Bilimlarni mustahkamlash o‘yin : “Zakovat”.
O‘yin qoidalari: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Har bir guruh berilgan uchta topshiriq va shartlarni bajaradilar.
1- topshiriq. Kun va tun tasvirlangan rasmlar aralash holda ikkita stolga bitta qilib quyiladi. Bolalar kun va tun tasvirlangan rasmlarni berilgan vaqt ichida alohida- alohida qilib yig‘ishadi. So‘ng ko‘rsatib izohlab berishadi.
2- topshiriq. Kun va tun rasmlarini chizishadi va izohlab berishadi.
3- topshiriq. “Topgan-topaloq” o‘yini. Bolalar kun va tun haqidagi topishmoqlarini topishadi.
Topishmoqlar
1. Ikki yo‘rg‘a yiroqda,
Biri kunda, biri tunda.
(Quyosh va oy).
2. YOpilsa ochilmaydi,
Ochilsa yopilmaydi,
Nusxasi topilmaydi.
(Kun va tun).
3. Oltin kelsa, kumush ketar,
Kumush kelsa, oltin ketar.
(Quyosh va oy).
4. Har kun erga tushadi
Ikkita sara parda
Ikki rangda ikkovi
Oq parda, qora parda
Tushganda qora parda
Oq parda berkinadi
Oqi tushsa agarda
Qorasi chekinadi (Kun va Tun).
Do'stlaringiz bilan baham: |