Ishlanmalari
Download 0.79 Mb.
|
O‘RTA GURUH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt haqida tasavvur
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda berilgan yo‘nalishda oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Bolalarda topshiriqlarga tushungan holda harakat qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Kerakli jihozlar: Ko‘rgazmali rasmlar. Tayoqchalar 60 smli. Faoliyatning borishi: Guruh xonasining o‘rtasiga tayoqchalardan 29-rasm asosida shakl yasaladi. Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar mana bu katakchalarning o‘rtasiga laylak kirib olibdi. Uning juda qorni och ekan. Kelinglar, mana bu donlardan unga berib qornini to‘yg‘izamiz. Laylakning oldiga katakchalarni buzmasdan, men aytgan yo‘nalishda borasizlar. Qani kim birinchi laylakning oldiga bormoqchi? 1-bolaga: 1-katakka tur 1 katak oldinga yur. 2 katak chapga yur. 1 katak o‘ngga yur. 2 katak chapga yur. 2-bolaga: 2-katakda tur. 1 katak oldinga yur. 1 katak o‘ngga yur. 1 katak oldinga yur. 1 katak chapga yur. 3-bolaga: 4-katakda tur. 1 katak o‘ngga yur. 1 katak chapga yur. 1 katak chapga yur. 1 katak oldinga yur . 29-rasm. Bolalarning har biri tarbiyachi aytgan yo‘nalishda harakat qilib laylakni ovqatlantiradi. Tarbiyachi: Laylakning qorni to‘ydi. Endi unga uycha kerak. Kelinglar, laylakga uycha quramiz. Laylak uchun qurilish materiallaridan uycha qurish. Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Laylak uyda”. Bolalar laylak bilan “Laylak uyda” nomli harakatli o‘yinni o‘ynaydilar. Laylak, laylak, Qanoting qoq, Kel buyoqqa. Qurdik uycha Katta ancha. Emish etarlicha, YAshaysan kuzgacha. O‘ng tomonga bunday uch, CHap tomonga bunday uch. Tarbiyachi: Laylagimiz mazza qilib o‘ynadi. Endi u uxlamoqchi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: (Ma’lum joylarga o‘yinchoqlarni qo‘yib chiqish va shular asosida savollar tuzish). 1. O‘ngga 2 qadam yurib chapga burilsangiz qaysi o‘yinchoqni topasiz? 2. Oldinga bir qadam, chapga bir qadam, o‘ngga bir qadam qo‘ysangiz koptokni olasizmi? YUrib ko‘ringchi. 3. O‘ngga ikki qadam, oldinga bir qadam qo‘ysangiz, qaysi o‘yinchoqni topasiz? YUrib ko‘ringchi. 5. O‘ng tomonigizda qaysi o‘rtog‘ingiz o‘tiribdi? 6. CHap tomonigizda qaysi o‘rtog‘ingiz o‘tiribdi? 7. Aytilgan yo‘nalishda harakat qilish sizga qiyin bo‘lmadimi? Faoliyat yakunida bolalarni shirin so‘zlar bilan rag‘batlantirish. Vaqt haqida tasavvurMavzu: Ertalab, kunduzi, kechqurun haqida tushuncha berishMaqsad: Bolalarning kun qismlari haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash. Bolalarga “ertalab”, “kunduzi”, “kechqurun” so‘zlarini, vaqtni to‘g‘ri belgilab gapirishni o‘rgatish. Kutilayotgan natijalar: Bolalar kun qismlarini farqlashni o‘rganadilar. Bolalar nutqda “ertalab”, “kunduzi”, “kechqurun” so‘zlarini, vaqtni to‘g‘ri belgilab gapirishni o‘rganadilar. Kerakli jihozlar: Kun qismlarini belgilash uchun dinamik model. Kun qismlarini belgilash uchun 3 xil rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qog‘oz-och havo rang -ertalab, sariq ranglisi -kunduzi, ko‘k rangdagi -kechqurun. Faoliyatning borishi: (Kuzatish ishlari sayrda olib boriladi) Tarbiyachi ertalab bolalarni qabul qilish vaqtida hovlida ular diqqatini quyoshning osmondagi joylashuviga qaratadi. Tarbiyachi: Bolajonlar, quyosh nurlaridan saqlovchi ko‘zoynakni ko‘zingizga taqing va osmondagi quyoshga qarang, u qaerda joylashgan? (Bolalarning javobi). Tarbiyachi: Siz ertalab turib nima ishlar qilasiz? Bolalarning taxminiy javoblari: ertalab turamiz, yuz qo‘limizni yuvamiz, o‘rnimizni tuzatamiz va bog‘chamizga kelamiz. Tarbiyachi: Quyosh ham uyqudan uyg‘onadi, faqat sizlarga qaraganda bir muncha ertaroq. Hozir esa u sekin-asta balandga ko‘tarilmoqda. Kunning shu vaqti nima deb nomlanar ekan? -Ertalab. Bolalar uchun amaliy ish. -Keling, birgalikda qumga uyg‘onayotgan quyoshning rasmini chizamiz. Hozir uning ko‘zlari qanday? -To‘liq ochiq emas. -Nurlarichi, uzunmi yoki qisqami? Nima uchun? Oldingizda 3 xil rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shakllari turibdi. SHulardan qaysi biri ertalabga to‘g‘ri keladi, to‘g‘ri to‘rtburchak shakllaridan birini tanlang (och havo rang to‘g‘ri to‘rtburchak). -Quyosh hozirgina uyg‘ongani uchun ham hamma yoqni isitib ulgurganicha yo‘q. Qumni qo‘lingizga oling, u issiqmi yoki sovuq? Dinamik modelga hali yaxshi uyg‘onmagan quyosh rasmi qistirib qo‘yiladi. Kunduzgi sayr. Quyoshni kuzatishni davom etamiz. Uning yangi holatini oldingi holati bilan taqqoslaymiz. Tarbiyachi:-Hozirgi quyosh ertalabki quyoshdan nimasi bilan farq qiladi? Bolalarning javobi: U ertalabkidan ko‘proq yorug‘lik sochayapti. Bolalar kunduzga mos rang, ya’ni sariq rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini ko‘rsatishadi. Tarbiyachi: Qumni qo‘lingizga oling. Nima uchun u issiq bo‘lib qoldi? Bolalar javobi: Quyosh nurlari atrofimizdagi barcha narsalarni qizdiradi, shuning uchun yozda biz albatta boshimizga qalpog‘imizni kiyib yurishimiz kerak. Bolalar uchun amaliy ish. Tarbiyachi: Qumda quyosh rasmini butkul uyg‘ongan qilib chizamiz. U endi uyg‘ongan, bizga kulib boqyapti. Quyosh balandda va juda qizdirayotgan vaqt-kunduz deyiladi. Modelga quyoshni butkul uyg‘ongan rasmini joylashtiramiz. Kechki sayr. Tarbiyachi: Quyosh yana pastga tushdi, uning rangi bir oz o‘zgargan, uning nurlari endi atrofni qizdirmayapti (bolalar kechqurunga mos to‘q ko‘k rang to‘g‘ri to‘rtburchakni olishadi). YOrug‘lik borgan sari kamaymoqda. Qum soviy boshladi. Kech kiryapti. Bolalar uchun amaliy ish. Qumga kechqurungi quyosh rasmini chizamiz. Dinamik modelga quyoshning charchagan, ko‘zi yumuq tasviri qistirib qo‘yiladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Quyosh qachon chiqadi? 2. Kunning qaysi vaqtida quyosh atrofni juda qizdiradi? 3. Quyosh qachon botadi? 4. Qachon uyqudan uyg‘onamiz? 5. Qachon bog‘chaga kelamiz? 6. Qachon bog‘chadan uyimizga qaytamiz? Dinamik model
Faoliyat yakunida kun davomida olingan bilimlar umumlashtiriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling