Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Qaysi daraxtning bargi oval shakliga o‘xshaydi?
Qaysi uy hayvonlarining qulog‘i oval shakliga o‘xshaydi?
Xonamizda oval shaklidagi jihozlar bormi?
Oval shakli bilan doira shaklining o‘xshash jihatlari bormi?
Tuxum qaysi shaklga o‘xshaydi?
Faoliyat yakunida barcha bolalar shirin so‘zlar bilan rag‘batlantiriladi.
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Uzoq-yaqin, yaqinroq, uzoqroq to‘g‘risida tushuncha hosil qilish
Maqsad:
Bolalarga narsalarning o‘ziga nisbatan fazoviy joylashuvi haqida tushuncha berish va tasavvurlarini kengaytirish.
“Uzoq-yaqin”, “yaqinroq”, “uzoqroq” so‘zlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olishga o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar o‘ziga nisbatan fazoviy joylashuvni aniqlash malakasini egallaydilar.
Bolalar nutqda “uzoq-yaqin”, “yaqinroq”, “uzoqroq” so‘zlarini to‘g‘ri gapirishni o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |