Ishlatilishi • Reja : To‘yinmagan uglevodorodlarga ta’rif


Download 44.26 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2023
Hajmi44.26 Kb.
#1797006
1   2
Bog'liq
Isakova Gulkamar kimyo o\'qitish metodikasi

4. CH3-C= C- CH3

  • CH3 –CH =CH –CH3



|

|
  • CH2=CH- CH – CH2-CH2
  • |

CH3

C2H5




CH3

CH3

CH3
  • |

|
  • CH2= CH – C – CH3
  • |

5.

CH2 =CH – C - CH3
|
  • CH3

C2H5

Olinish usullari. 1. Laboratoriya sharoitida etilen etil spirtidan olinadi. Buning uchun etil spirti suvni tortib oluvchi moddalar ( kontsentrlangan sulfat kislotasi , fosfor (V)- oksidi va x.k. ) bilan qizdiriladi. Temperatura 140 oC dan katta bo‘lishi kerak.
C2H5OH + ( konts. H2SO4 ) → CH2=CH2 + H2O
2.Monogalogen tutgan alkanlar ishqorning spirtdagi kontsentrlangan eritmasi bilan birga qizdirish orqali olinadi.
CH3-CH2Br + KOH → CH2=CH2 + KBr + H2O
  • Sanoatda olish . Etilen va uning gomologlari neftni krekinglash gazlaridan olinadi. To‘yingan uglevodorodlarni nikel katalizatori ustida degidrogenlashdan iborat.
  • CH3 –CH3 → CH2=CH2 + H2 (Ni)
  • CH3-CH2-CH3 → CH3-CH=CH2 + H2 (Ni)
  • Fizik xossalari . Alkenlar gomologlari dastlabki uch vakili (C2 - C4 ) gaz, C5 – C17 gacha suyuqlik, C18 va undan yuqorisi qattiq moddalar. Gomolog qatorning birinchi vakili etilen gaz , havodan yengil, suvda kam eriydi. Alkenlarning tsis izomeri trans izomeriga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi. Yuqori molekulyar massali alkenlar suvda erimaydi, organik erituvchilarda ( metil spirtidan tashqari ) yaxshi eriydi.
  • Kimyoviy xossalari. Alkenlarda qo‘sh bog’ borligi uchun to‘yingan uglevodorodlarga nisbatan oson reaktsiyana kirishadi. Alkenlarda π – bog’ beqaror, oson uziladi.Shuning uchun alkenlarga quyidagi reaktsiyalarga kirishadi. :
  • I. Birikish
  • II. Oksidlanish
  • III. Polimerlanish
  • . Birikish reaktsiyasi. 1.Vodorodning birikishi ( gidrogenlanish). Alkenga katalizator ( nikel,palladiy, platina) ishtirokida vodorod biriktiriladi. Alken alkanga aylanadi. Umumiy holda quyidagicha yozish mumkin.
  • CnH2n + H2 →CnH2n+2
  • C2H4 + H2 → C2H6
  • 2. Galogenlarning birikishi ( F2 ,CI2, Br2, J2 ). Alkenlar galogenlar bilan tahsirlashganda vitsinal digalogenli xosilalar olinadi. Alkenlarni aniqlashning sifat reaktsiyasi bromli suvning qizil rangining rangsizlanishidir. CH2 = CH2 + CI2 →CH2CI –CH2CI (1,2-dixloretаn )
  • CH2 = CH2 + Br2 →CH2Br –CH2Br (1,2–dibrometаn )
  • Etilen qatori uglevodorodlariga galoid vodorodlarni biriktirish.
  • CH2=CH2 + HCI → CH3- CH2CI
  • CH3 –CH=CH2 + HBr → CH3-CHBr –CH3 (90 %)
  • CH3 –CH=CH2 + HBr → CH3-CH2-CH2Br ( 10 %)
  • Markovnikov qoidasiga binoan birikish sodir bo‘ladi. Vodorod atomi ko‘p gidrogenlangan, galogen atomi esa kam gidrogenlangan uglerod atomiga birikadi.
  • 4. Suvning birikishi. Alkenlarga suvning birikishi gidratlanish

  • deyiladi. Suvning birikishi H2SO4 ishtirokida sodir bo‘ladi.
  • CH2 =CH2 + HOH → CH3-CH2OH
  • II. Oksidlanish reaktsiyasi.
  • a) Alkenlar yonadi . Yonish mahsulotlarida CO2 va H2O hosil bo’ladi.
  • CnH2n + 1,5n O2 →nCO2 + nH2O
  • C2H4 + 3 O2 → 2CO2 +2 H2O
  • b). Alkenlar kaliy permanganat bilan ishqoriy va neytral muhitda

  • reaktsiyaga kirishadi . Eritmaning pushti ranggi rangsiz eritmaga o‘tadi. Reaktsiya maxsulotida ikki atomli spirtlar - glikollar hosil bo‘ladi.
  • CH2=CH2 + KMnO4 + H2O → CH2OH-CH2OH + MnO2 + KOH
  • v) Alkenlar 250 oC da kumush katalizator ishtirokida oksidlanganada organik oksidlar (epoksidlar ) hosil bo‘ladi.
  • 2CH2 =CH2 + O2 → CH2 – CH2
  • O
  • III. Polimerlanish reaktsiyasi .
  • Tarkibida qo‘sh bog’ tutgan moddalar ( monomerlar ) o‘zaro birikib yuqori molekulyar massali birikmalarning hosil bo’lishiga polimerlanish deyiladi. Reaktsiya mahsulotlarini polimerlar deyiladi. Ularning nomi “poli “ so’zini qshish bilan nomlanadi. Masalan polietilen, polipropilen, polistirol va x.k.
  • nCH2=CH2→ -CH2-CH2-CH2-CH2- → [ - CH2 –CH2 -]n n – monomer soni
  • Ishlatilishi . Etilen asosida etil spirti va polietilen olinadi. Etilen issiq xona havosiga ozgina qo‘shilganda mevalarning ( pomidor, sitruz mevalar va x.k.) yetilishi tezlashadi. Polivinil xlorid yonmaydi, oson bo‘yaladi va reagent ta’siriga chidamli. Undan olingan plastmassalardan klyonkalar, plashlar, poliefirlar, sunhiy teri tayyorlanadi. Sim va kabellarni izolyatsiya qilish uchun ishlatiladi. Teflon [-CF2 –CF2-] tetraftoretilenning polimerlanishi mahsulotidir. Politetraftoretilen inert organik modda. Sovuqqa va issiqqa chidamli modda. Polimerlardan qovurlar, idishlar, buyumlar tayyorlanadi. Alkenlardan sintetik kauchuk divinil olinadi. Organik erituvchilar 1.2- dixloretan olinadi.

Эътиборингиз учун рахмат



Download 44.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling