Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, doira shaklida turib oling. Endi lenta yordamida doirani teng 2 ga bo’lamiz. Buning uchun ikki tomondagi ikkita bola ipni ushlaydi. Doiramiz teng 2 ga bo’lindi. Doirani 4 ta teng qismga ham bo’lishimiz mumkin. Buning uchun ikki tomondagi yana ikkita bola lentani ushlaydi. Mana doiramiz lentalar yordamida 4 ta teng qismga bo’lindi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Mozaika”.
Qushlar, hasharotlar, gullar, hayvonlar, idishlarning rasmlari tasvirlangan katta va kichik to’rtburchak shakllarini 4 qismga bo’lish.
Bolalar shakldagi tasvirni va shaklning qismlarini to’g’ri topgan holda birlashtiradilar.
O’yinni musobaqa shaklida olib borib yanada qiziqarli qilish mumkin.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Shakllarda surat tasvirlangan bo’lsa yig’ish osonmi yoki suratsiz
bo’lsami?
2. Katta shaklning 1 qismi kattami yoki kichik shaklning 1 qismimi?
3. Katta shaklning 1 qismi kichikmi yoki kichik shaklniki?
4. Bir xil rangdagi shakllarni yig’ish osonmi yoki har xil
rangdagilarinimi?
5. Mozaika o’yini yoqdimi? Nimasi bilan yoqdi (yoqmadi)?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha harakat qila olishga, o’z vaziyatini berilgan shart bo’yicha aniqlashga o’rgatishni davom ettirish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda o’ng, chap, oldinga, orqaga harakat qilish ko’nikmasi mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar:
Xaritalar (o’lchami bo’yi 12 sm, eni 20 sm).
Buratino (yoki boshqa ertak qahramoni).
Turli shakldagi bayroqchalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |