1) КОМУ maydoniga biz yuborayotgan tegishli shaxsning (xat yuboriladigan) elektron
pochta manzili kiritiladi.
2) КОПИЯ maydoniga xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham jo‘natilishi
zarur bo‘lganda, yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari kiritiladi (manzillar
vergul bilan bir-biridan ajratiladi).
3) СКРЫТАЯ maydoniga yuborilgan manzillarning yashirin ko‘rinishi.
4) ТЕМА maydonida yozilayotgan xat mavzusi (sarlavhasi) ko‘rsatiladi. Mavzu
kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi.
5) Keyingi katta darcha(oyna)ga yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib
bo‘lgandan keyin OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi. Natijada ekranda xat jo‘natilganligi
haqidagi xabar paydo bo‘ladi.
Agar birorta faylni qo‘shib yubormoqchi bo‘lsak, Прикипление belgisining oldidagi
[обзор...] tugmasini bosamiz. Bizdan faylning qayerda turganligini so‘raydi, faylni joyini
ko‘rsatgandan so‘ng, oynada shu fayl turgan joyni ko‘rsatuvchi yozuv hosil bo‘ladi. Bir necha
faylni qo‘shib yuborish uchun esa Прикипление tugmasini bosib yuqoridagi ketma-ketlik
bajariladi, unda ikkinchi fayl qo‘shilganligini bildiruvchi yozuv chiqadi (uchinchi va hokazo o‘nta
fayl ham shu tartibda qo‘shiladi) va nihoyat OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi.
Bizga kelib tushgan xat mazmuni (bizga kelgan xatlar) bilan tanishish uchun Bходящие bo‘limiga
kiramiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: