Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval 2017 yilda xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta badali


Download 0.79 Mb.
bet89/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

7.2-jadval
2017 yilda xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta badali
(ijtimoiy soliq) stavkalari (foiz hisobida)238



Davlatlar

Ish beruvchi

Ishchi

Jami



Davlatlar

Ish beruvchi

Ishchi

Jami

1.

Fransiya

10,6

26,0

36,6

18.

Estoniya

1,2

25,3

26,5

2.

Avstriya

14,0

22,2

36,2

19.

Finlyandiya

7,6

18,2

25,8

3.

Vengriya

15,0

19,0

34,0

20.

Yaponiya

12,5

13,2

25,7

4.

Slovakiya

10,2

23,6

33,8

21.

IHTT bo‘yicha o‘rtachasi

8,2

14,2

22,4

5.

Germaniya

17,4

16,3

33,7

22.

Niderlandiya

11,8

10,1

21,9

6.

Chexiya

8,2

25,4

33,6

23.

Lyuksemburg

11,0

10,8

21,8

7.

Belgiya

10,9

22,2

33,1

24.

Norvegiya

7,3

11,5

18,8

8.

Sloveniya

19,0

13,9

32,9

25.

Buyuk Britaniya

8,5

9,8

18,3

9.

Gretsiya

12,8

20,0

32,8

26.

Kanada

6,6

10,4

17,0

10.

Italiya

7,2

24,0

31,2

27.

Janubiy Koreya

7,6

9,4

17,0

11.

Rossiya

30,0

0,0

30,0

28.

AQSH

7,1

7,7

14,8

12.

Polsha

15,3

14,1

29,4

29.

Irlandiya

3,6

9,7

13,3

13.

Shvetsiya

5,3

23,9

29,2

30.

Shveysariya

5,9

5,9

11,8

14.

Portugaliya

8,9

19,2

28,1

31.

Meksika

1,2

10,4

11,6

15.

Ispaniya

4,9

23,0

27,9

32.

Chili

7,0

0,0

7,0

16.

Turkiya

12,8

14,9

27,7

33.

Islandiya

0,3

6,4

6,7

17.

Latviya

8,5

19,1

27,6

34.

Yangi Zellandiya

0,0

0,0

0,0

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirish hajmlari YAIM hajmining 16-25 foizini tashkil etadi. XX asr oxiriga kelib, Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy taʼminot xarajatlari YAIM hajmining 25 foiziga, AQShda 18 foizga, Markaziy Yevropaning o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda 17 foizga, Rossiya Federatsiyasida 10 foizga yaqinlashgan239. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya xarajatlari YAIM hajmining 6 foizini tashkil qiladi240. Bunday xarajatlar tarkibida tibbiy sug‘urta, pensiya sug‘urtasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligidan sug‘urtalash, ishsizlik sug‘urtasi va turli ko‘rinishdagi ijtimoiy nafaqalar asosiy o‘rinni egallaydi. Mazkur xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy manbasini sug‘urtalanganlar va ish beruvchilarning (yollanma ishchilar foydasiga) sug‘urta badallari hamda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar tashkil qiladi.


Barcha mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urtaning milliy tizimi va uning moliyaviy mexanizmi turlicha bo‘lib, uning 3 ta modelini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: Bismark (Germaniya, Italiya, Avstriya, Fransiya), Beveridj (Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada)241 va Sobiq Ittifoq. Aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urtaning modellari aralash tarzda amal qiladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi natijalari bo‘lib, industrial mamlakatlarning davlat ijtimoiy taʼminoti tizimlarini tashkil etilishi va jamoaviy majburiy ijtimoiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etilishi bo‘ldi. Ushbu ijtimoiy institularning bosh maqsadlaridan biri aholini ijtimoiy risk yuzaga kelganda daromad bilan taʼminlashdir. Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlar XX asr davomida ijtimoiy institutlarni shakllantirgan holda aholi daromadlarini shartnomaviy va davlat ijtimoiy sug‘urtasi yordamida taʼminlash tizimiga o‘tildi (7.3-jadvalga qarang).
Pensiya sug‘urtasining qayta taqsimlovchi va jamg‘ariluvchi tizimlarida majburiy va ixtiyoriy institutlarini rivojlantirish uchun mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlarida qulay, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi muhim o‘rin tutadi.
Qayta taqsimlanadigan pensiya taʼminoti tizimida ishchi tomonidan Pensiya jamg‘armalariga ijtimoiy to‘lovlar hisobiga to‘langan sug‘urta miqdorlarini ishchining pensiyaga chiqishidagi davrga keltirish juda murakkabdir. Bunda, ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan davrning davomiyligi, sug‘urta tovonining miqdori, sug‘urta stavkasi va pensiyaga chiqgandan keyingi davr to‘lovlari muddati davomiyligi hisobga olinishi va pensiyalar to‘lovi davriga keltirilishi zarurdir.


7.3-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda umumdavlat ijtimoiy
dasturlarni joriy etish yillari
242



Dasturlar

Germaniya

Angliya

Shvetsiya

Fransiya

Italiya

AQSH

Kanada

Mehnatda mayiblanish

1884 yil

1906 yil

1901 yil

1946 yil

1898 yil

1930 yil

1930 yil

Kasallik nafaqalari

1883 yil

1911 yil

1910 yil

1930 yil

1943 yil

-

1971 yil

Pensiya taʼminoti

1889 yil

1908 yil

1913 yil

1910 yil

1919 yil

1935 yil

1927 yil

Ishsizlik nafaqasi

1927 yil

1911 yil

1934 yil

1967 yil

1919 yil

1935 yil

1940 yil

Oilaviy nafaqalar

1954 yil

1945 yil

1947 yil

1932 yil

1936 yil

-

1944 yil

Tibbiy sug‘urta

1880 yil

1948 yil

1962 yil

1945 yil

1945 yil

-

1972 yil

Taʼkidlash joizki, bu muammoni hal qilishda mablag‘lar oqimini taxmin qilish og‘ir kechadi, bunda ijtimoiy to‘lovlar muddati 30 yildan


50 yilgachani tashkil etsa, pensiya to‘lovi muddatlari 20 yildan 30 yilgacha davrni o‘z ichiga oladi, yaʼni umr ko‘rish davomiyligiga qarab inobatga olinishi kerak. Bu qadar uzoq muddat (50-80 yil) davomida keltirilgan ko‘rsatkichlarga qator omillar taʼsir ko‘rsatishi mumkin, jumladan, ish haqi fondi va inflyasiya darajasining o‘zgarishi, pensionerlarning ishchilarga nisbatan mutlaq soni va nisbati kabi.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda (Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Fransiya) ijtimoiy sug‘urta yuki ishchi va ish beruvchilar o‘rtasida teng taqsimlangan (7.4-jadvalga qarang).


7.4-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda majburiy pensiya sug‘urtasi tizimida ishlovchi va ish beruvchilarlar o‘rtasida sug‘urta yuklamasi taqsimoti va sug‘urtalangan daromadlarning chegarasi (2019 yil)243

Mamlakatlar

Sug‘urta tarifi stavkasi, ish haqqiga nisbatan (foizda)

Sug‘urta daromadining
Chegaralari

Ishlovchi

Ish beruvchi

Jami

Avstriya

10,25

12,55

22,8

bir oyga maksimum € 3 450

Finlandiya

4,6

22,75

27,35

bir oyga minimum € 229,3

Fransiya

6,65

9,8

16,45

bir oyiga maksimum € 2 476

Germaniya

9,75

9,75

19,5

maksimum yiliga € 61 800
bir oyiga minimum € 400

Gretsiya

6,67

13,33

20

maksimum kuniga € 78,4,
yoki bir oyga € 1 960,2

Italiya

8,89

23,81

32,7

minimum kuniga € 39,16, maksimum yiliga € 8 440

Gollandiya

19,15

8,9

28,05

minimum yiliga € 13 160, maksimum yiliga € 29 543

Polsha

16,26

16,26

32,52

maksimum yillik o‘rtacha oylikning 30 barobari

Ispaniya

4,7

23,6

28,3

bir oyiga maksimum € 2 731,5

Shveysariya

11,9

11,9

23,8

maksimum yiliga 75 960 frank

Buyuk Britaniya

11

12,8

23,8

minimum haftasiga £ 89

AQSH

6,2

6,2

12,4

maksimum yiliga $ 90 000

Kanada

4,95

4,95

9,9

minimum yiliga 3 500 dollar, maksimum yiliga 41 100 dollar

Demak, qayta taqsimlanadigan pensiya taʼminoti tizimida ish beruvchilar va ishchilar o‘rtasida muvozanatni saqlanishi muhim o‘rin tutadi. Lekin, ushbu ko‘rsatkich ham turli hil mamlakatlarda turli davrlar oralig‘ida, ularda demografik omillar, iqtisodiy faol aholi soni kabi ko‘rsatkichlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Misol uchun, iqtisodiy faol aholining pensiya oluvchilarga nisbati 2000 yildan 2015 yilgacha oralig‘ida o‘rta hisobda Finlyandiya va Ispaniyada 3/4 dan 1/4 gacha, Germaniya va Shveysariyada 1/2 gachaga o‘zgarishini ko‘rish mumkin244.


Shuni taʼkidlash joizki, pensiya tizimlarining evolyusiyasi ularning ijtimoiy va mehnat munosabatlariga, mamalakat milliy mehnat bozori va ish haqi tizimlarini rivojlanishiga, demografik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar pensiya taʼminoti tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir ko‘rsatadi. Taqsimlanuvchi pensiya taʼminoti tizimi rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatuvchi yana bir muhim omillardan biri bo‘lib, ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashda quyi va yuqori chegaralarning mavjudligi ham muhim o‘rin egallaydi. Chunki, taqsimlanuvchi pensiya taʼminoti tizimi amalda bo‘lgan deyarli barcha mamlakatlarda pensiya hisoblanishida o‘rtacha olingan daromadning yuqori chegaralari bilan cheklash miqdorlari joriy etilgan.
Jahon banki va IHTTga aʼzo mamlakatlarning ijtimoiy sug‘urta tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha tajribalari O‘zbekistonda ijtimoiy sug‘urta tizimining takomillashtirilishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Jumladan:

    • ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirishning asosiy manbasi bo‘lib, ish beruvchi va ishchilarning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, shuningdek, davlat budjeti mablag‘lari hisoblanadi. Bunda sug‘urta ajratmalari daromad yo‘qotilishini qoplovchi asosiy moliyaviy manba rolini o‘ynaydi (barcha ishchilar ijtimoiy sug‘urta uchun mablag‘lar jamg‘arilishi jarayoniga jalb etiladi), davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy taʼminotning minimal darajasi kafolatlanadi;

    • aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ko‘p darajali (taqsimlanuvchi, jamg‘arib boriladigan va xususiy) pensiya tizimiga ega bo‘lib, bu fuqarolarning keksalikda turli manbalardan pensiya olish imkonini beradi;

    • aholining umr ko‘rish davomiyligining uzayib borishiga mos ravishda pensiyaga chiqish yoshining bosqichma-bosqich oshirilishi;

    • fuqarolar tomonidan mehnat faoliyatining butun davri davomida shakllantirilgan pensiya zaxiralari bilan pensiya miqdorlarining uzviy bog‘liqligini kuchaytirish;

    • Pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun minimal mehnat staji muddatiga bo‘lgan talablarni oshirish;

    • nodavlat pensiya taʼminotini rivojlantirish;

    • majburiy tibbiy sug‘urtaning rivojlanganligi;

    • maxsus ijtimoiy sug‘urta fondlarining mavjudligi va turli ijtimoiy sug‘urta dasturlarining samarali amalga oshirilishi;

    • kyeng turdagi ijtimoiy sug‘urta tizimining mavjudligi (tibbiy, pensiya, ishsizlik sug‘urtalari, baxtsiz hodisalardan va kasallanganda sug‘urtalash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urtalash, parvarishga muhtoj bo‘lganlik uchun sug‘urtalash, mehnatga layoqatlilik qisman yoki to‘liq yo‘qotilganda sug‘urtalash, dafn marosimi uchun sug‘urta) va badallarga asoslanganligi;

    • fuqarolarga keksalikda turli manbalardan pensiya olish imkonini beruvchi uch darajali pensiya taʼminotining mavjudligi, majburiy va ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning rivojlangan tizimiga ega ekanligi hamda keng ko‘lamdagi ijtimoiy xizmatlarni qamrab oluvchi ishsizlik sug‘urtasining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, ijtimoiy sug‘urta infratuzilmasining taraqqiy etganligi, o‘z navbatida, ijtimoiy sug‘urta tizimining samarali tashkil etilganidan dalolatdir.

Xulosa
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida, shuningdek, ijtimoiy yo‘naltirilgan taraqqiy etgan mamlakatlarning aksariyati uch darajali pensiya tizimiga ega. Birinchisi, taqsimlanuvchi pensiya tizimi bo‘lib, bunda ish beruvchi va ishchilarning sug‘urta badallari hisobidan davlat majburiy pensiya sug‘urta tizimi joriy etilgan. Ikkinchisi, korporativ (jamg‘arib boriladigan) pensiya bo‘lib, bunda korxona yoki tarmoq darajasida ishchilar uchun qo‘shimcha sug‘urta badallari joriy etilgan. Uchinchisi, xususiy (jamg‘arib boriladigan) pensiya bo‘lib, bunda ishchining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratmalar nodavlat pensiya fondlariga, sug‘urta kompaniyalariga yoki kredit tashkilotlariga shartnoma asosida ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Ishchilarga o‘z pensiya jamg‘armalarini rag‘batlantirish maqsadida davlat tomonidan muayyan soliq imtiyozlari belgilanadi.
Jahon banki va IHTTga aʼzo mamlakatlarning ijtimoiy sug‘urta tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha tajribalari O‘zbekistonda ijtimoiy sug‘urta tizimining takomillashtirilishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Jumladan:

    • ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirishning asosiy manbasi bo‘lib, ish beruvchi va ishchilarning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, shuningdek, davlat budjeti mablag‘lari hisoblanadi. Bunda sug‘urta ajratmalari daromad yo‘qotilishini qoplovchi asosiy moliyaviy manba rolini o‘ynaydi (barcha ishchilar ijtimoiy sug‘urta uchun mablag‘lar jamg‘arilishi jarayoniga jalb etiladi), davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy taʼminotning minimal darajasi kafolatlanadi;

    • aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ko‘p darajali (taqsimlanuvchi, jamg‘arib boriladigan va xususiy) pensiya tizimiga ega bo‘lib, bu fuqarolarning keksalikda turli manbalardan pensiya olish imkonini beradi;

    • aholining umr ko‘rish davomiyligining uzayib borishiga mos ravishda pensiyaga chiqish yoshining bosqichma-bosqich oshirilishi;

    • fuqarolar tomonidan mehnat faoliyatining butun davri davomida shakllantirilgan pensiya zaxiralari bilan pensiya miqdorlarining uzviy bog‘liqligini kuchaytirish;

    • Pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun minimal mehnat staji muddatiga bo‘lgan talablarni oshirish;

    • nodavlat pensiya taʼminotini rivojlantirish;

    • majburiy tibbiy sug‘urtaning rivojlanganligi;

    • maxsus ijtimoiy sug‘urta fondlarining mavjudligi va turli ijtimoiy sug‘urta dasturlarining samarali amalga oshirilishi;

    • kyeng turdagi ijtimoiy sug‘urta tizimining mavjudligi (tibbiy, pensiya, ishsizlik sug‘urtalari, baxtsiz hodisalardan va kasallanganda sug‘urtalash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urtalash, parvarishga muhtoj bo‘lganlik uchun sug‘urtalash, mehnatga layoqatlilik qisman yoki to‘liq yo‘qotilganda sug‘urtalash, dafn marosimi uchun sug‘urta) va badallarga asoslanganligi;

    • fuqarolarga keksalikda turli manbalardan pensiya olish imkonini beruvchi uch darajali pensiya taʼminotining mavjudligi, majburiy va ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning rivojlangan tizimiga ega ekanligi hamda keng ko‘lamdagi ijtimoiy xizmatlarni qamrab oluvchi ishsizlik sug‘urtasining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, ijtimoiy sug‘urta infratuzilmasining taraqqiy etganligi, o‘z navbatida, ijtimoiy sug‘urta tizimining samarali tashkil etilganidan dalolatdir.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling