Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet22/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

2.2. Halqa


She’riyatimizda ko‘p qo‘llanadigan badiiy takrorlardan biri halqa takroridir. Bu takrorda she’rning boshida kelgan misra yoki band she’rning oxirida takrorlanadi va matnda halqa hosil qiladi. Uning nomlanishi ham shundan kelib chiqqan.
Yo.Is’hoqov bu san’atning o‘zbek adabiyotidagi shakllanishi hamda taraqqiyoti Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi1. Arabcha “matla’ning qaytarilishi, takrorlanishi” ma’nolarini bildiruvchi radd ul-matla’ takrori mumtoz adabiyotimizda, asosan, g‘azal va qasida janrlarida ko‘proq qo‘llangan. A.Hojiahmedov bu haqda fikr bildirib, uning “raddi matla’” deb nomlanishini qayd qiladi hamda g‘azalning birinchi misrasi takrori nazarda tutilishini quyidagicha ifodalaydi: “Bu san’at mumtoz she’riyatimizda raddi matla’ deb yuritilgan. “Raddi matla’”, asosan, “matla’ni takrorlash” degan ma’noni ifodalaydi. Lekin ushbu san’at ko‘pincha g‘azalning birinchi misrasini asar oxirida takrorlashni nazarda tutadi”2. Bundan uning nomida ma’lum shartlilik mavjud ekanligi namoyon bo‘ladi, ya’ni u matla’ning qaytarilishi, takrorlanishi deb atalsa-da, aslida matla’ning bir misrasi – yarmi takrorlanadi3.
Raddi matla’ takrorining mumtoz adabiyotimizda misra, bayt takrorlari, asosan, qasida va g‘azalga xos bo‘lib, hozirgi zamon o‘zbek adabiyotida, jumladan, barmoq vaznida misra yoki band shaklidagi takrorlar halqa nomi bilan yuritiladi. Halqa takrori she’r boshidagi misra, bayt, bandning she’r oxirida takror kelib halqa hosil qilishidan iborat. Bunda halqa misra, bayt, band shaklida takrorlanadi. Halqaning boshqa takrorlardan farqi shundaki, u she’rning yaxlitligini ta’minlaydi. She’r boshida berilgan fikr she’r davomida rivojlanib boradi va uning oxirida umumlashtiriladi. “Halqa, birinchidan, she’r g‘oyasini ko‘rsatsa, ikkinchidan, she’rning boshqa bandlarini o‘z doirasiga qamrab oladi – she’rning kompozitsion bir butunligini vujudga keltiradi”1.
Mirtemir she’rlarida halqa takrori o‘ziga xos shaklda mahorat bilan qo‘llangan. Shoir she’riyatida halqa takrorining ikki xil: misra va band shaklidagi takrorlari mavjud, ya’ni she’r boshida kelgan misra yoki band she’r oxirida takror qo‘llangan. Bunday takrorlar oddiy qaytariqlar bo‘lmay, uslubiy vazifa bajarishga xizmat qilgan.
Shoirning “Nurxonni yo‘qlab...”, “Bog‘imning chechaklari”, “Bayram qo‘shiqlari”, “Dengiz tinchimadi – biz tinchimadik”, “Pushkin uyida”, “Shundog‘am sevamanki...”, “Hattoki”, “Tuproq to‘g‘risida”, “Chimildiq”, “Bu o‘sha...” kabi she’rlarida misra takrorlari; “Opoqi”, “Sharob”, “Men seni ...”, “Roziman, rizoman, o‘la-o‘lguncha”, “O‘tparast singari ...”, “Ana bog‘lar”, “Ko‘l bo‘yida” kabi she’rlarida band takrorlari halqani yuzaga keltirgan.
Mirtemir “Tuproq to‘g‘risida” she’ri dastlabki misrasini halqa takrori sifatida she’rning o‘rtasida va xirida takror qo‘llaydi.
Dastlabki band:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling