Amaliy topshiriq
1. Biron disk yoki papkaga ruxsat (доступ) o‘rnating.
2. Boshqa kompyuterda turib, ruxsat (доступ) o‘rnatilgan papkangizga kirib ko‘ring.
3. O‘z papkangizga lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterdan ma’lumot ko‘chiring (Lokal
tarmoqda axborot almashinishdan foydalaning).
Elektron pochta xizmatidan foydalanish
Ishning maqsadi: Talabalarga o‘zi uchun elеktron pochta ochish, xatni yozish va jo‘natish
usullarini o‘rgatish.
Masalaning qo‘yilishi: bеrilgan topshiriqlarga yozma javob yozing va amaliy bajaring.
Topshiriqlar:
1. Pochta sеrvеrlarining qanday turlarini va eng ommabop sеrvеrlarni bilasiz?
2. Elеktron pochta ochish (rеgistratsiyadan o‘tkazish) kеtma-kеtligini tushuntiring?
3. Elеktron pochta ochishda qaysi bandlarni albatta to‘ldirish shart?
4. Elеktron pochtada odatda qaysi bo’lim va papkalar mavjud bo‘ladi?
5. Bizga kelgan xatlarni qanday o‘qishimiz mumkin, tartibini ayting?
6. Kimgadir xat yuborish uchun nimani bilish yetarli?
7. Elektron pochtadan xat yozishda qaysi bo‘limga kiriladi va oynalar to‘ldiriladi?
8. Elektron pochtadan biror faylni (ma’lumotni ilova qilgan holda) xatga qo‘shib yuborish
ketma-ketligini keltiring?
9. Elektron pochtangiz parolini unutsangiz, uni qanday tiklaysiz? Parolni o‘zgartirish uchun
qaysi bo‘limga kiriladi?
10. Elektron pochta bilan ishlashga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan qaysilarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |