Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.79 Mb.
bet81/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

Nazorat savollari
1.Kanada pensiya tizimini shakllanishi, tarkibi va pensiya turlari.
2.OAS pensiya dasturi tarkibidagi pensiya turlari.
3.Xususiy pensiya dasturi komponentlari: kasbiy-korporativ pensiya fondi, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya fondi, xususiy pensiya dasturi.
Test
1.Kanada davlat jamg‘armalari va ko‘plab ijtimoiy dasturlarni qay darajada boshqariladi?
A) federal, viloyat yoki hududiy, munitsiral darajada
B) Xukumat darajasida
S) Xukumat va munitsiral darajada
2. Kanadada ijtimoiy dasturlarning qanday turi mavjud?
A) daromadga va xizmatlarga asoslangan
B) Ijtimoiy sug‘urtaga asoslangan
S) Soliq stavkalariga asoslangan
3. Xizmatlarga asoslangan ijtimoiy dasturlarga nimalar kiradi?
A) ijtimoiy va maʼnaviy farovonlikni qo‘llab –quvvatlaydigan sog‘liqni saqlash, uy joy va taʼlim
B) Aholi farovonligini oshirish
S) Tibbiy xizmat va sug‘urta xizmatlari
4. Mehnatni sug‘urtalash dasturi qanday imtiyozlarini taqdim etadi?
A) jiddiy jarohatlangan, kasal bo‘lgan yoki hayotining oxirigacha parvarishga muhtoj bo‘lgan oila aʼzolariga qarash uchun ish joyini tark etadigan ishchilarga g‘amxo‘rlik qilish
B) oila aʼzolariga qarash uchun ish joyini tark etadigan ishchilarga g‘amxo‘rlik qilish
S) Daromdni yoqotgan shaxslar uchun nafaqalar to‘lab berish
5. Kanada bolalar nafaqasi necha yoshga to‘lmagan bolalarga oylik to‘lov tarzida berilar edi?
A) 18 yosh
B) 15 yosh
S) 5 yosh
Mustaqil ish mavzulari
1.Kanada sug‘urta fondlari aktivlari tarkibi va uni diversifikatsiyalash masalalari.
2.sug‘urta fondlarini investitsion faoliyati.
3.Pensiya fondlari aktivlarini boshqarish.
4.sug‘urta fondlari moliyaviy barqarorligini taʼminlash yo‘nalishlari.
5.Pensiya fondlarini daromadlilik darajasini oshirish.


6.3-§. Yaponiyada ijtimoiy himoya dasturlari va ijtimoiy sug‘urta tizimi

Yaponiyaning ijtimoiy himoya tizimi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy xizmatlar (ijtimoiy taʼminot agentliklari) dasturlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy yordam dasturi «munosib» turmush tarziga ega bo‘lish huquqini taʼminlashda ijtimoiy «oxirgi chora» vazifasini bajaruvchi minimal standart rolini bajaradi.


Urushdan keyingi davrda kambag‘allik muammosi va aholini eng zarur buyumlar bilan taʼminlash, uy-joy yetishmovchiligi masalasi intensiv (resurstejam) iqtisodiy o‘sish orqali bartaraf etildi. 1970 yildan boshlab Yaponiya fuqarolari «yuz million fuqaroning hammasi o‘rta sinfga mansub» bo‘lgan mamlakatda yashayabmiz, deb ishonishgan. Biroq, 1990 yillarda «ko‘pikli iqtisodiyot» qulaganidan so‘ng, iqtisodiy inqiroz sharoitida mehnat shtatlarning qisqarishi va shtatdan tashqari ishchilar sonining ko‘payishi tufayli aholi daromadlari o‘rtasidagi farq sezilarli bo‘lib borgan. Natijada jamiyatida aholining progressiv tabaqalanishini yuzaga keldi. Aholining tabaqalanishi, uzoq va kam haq to‘lanadigan ish soatlarida ishlovchilarning («ishlaydigan kambag‘allar» – daromadlari qashshoqlik chegarasidan past bo‘lgan ishchilar) vujudga kelishi Yaponiyadagi kambag‘allik darajasining yuqori bo‘lishiga olib keldi.
Yaponiyada kambag‘allik chegarasi bir martalik daromadning yarmi miqdorida o‘lchanadi. Uy xo‘jaliklarining sof bir martalik daromadi – bu har yili soliq va o‘tkazmalardan keyin uy xo‘jaligi ishlab topadigan pul miqdori. Yaponiyada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad yiliga 29798 AQSH dollarini tashkil etadi, bu IHTT mamlakatlari orasida 14 o‘rinda va mamlakatlar o‘rtacha ko‘rsatkichi 33604 AQSH dollaridan past ko‘rsatkichdir. Uy xo‘jaligining sof boyligi – bu uy xo‘jaligining moliyaviy va nomoliyaviy (pul yoki bankdagi hisobvaraqlardagi ulush, asosiy yashash joyi, ko‘chmas mulk obʼektlari, transport vositalari, qimmatbaho buyumlar va boshqalar) daromadlarining umumiy qiymati. Yaponiya uy xo‘jaligining o‘rtacha boyligi 305878 AQSH dollarini tashkil etadi, bu IHTT mamlakatlari orasida 12 o‘rinda va mamlakatlar o‘rtacha ko‘rsatkichi 408376 AQSH dollaridan pastdir.
Boshqa mamlakatlar kabi Yaponiyada ijtimoiy taʼminot manbai xayriya faoliyatiga yo‘naltirilgan. Bunga 539 yilda tashkil etilgan «Shikain» (nochorlik uchun to‘rt institut) misol bo‘ladi. Imperator sudi, Shogunat (Shogunate), feodal beklari kambag‘allarga yordam berar edilar. Shuningdek, buddist ibodatxonalari xam aholining nochor qatlamlariga yordam berardi. Ushbu choralar Konfutsiylik va Buddizmning xayriya etikasiga asoslangan edi. Biroq, ijtimoiy yordam oluvchilar oilasiz kambag‘al qariyalar hisoblanar edi. Bu o‘sha vaqtdagi jamiyatdagi o‘zaro yordamning prinsipial asosi hisoblangan. Misol uchun, «Gonin-gum» (Edo Erasining besh aʼzo guruhi) nafaqat to‘lovlarni amalga oshirish uchun guruh bo‘lganligi bilan birgalikda, balki jamiyatdagi o‘zaro yordam tashkiloti edi.
Yaponiyada «ijtimoiy ximoya» iborasi birinchi marotaba 1946 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning 25 moddasida qo‘llanilgan bo‘lib, uning ahamiyati va qamrovi noaniq bo‘lgan. Biroq, 1950 yilda Bosh vazir huzuridagi ijtimoiy himoya Kengashi kelgusidagi Yaponiya ijtimoiy taʼminot tizimining maqsadlari haqida maʼlumot berdi:

  • davlat kambag‘allikni (kasalliklar, jarohatlanish, farzand ko‘rish, nogironlik, qarilik, o‘lim, ishsizlik, ko‘p farzandga ega oilalar) qisqartirish maqsadida davlat dasturlar orqali yordam beradi, ijtimoiy sug‘urta yoki soliq imtiyozlari shaklida qo‘llab-quvvatlashi;

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga davlat ijtimoiy yordam tizimining minimal turmush darajasini yaratib berishi;

  • davlat dasturlarining sog‘liqni saqlash va jamiyat farovonligini rivojlanishiga yordam berishi.

Urushdan keyingi davrda Yaponiyaning ijtimoiy taʼminot tizimida tartibsizlik yuzaga kelishi oqibatida Yaponiya ijtimoiy yordam dasturi qabul qildi. 1951 yilda ijtimoiy yordam dastur mablag‘ining 16 foizidan ortig‘i ijtimoiy taʼminotga ajratildi. 1961 yilda universal tibbiy sug‘urta va pensiya taʼminoti qabul qilinishi ijtimoiy himoya bilan kam daromadli aholi qatlamini ham qamrab olinishiga erishildi.
1963-1964 yillarda «Keksalar uchun ijtimoiy taʼminot xizmati to‘g‘risida»gi va «Onalar va bolalar farovonligi to‘g‘risida»gi Qonunlar qabul qilindi va undagi imtiyozlar ijtimoiy taʼminot tizimining takomillashuviga sabab bo‘ldi. 1970 yillarning oxirida iqtisodiy o‘sish barqaror bo‘lgan davrda ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqildi.
1990 yillardan muhim siyosiy muammo bo‘lgan keksalar sonining ortishi fonida tug‘ilish darajasining pastligiga qarshi chora-tadbirlar ko‘rila boshlandi. Pensiya va tibbiy sug‘urta tizimida islohotlar amalga oshirildi. Uzoq muddatli yordamga muhtoj bo‘lgan qariyalar va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash uchun «Xizmatni sug‘urtalash to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bolalarni parvarish qilishda yordam ko‘rsatish uchun bolalarga ko‘rsatiladigan xizmatlar takomillashtirildi va moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, bandlik holatining o‘zgarishi va iqtisodiyot rivojlanishidagi farqning kengayishi bandlik siyosatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy himoya tizimi hududlardagi yashash uchun xarajatlarning turlicha ekaniga qaramasdan ko‘p yillik umummilliy dasturga ega. Bugungi kundagi tezkor ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar Yapon jamiyatidagi ijtimoiy himoya tizimini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.
Ijtimoiy himoya tizimi sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan boshqariladi. Ushbu vazirlik ijtimoiy xavfsizlik dasturlarini rejalashtirish va aniqlash, ularga strategik maqsadlar va moliyaviy barqarorligi uchun javobgardir. Mehnat standartlari, kafolatlangan ish bilan bandlik, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va ijtimoiy sug‘urta tartibga solish obʼektlari hisoblanadi.
Ijtimoiy sug‘urta agentligi huzuridagi idora hisoblanib, kichik va o‘rta korxonalar xodimlari uchun tibbiy sug‘urta xizmatlari, kasbiy pensiya sug‘urtasi, umumiy pensiya sug‘urtasi, dengizchilarni sug‘urtalanishini taʼminlash bo‘yicha keng qamrovli dasturlarni olib borishga ixtisoslashgan. Agentlik va uning filiallari butun mamlakat hududini qamrab olgan umumiy tarmoqqa ega. Mahalliy mehnat munosabatlarini boshqarishda har bir mehnat byurosi xuzurida mehnat standartlari inspeksiyasi va davlat kafolatlangan ish bilan bandlik byurosi tashkil etilgan. Shuningdek, ular baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanish dasturi bilan faoliyat olib boradi. Yaponiya ijtimoiy taʼminot dasturlari quyidagi 6.2-jadvalda o‘z ifodasini topgan.
Davlat tibbiy sug‘urta tizimi, davlat pensiya taʼminoti, ishlovchilar uchun tibbiy sug‘urta kabi ijtimoiy sug‘urta dasturlari badallar va soliq imtiyozlari bilan ham moliyalashtiriladi. Masalan, davlat pensiya taʼminoti omonat hisobvaraqlarini to‘liq moliyalashtirmaydi, pensiya xarajatlarining uchdan bir qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Boshqa mamlakatlardagi o‘xshash tizimlar bilan taqqoslash uchun ijtimoiy himoya tizimi xarajatlari XMT qoidalariga muvofiq baholanadi. XMTning taʼrifiga ko‘ra, ijtimoiy taʼminot xarajatlari quyidagi talablarga javob beruvchi barcha dasturlar yoki xizmatlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Keksalik, boquvchisini yo‘qotganligi, nogironlik, shikastlanish, kasallik va salomatlik, oilaviy sharoit, ishsizlik, uy-joy, va boshqa xavflarda to‘lov uchun mo‘ljallangan dasturlar;




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling