Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi qutichadan tayoqchalarni olib 4 ta barmoq sig‘adigan yo‘lakcha yasashni taklif qiladi. Keyin 3 ta barmog‘i, keyin 2 ta barmog‘i va 1 ta barmog‘i sig‘adigan yo‘lakchalar yasashni taklif qiladi. Bolalar barmoqchalarini yo‘lakchalarda yurgizib ko‘rib, yo‘lakchalarning keng yoki torligini aytib beradilar.
Endi bolalar, Lolaxon uchun mana bu rangli qog‘ozlar yordamida yo‘l yasab beramiz.
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yin: “Keng- tor”
O‘yin mazmuni:
1-shart. Bolalar doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi bolalarga qo‘llarini yuqoriga qilib uzatib turishlarini aytadi. Tarbiyachi “Keng” deganda qo‘llarining orasini keng yoyishlari, “Tor” deganda qo‘llari orasini tor holatda tutib turishlari kerak. Bu holat 4-5 marotaba takrorlanadi.
2-shart. Bolalar yana doira holatida turadilar, qo‘llar yonda oyoqlar juftlashgan holatda tarbiyachi “Keng” deganda oyoqlarni keng holatda, “Tor” deganda oyoqlarni tor holatda qo‘yishlarini aytadi.
O‘yin bolalar zerikkunga qadar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |