Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Qaysi ko‘cha keng: mashina yuradigan ko‘chami yoki odamlar
yuradigan ko‘chami?
2. Mening ko‘ylagim keng-mi?
3. Azizaning ko‘ylagi tor-mi?
4. Guruhlarning maydonchalariga olib boruvchi yo‘lkachalar qanday?
5. “Keng” va “Tor” so‘zlari ishlatilgan O‘zbek xalq maqolini eslang.
Faoliyat yakunida barcha bolalar rag‘batlantiriladi.
Geometrik shakllar
Mavzu: Doira va ovalni farqlashni o‘rgatish
Maqsad:
Bolalarda doira va oval shaklini farqlay olish ko‘nikmasini hosil qilish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar doira va oval shaklini farqlashni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira va oval shakllari.
Oq qog‘oz va qalam.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi ekranga geometrik shakllar: doira, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak shakllarini qo‘yadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar shakllarning nomini aytib beringlarchi?
Tarbiyachi: Bolajonlar, hammangizning oldingizda geometrik shakllar turibdi, shularning orasidan doira shaklini topinglar, bu shakl boshqa shakllardan nimasi bilan farq qiladi? Bolalar, doira shakli haqidagi tushunchalarini ifodalab beradilar. Bolalar doira atrofini qo‘llari bilan aylantirib, doirani aylantirib (dumalatib) ko‘radilar.
Tarbiyachi ekranga har xil rang va o‘lchamdagi 2 ta doira va 2 ta oval shaklini joylashtiradi.
Tarbiyachi: Mana bu shaklga qaranglar-chi bu erda nechta shakl bor bu erda doiraga o‘xshash yana bir shakl turibdi. Mana oval shaklida ham birorta burchak yo‘q. Lekin dumalashi qiyinroq.
Tarbiyachi: oval atrofini ham barmoqlari bilan aylantirib silliq ekanligini ko‘rsatadi. Doira shakli bilan oval shaklini ustma-ust qo‘yib, ularning farqini ko‘rsatib tushuntiradi. Oval shakliga o‘xshash buyumlarni misol keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |