Ishlanmalari


Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “O‘rnini top”


Download 0.79 Mb.
bet20/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “O‘rnini top”.


O‘yin qoidasi: Bolalar ikki guruhga bo‘linib turadilar. O‘rtaga doira shakli chizilgan bo‘lib, ichiga uzun-kalta, yo‘g‘on-ingichka turli buyumlar aralash qo‘yilgan. Tarbiyachi ko‘rsatma berishi bilan 1-guruh bolalari yo‘g‘on-ingichka buyumlarni, 2-guruh bolalari esa uzun-kalta buyumlarni ajratadilar. Buyumlarning ranglari, nechtadan yig‘ganlari so‘raladi.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Tana a’zolarining qaysi biri uzun-kalta va yo‘g‘on –ingichka bo‘lib tartib bilan joylashgan? (Barmoqlar uchtasi)

  2. Oilangizdagilarni bo‘ylariga qarab tartib bilan aytib bering (dadam, onam, opam, akam)

  3. Xonadagi buyumlar orasidan yo‘g‘on-ingichka buyumlarni topib aytib bering.

  4. Xonadagi buyumlar orasidan uzun-kalta buyumlarni topib aytib bering.


Faoliyat yakunida bolalarni rag‘batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Doira, kvadrat va uchburchak shakllarini bir-biridan farqlashni mustahkamlash

Maqsad:

  • Bolalarning geometrik shakllar: doira, kvadrat va uchburchak haqida tasavvurlarini mustahkamlash.

Kutilayotgan natija:

  • Bolalarning doira, uchburchak va kvadrat shakllari haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.

  • Doira, kvadrat va uchburchak shakllaridan foydalanib tasvirlar yasay olish malakasini egallaydilar.

Kerakli jihozlar:

  • Rangli qog‘ozdan doira, kvadrat, uchburchak shakllari (katta va kichik o‘lchamda).

  • Oq qog‘oz, elim, mo‘yqalam.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling