Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarning har biriga qalin karton qog‘oz va yupqa qog‘ozdan uchburchak, doira, kvadrat shakllari beriladi.
Bolajonlar, qalin qog‘ozni olib yuqoriga ko‘taringlar. Endi yupqa qog‘ozlarni yuqoriga ko‘taringlar.
Bolalar, oldimizdagi qalin karton qog‘ozga uchburchak, kvadrat, doira shakllari yordamida uycha shaklini yasaymiz. Bolalar, biz ishlatayotgan uchburchak, doira va kvadrat shakllarining qog‘ozi yupqami, qalinmi? (Bolalar yasagan uychalar «Bolalar ijodidan» tasviriy faoliyat burchagiga ilib qo‘yiladi).
Bolajonlar, hozir sizlar bilan “Qalin- yupqa” o‘yinini o‘ynaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |