Bolalar uchun amaliy ish.
Hozir barchamiz oldimizdagi oq qog‘ozga doira, kvadrat, uchburchak shakllari, elim va cho‘plar yordamida mashina shaklini hosil qilamiz.
Hamma mashinani yasab bo‘ldimi? Endi o‘rningizdan turib mashq bajarishga tayyorlaning.
1. Barmoqlarimizni jim-jima qilamiz (5 marta).
2. Suvda suzish harakatini qilamiz (4 marta).
3. Qo‘l bilan belni ushlab, belimizni aylanma harakat qildiramiz
(3 marta).
4. Qo‘limiz bilan tizzamizni ushlab, tizzamizni aylanma harakat qildiramiz (2 marta).
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Topgan topaloq”.
Bolajonlar, kelinglar, endi “Topgan topaloq” o‘yinini o‘ynaymiz. Bolajonlar, hozir men sizlarga jumboqli she’r aytaman. Topganlar mana bu yulduzli medalon bilan mukofotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |