1. Elektron pochta oching va xat yuboring.
2. Internetdan topilgan mavzuga oid saytlar ro‘yxatini e-mail orqali yuboring.
3. Topilgan ma’lumotlardan birontasini xatga ilova qilib (qo‘shib) yuboring.
4. Maxsus elеktron pochta dasturlaridan birortasini ishlatib ko‘rsating.
Internetda elektron pochtadan foydalanish uchun, avvalo, pochta xizmati ko‘rsatuvchi
serverlarning birortasidan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Bular: www.ramler.ru, www.mail.ru,
www.yandex.ru, www.yahoo.com, www.pochta.ru, www.mail.uz va boshqa elektron pochta
xizmati ko‘rsatuvchi saytlar. Misol uchun: www.mail.ru sayti orqali elektron pochta ochmoqchi
bo‘lsak quyidagilar bajariladi.
1. Internet Explorer dasturi, brouvzeri ishga tushiriladi.
2. Brouvzerning Адрес: oynasiga www.mail.ru yoziladi va [Enter] tugmasi bosiladi.
3. Sahifa ochilgach, o‘ng tomonidagi Почта bo‘limidan Регистрация в почте bandi bosiladi.
4. Elektron pochtani ro‘yxatdan o‘tkazishning umumiy ko‘rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: