Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.79 Mb.
bet72/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

Nazorat savollari
1.Tibbiy sug‘urta rivojlanishining xorij tajribasi.
2.O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
3.O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani shakllanish shart-sharoitlari va rivojlantirish muammolari.
Test savollari
1.541-542 yillardagi Vizantiya imperatori Yustinian I davrida tarqalgan vabosidan yer aholisining necha foizi vafot etgan.
A) 28,5 foizi yoki 60 million kishi
B) 35 foiz yoki 70 million kishi
S) 30 foizi yoki 60 million kishi
2. Qaysi mamlakatda yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari hajmi dunyo sug‘urta bozorining 25,0 foizini tashkil etadi.
A) AQShda
B) Germaniyada
S) Yaponiyada
3. Fransiyada koronavirusga chalingan har bir bemorni test tizimlarini o‘tkazish va davolash xarajatlarini necha foizini tibbiy sug‘urta hisobidan qoplangan.
A) 80 foizni
B) 96 foizni
S) 50 foizni
4. AQShda koronavirus bilan kasallangan sug‘urtalanmagan fuqaro 6 kunlik gospitalizatsiya uchun necha ming AQSH dollari atrofida to‘langan.
A) 73,3 ming AQSH
B) 6 ming AQSH
S) 50 ming AQSH
5. Qozog‘iston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash xarajatlari qaysi manba tomonidan amalga oshiriladi.
A) «Ijtimoiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi»
B) davlat budjeti
S) Fuqoroniing xisobidan
Mustaqil ish mavzulari
1.Beveridj modeliga mos ravishda tashkil etilgan tibbiy sug‘urta modeli: ularning kuchli va zaif tomonlari.
2.O‘zbekistonda Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari.
3.O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish chora-tadbirlari.
4.Sog‘liqni saqlash tizimini sug‘urta asosida moliyalashtirish modellari
5.O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani rivojlantirish holati va muammolari.


5.5-§. O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta xizmatlari bozorini shakllanishi, xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari va muammolari

Aholini ijtimoiy himoya kilish tizimini rivojlantirishda ijtimoiy sug‘urta muhim o‘rin egallaydi. Bugungi kunda sug‘urtalash mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylandi. Hukumat tomonidan sug‘urta sohasini isloh qilish borasida qator chora-tadbirlar va dasturlar amalga oshirildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatda aholini ijtimoiy himoya kilish tizimida sug‘urta bozori shakllanishini taʼminladi.


O‘zbekistonda sug‘urta sohasi iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining jadallik bilan rivojlanayotgan sektorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekistonda 40 ta sug‘urta kompaniyalari o‘z faoliyatini amalga oshirib, kompaniyalarning 3 tasi hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyat yuritmoqda. «2019 yilda sug‘urta summasi jami 690462,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 15,6 foizga ko‘paydi. Ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi 68,0 foiz bo‘lsa, 32,0 foizi majburiy sug‘urtaga to‘g‘ri keladi. 2019 yilda sug‘urta mukofotlari tushumi 2138,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shundan ixtiyoriy sug‘urta 1832,1 mlrd. so‘m (85,7 foiz umumiy summadan), va majburiy sug‘urta 306,7 mlrd. so‘m (14,3 foiz) tashkil etmoqda. 2019 yilda jami sug‘urta to‘lovlari hajmi 808,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi”219. 2013-2019 yillarda jami sug‘urta to‘lovlari tarkibida majburiy sug‘urta to‘lovlari hajmi jadal surʼatlarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ldi (5.10-rasmga qarang).


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling