Fazoviy tasavvur
Mavzu: Geometrik shakllarni fazoviy joylashishini aniqlash va belgilashga o‘rgatish
Maqsad:
Bolalarning geometrik shakllarning fazoviy joylashuvi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar geometrik shakllarni fazoviy joylashuvini aniqlashni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Ip yoki tasma (turli uzunlikda). Tayoqchalar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz yil davomida qanday geometrik shakllarning tuzilishini o‘rgandik? Buyumlar shaklini yoki kartondan qirqilgan shaklni ko‘rib bemalol taniy olasizlarmi? Bolalar endi barmoqlarimning uchiga qaranglar (tarbiyachi barmoqlarini uchburchak ko‘rinishida 3 joyga qo‘yadi). Barmoq uchlaridan bir-biriga chiziq yurgizsak qaysi shakl paydo bo‘ladi? To‘g‘ri, uchburchak shakli hosil bo‘ladi. Hozir men ip bilan aniqlayman. (Tarbiyachi barmoq uchlari bo‘ylab ip tortib uchburchak shaklini hosil qilib ko‘rsatadi).
Mening oldimga bir bola kelsin.
Bitta qo‘lingdagi 2 ta barmoq uchlarini ikki joyga qo‘y, ikkinchi qo‘lingdagi 2 ta barmoq uchlarini qarama-qarshi tomonga joylashtir.
Bolalar, yaxshilab e’tibor beringlar. Men endi bu barmoq uchlaridan ip tortib chiqaman. Bu qanday shaklga o‘xshadi. Mana bolalar fazoda shaklning joylashuvini aniqlashni va belgilashni bilib oldinggizmi? Buni tevarak-atrofdagi biror narsa bilan yana biror narsaning oralig‘ini chamalab ham geometrik shaklni aniqlash mumkin. Masalan, 1-shkaf bilan 2-shkaf oraligiga e’tibor berib qaranglar. Bu oraliqda qaysi shaklni tasavvur qilmoqdasizlar? To‘g‘ri, to‘rtburchak shaklini.
Do'stlaringiz bilan baham: |