Ishlanmalari
Download 0.79 Mb.
|
O‘RTA GURUH
Faoliyatning borishi:Tarbiyachi: Bolalar, o‘rmonda bo‘ri, tulki va quyon yashar ekan. Tulki juda ayyor, bo‘ri jahldor va ochko‘z, quyon esa aqlli, lekin qo‘rqoq ekan. Bir kuni bo‘ri quyonni emoqchi bo‘libdi-da, tulki bilan maslahatlashibdi. -Tulkivoy, quyonni juda egim kelyapti, biror bahona o‘ylab topgin, -debdi. Tulki o‘ylab-o‘ylab, “Kel, Bo‘rivoy, quyonga velosiped minish bo‘yicha musobaqa o‘ynaylik, deymiz, Quyonvoy musabaqada yutqizib qo‘ysa, uni eyaverasan”-debdi. Ular quyon bilan maslahatlashib, musobaqa o‘ynashga kelishib olishibdi. Uchta velosied turgan ekan. Ularning g‘ildiraklari har xil, ya’ni birining g‘ildiraklari uchburchak shaklida, birining g‘ildiragi kvadrat shaklida, yana biriniki doira shaklida ekan. Bo‘ri kvadrat shaklidagi, tulki uchburchak shaklidagi g‘ildirakli velosipedni tanlabdi. Quyon aqllilik qilib doira shaklidagi g‘ildirakli velosipedni tanlabdi. Qani bolalar, marraga kim birinchi bo‘lib etib kelar ekan? To‘g‘ri, bolajonlar, marraga birinchi bo‘lib quyon etib kelibdi va bo‘ri bilan tulkini engibdi. Buning sababi nimada ekan-a? Bolalar, sizlar nima deb o‘ylaysizlar? Avval uchburchak shaklini hammamiz qo‘limizga olib stol ustida aylantirib ko‘ramiz. Bolalar, uchburchak yaxshi aylanar ekanmi? Yo‘q, yaxshi aylanmas ekan. Endi kvadratni aylantirib ko‘ramiz. Kvadrat yaxshi aylanar ekanmi? YAxshi aylanmas ekan. Doirani aylantirib ko‘ramiz. Doira juda yaxshi aylanar ekan, bunga sabab uning aylanishiga to‘siq bo‘ladigan burchaklari yo‘qligidir.
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling