Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar birgalikda ko‘prik quramiz. Mana bu joyda turli o‘lchamdagi taxtachalar turibdi, ularning ichidan biz bir xil o‘lchamdagi taxtachalarni ajratib olishimiz kerak. Masalan: mana bu uzunlikdagi taxtachalarni topib bir joyga tartib bilan qo‘yishimiz kerak. Buning uchun avvalo ko‘z bilan chamalab ko‘ramiz, keyin qo‘limizdagi taxtachani chamalagan taxtachamiz ustiga qo‘yib ko‘ramiz. Ular teng ekan. SHunday qilib qo‘limizdagi taxtachaga o‘xshash taxtachalarni bir joyga tartib bilan qo‘yamiz va bulardan ko‘prik quramiz. (Ko‘prik qurishga bolalar yordam berishadi). Biz yasagan ko‘prik ustidan barcha mashinalar o‘tishi mumkin. (Bolalar mashanalarni o‘tkazishadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |