Ishlashning samarali usullari
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosaga keldik
Download 43.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Sharipova Navro’za
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosaga keldik:
1.Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga qo‘yiladigan baho uning shaxsi shakllanishiga ta’sir qiladi. 2. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchining kichik muvaffaqqiyatini ham hammaning oldida maqtash, ozgina yuqori baholash, uni yangi muvaffaqqiyatlarga undaydi. 3. Ko‘pchilik o‘qituvchilar bo‘sh o‘zlashtirishning vujudga kelishida ko‘proq ota – ona aybdor deb o‘ylashadi. Albatta bu omil xam ta’sir qiladi. Oilada otaning o’rni kattadir. 4. Bosh o‘zlashtirish o‘quvchilar o‘zlashtirishning vujudga kelishi o’quvchining psixik jarayonlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. 5. Bo‘sh o‘zlashtirish o‘quvchilar narsa va hodisalar orasidagi muhim belgini ajratish, predmetlarni, bir umumiy guruhga umumlashtirishga qiynalishadi. 6. Bo‘sh o‘zlashtirish o‘quvchilarda diqqat, xotira, tafakkur qiyin rivojlangan bo‘lib, bunday o‘quvchilar individual shug‘ullanishga ehtiyoj sezadilar. 7. Bo‘sh o‘zlashtirishni keltirib chiqaruvchi omillardan yana biri o’quvchining maktabda o‘qishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lmay kelishidir. 8. Bo‘sh o‘zlashtirish o‘quvchilarda ijobiy o‘quv motivatsiyasi shakllanmagan. Ma’lumki, psixologik jixatdan tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismi motivatsion tayyorgarlikdir. Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 « Научный импульс» Мая, 2023 1209 9. Maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni bilim jarayonlarini rivojlantirish orqali bo‘sh o‘zlashtirishni bartaraf etish mumkin. 10. Bo‘sh o‘zlashtirishni bartaraf etishda o‘quvchi, psixolog va ota – onalar hamkorlikda ish olib borishlari muhim omil hisoblanadi. 11.Uy ta’limida o’qigan o’quvchilar uchun maxsus platformalar yaratish va tizimga soddalashtirilgan elektron ta’lim resurslarini qo’llash lozim. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchilarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o‘quvchilarning bilimlarini mavzuni yaxshi egallashlariga erishiladi. Download 43.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling