Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kecha bog‘chaga kimlar kelgan edi? Qo‘lini ko‘tarsin-chi. Bolalar, kecha men ertalab bog‘chaga keldim. Keyin sizlar keldingiz. Men sizlarni kutib oldim. Keyin biz rasm chizdik. Qani, bolalar, eslab ko‘ringlarchi kecha nimaning rasmini chizgan edik? To‘g‘ri .....
Bolalar bu voqealar kecha bo‘lgan edi. Kechagi kunimiz o‘tib ketdi. Kecha kechki payt quyosh o‘z uyiga kirib ketganidan so‘ng, qorong‘u tushdi. Osmonga oy chiqdi.
35-rasm.
Qorong‘u tushganidan so‘ng uyquga ketdik va uyg‘onsak yorug‘ bo‘lib, quyosh chiqib, bugungi kunimiz ham boshlandi. Bugun ertalabdan buyon qancha ishlarni qildik. Bugun siz bog‘chadan uyga borganingizdan so‘ng, quyosh botib, bugungi kun tugaganligini bildiradi. Bugun kechasi uxlashga yotamiz va uyg‘onib qarasak, ertangi kun boshlanadi.
Ertaga men sizlarga qo‘g‘irchoq teatri ko‘rsatib beraman.
Tarbiyachi bolalarga ertaga qilinadigan ishlarni aytib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |