Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolalar hozir sizlar oldingizdagi qutichadan doira shaklini olinglar. Bu shaklni o‘zingizga nisbatan uzoq joyga (stolchaning ustida) joylashtiring. Endi kvadrat shaklini o‘zingizga yaqin joyga joylashtiring. Uchburchak shaklini olib o‘zingizga yaqinroq joyga qo‘yinglar. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklini esa uzoqroqqa joylashtiringlar. (Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib, “Doira sizdan uzoqmi? YAqinmi? Uchburchak sizga yaqinroqmi, uzoqroqmi? deb so‘raydi).
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “YAqin-uzoq”.
O‘yin qoidasi: 4 xil yaqin, yaqinroq, uzoqroq, uzoq masofada savatchalar tayyorlab qo‘yiladi. Bolalar 2 qator bo‘lib ikki tomonga saflanadilar.
Tarbiyachi aytgan masofaga har bir qatordan bir bola kelib turadi va koptokni tarbiyachi aytgan masofadagi savatchaga uloqtirib tushirishi kerak. Koptok qaysi masofaga tushsa, bolalar o‘sha masofani yaqin, uzoq, yaqinroq, uzoqroq deb aytadilar va navbatni keyingi bolaga beradilar. O‘yin shu tarzda davom etib 2-3 marotaba takrorlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |