Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bir likobchada 5 ta olma, ikkinchi likobchada 5 ta konfet bor.
Ularning soni tengmi?
2. Mashinaning g‘ildiragi 4 ta, qo‘shimcha g‘ildirak bilan nechta
bo‘ladi?
3. Tut, olma, o‘rik, gilos, shaftoli-nechta mevaning nomi
aytildi?
4. 1, 2, 3, 4, 5-bu sonlar ichidagi eng katta son qaysi?
5. Bosh barmoq, ko‘rsatkich barmoq, o‘rta barmoq, nomsiz barmoq,
jimjiloq -jimjiloq nechinchi barmoq?
Faoliyat yakunida bolalar shirin so‘zlar bilan rag‘batlantiriladi.
Miqdor (kattalik)
Mavzu: Buyumlarni bo‘yiga va eniga ko‘ra qiyoslash va tartiblashtirish
Maqsad:
Bolalarga buyumlarni bo‘yiga, eniga ko‘ra solishtirish va tartiblashtirishni o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda uzun-qisqa va ingichka-yo‘g‘onlik haqida tasavvurlar hosil qilinadi.
Yo‘g‘ondan-ingichkagacha, ingichkadan-yo‘g‘ongacha tartiblay olish ko‘nikmasi shakllanadi.
Kerakli jihozlar:
Qo‘g‘irchoq.
5 ta uzun –kalta, yo‘g‘on-ingichka lenta.
Rangli qog‘oz qirqimlari (lentasimon) 5 tadan yo‘g‘ondan-ingichkagacha, uzun-kalta.
10 ta yo‘g‘on- ingichka, uzun kalta tayoqchalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |