Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet94/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Kutilayotgan natijalar:

Bolalar eng keng, torroq, yana torroq va eng tor tushunchalari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

Predmetlarni qiyoslashga o‘rganadilar.

Bolalarda matematikaga qiziqish kuchayadi.
Kerakli jihozlar:

Qo‘g‘irchoqqa 4 xil kenglikda ko‘ylak.

Lentalar, tayoqchalar.

Turli xil kenglikdagi rangli qog‘ozlar.
Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, avvalgi Faoliyatimizda men sizlarga qo‘g‘irchog‘imiz Lolaxonga ko‘ylak tikib bermoqchi ekanligimni aytgan edim. Mana men bugun shu ko‘ylakchalarni tikib olib keldim. Hozir shu ko‘ylakchalarni qo‘g‘irchoqqa kiydirib ko‘ramiz. Bu ko‘ylakchalar soni 4 ta ularning kattaligi ham 4 xil.

Tarbiyachi avvalo eng keng ko‘ylakni qo‘g‘irchoqqa kiygizib ko‘radi. Bolalarning e’tiborini ko‘ylakning kengligiga jalb qiladi. Oxirida eng tor ko‘ylakni kiydiradi. Bolalarga ularning farqini tushuntiradi.

Bolalar, qo‘g‘irchog‘imiz yangi ko‘ylaklarni kiygani uchun juda xursand, uni do‘stlariga ko‘rsatish maqsadida o‘yingohga bormoqchi. O‘yingohga olib boradigan yo‘l 4 ta. Bu yo‘llarning qaysi biridan yursa ekan-a? Mana bu yo‘l eng tor, bu yo‘l torroq, mana bu yo‘l esa eng keng yo‘l ekan. Lolaxon mana shu eng keng yo‘ldan bormoqchi. “Xayr bolalar” qo‘g‘irchoq xayrlashadi.

Bolalar, keng-torni tushunib oldingizmi? Qani, sinab ko‘ramiz!

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling