Undan kerakli xatni yoki ixtiyoriy birorta xatni o‘qimoqchi bo‘lsak, uning ustiga
sichqonchani olib borib, chap tugmasini bosganimizda, ekranda kelgan xatning to‘liq matni hosil
bo‘ladi. Yangi kelgan xatlar yoki o‘qilmagan xatlar quyuqroq (qalin) rang bilan alohida ajralib
turadi. Matn bilan tanishib chiqqach, lozim bo‘lsa, xatga javob yo‘llashimiz ham mumkin.
HTML tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglar
Ishning maqsadi:
a) Talabalarga web-dizayn asoslari haqida ma’lumot berish.
b) Talabalarda HTML tili bo‘yicha tushuncha hosil qilish, unda dastur tuzish ko‘nikmasini
shakllantirish, amaliy web-sahifalar yaratish malakasini oshirish.
Masalaning qo‘yilishi: Quyida bеrilgan topshiriqlarga yozma javob yozing va amaliy
bajaring.
Topshiriqlar:
1. Web dizayn asoslari. HTML tili haqida umumiy ma’lumot?
2. HTML tilida fayl hosil qilish.
3. HTML tilida bosh va asosiy tana, dasturning asosiy shabloni?
4. Matn sarlavhasi, abzatslar, fizik stillar, shrift stili hosil qilish.
5. HTML da matnlarni harakatlantirish.
6. HTML tilida rasmlar o‘rnatish.
7. HTML tilida jadvallar yaratish.
8. HTML da gipermurojaatlar hosil qilish.
9. Web-sahifa yaratishda Freymlardan foydalanish.
10. Web-sahifada Formalar hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |