Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, men sizga oq hamda rangli qog‘ozlar, elim tayyorlab qo‘yganman. Siz ulardan quyoncha shaklini yasaysiz (oval, doira va uchburchak shakllari).
Avval qog‘ozning yuqori qismiga doira shakli yopishtiriladi. Doira shaklining pastiga oval shakli yopishtiriladi. Doira shakli quyonning bosh qismi, oval shakli quyonning gavda qismi. Endi quyonning quloqlarini, oyoqlarini, qo‘llarini yopishtiramiz. Mana quyonimizni ham yasab bo‘ldik. Endi hammamiz ishimizni ko‘rib chiqamiz. Bolalar qilgan ishlari haqida gapirib beradilar.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |