar dasturi; 3. Qo‘shimcha ijtimoiy taʼminot dasturi.
2019 yil sentyabrida Prezident yana bir qarori bilan mehnat faoliyatini rejalashtirish va qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy taʼminot oluvchilarni huquqlarini himoya qilish kafolatini taqdim etib, ijtimoiy sohani budjetdan qo‘shimcha moliyalashtirishni 2010 moliya yili oxirigacha uzaytirdi. 2009 yil dekabrida esa 1 yil muddatdan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga sudlangan va qamoqda saqlanayotganlarga, ular bilan birga javobgarlikdan qochib yurgan jinoyatchililarni ijtimoiy taʼminotning barcha turlaridan mahrum qiluvchi hujjatni imzoladi. 2010 yilda nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoya olishga talabgor shaxslarni yuridik vakillarga (advokatlarga) gonorarlarni kechiktirib (nafaqa tayinlanganga qadar) to‘lash xuquqi kafolatlari berildi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling