Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimlar Moliyalashtirish Foyda
6.3-jadval
Yaponiya ijtimoiy taʼminot tizimi231
Yuqorida sanab o‘tilgan ijtimoiy sug‘urta tizimlari ijtimoiy sug‘urta mukofotlari va subsidiya shaklidagi soliq tushumlari bilan to‘ldiriladi. Ijtimoiy sug‘urta badallari barcha sug‘urtalanganlarga ularning to‘lov qobiliyatlariga ko‘ra taqsimlanadi. Shuningdek, Yaponiyada «Kambag‘allikka qarshi kurashish choralar» dasturi ko‘p bolali oilalar, nogironlarga to‘lanadigan nafaqalar va ko‘rsatiladigan xizmatlar davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Xulosa AQShning ijtimoiy sug‘urta islohotlari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: pensiya taʼminoti bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta dasturlari; uzoq muddatli barqarorlikni taʼminlash maqsadida investitsion trast fondlarining tashkil qilinishi; ijtimoiy sug‘urta dasturlarining qamrov darajasining oshirilishi; nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida yangi ijtimoiy maqsadli fondlarning amal qilishi; tibbiy sug‘urta joriy qilinganligi; ijtimoiy to‘lovlarning inflyasiya va o‘rtacha ish haqiga qarab indeksatsiyalash amaliyotining takomillashuvi; ijtimoiy sug‘urta tizimini budjetdan qo‘shimcha moliyalashtirish amaliyotining mavjudligi va boshq. Kanadaning ijtimoiy sug‘urta dasturlarning ikki asosiy turi mavjud bo‘lib, birinchisi, daromadga asoslangan, ikkinchisi xizmatlarga asoslangan. Daromadga yordam berish dasturlari jismoniy shaxslarga farzandli bo‘lganda, kasallanganda, ishsiz qolganida davlat tomonidan nafaqalar ajratiladi. Ijtimoiy taʼminot dasturlari deb ataladigan dasturlarga ish haqini sug‘urtalash bo‘yicha imtiyozlar, oilaviy nafaqa va ijtimoiy nafaqa kiradi. Yaponiyada ijtimoiy sug‘urta tizimlari ijtimoiy sug‘urta mukofotlari va subsidiya shaklidagi soliq tushumlari bilan to‘ldiriladi. Ijtimoiy sug‘urta badallari barcha sug‘urtalanganlarga ularning to‘lov qobiliyatlariga ko‘ra taqsimlanadi. Shuningdek, Yaponiyada «Kambag‘allikka qarshi kurashish choralar» dasturi ko‘p bolali oilalar, nogironlarga to‘lanadigan nafaqalar va ko‘rsatiladigan xizmatlar davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Yaponiyada davlat nafaqasi, tibbiy sug‘urta, uzoq muddatli tibbiy sug‘urta, bandlik sug‘urtasi va ish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish kabi ijtimoiy himoya tizimi ijtimoiy sug‘urta asosida amalga oshiriladi. Ushbu tizimda pensiya va tibbiy sug‘urta dasturlariga barcha fuqarolar jalb qilingan. Universal pensiya va tibbiy sug‘urta Yaponiya ijtimoiy himoya tizimining muhim jihati hisoblanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling