Ишнинг умумий тавсифи


III BOB. MIRTEMIR ShE’RIYaTIDA LEKSIK VA


Download 0.93 Mb.
bet2/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

III BOB. MIRTEMIR ShE’RIYaTIDA LEKSIK VA
LEKSIK-SINTAKTIK TAKRORLAR ................................................. 90-127
3.1. Anafora .................................................................................................. 92-103
3.2. Mukarrar .............................................................................................. 104-111
3.3. Takrir .................................................................................................. 112-120
3.4. Epifora ................................................................................................ 121-126
Qisqa xulosalar ......................................................................................... 126-127
UMUMIY XULOSALAR ....................................................................... 128-130
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI ............................. 131-143


DISSERTATSIYaNING UMUMIY TAVSIFI


Mavzuning dolzarbligi. So‘nggi yillarda jamiyatimizda bo‘layotgan tub o‘zgarishlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topmoqda. Ilm-fan va texnikaning jadallik bilan taraqqiy etishi yangidan-yangi kashfiyotlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi: “Umuman, men fanni ilg‘or, taraqqiyot, progress degan so‘zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligi, mustaqil bo‘lmagan millatning kelajagi yo‘qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vosita bo‘lmog‘i lozim”1. Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda jamiyatning ilg‘or taraqqiy etishi, avvalo, fanning oldiga mazmunan va mohiyatan yetuk tadqiqotlar yaratish talabini qo‘ymoqda. Bu ilm-fanning barcha sohalarida, xususan, tilshunoslik sohasida ham yangicha yondashish va zamon talabiga javob beradigan yetuk tadqiqotlarni yaratish lozimligini ko‘rsatadi.
O‘zbek tilshunosligida ancha rivoj topgan sohalardan biri uslubiyatdir. Ayniqsa, keyingi paytlarda badiiy til uslubiyati, lingvopoetika, lingvostilistika, badiiy, ilmiy va rasmiy uslublarni tadqiq qilish bo‘yicha bir qator salmoqli tadqiqotlar olib borildi. Bu ishlarda lisoniy vositalarning ma’noviy, uslubiy, lingvopoetik xususiyatlari yuzasidan fikr yuritilgan. Mana shunday uslubiy vositalardan biri badiiy takrorlardir. O‘zbek tilshunosligida takror so‘zlarning ma’noviy, uslubiy, shuningdek, badiiy san’at hosil qilish imkoniyatlarini tadqiq qilish yuzasidan bir qator ishlar qilindi. Ammo bu ishlarda takrorlarning badiiy-uslubiy, badiiy-estetik imkoniyatlari yo‘l-yo‘lakay, boshqa vositalar bilan birgalikda tadqiq qilingan. Alohida olingan biror-bir shoir she’riyatidagi takrorlarning fonetik-orfoepik, leksik va morfologik, shuningdek, sintaktik turlari asosida yuzaga keladigan lingvopoetik xususiyatlar yuzasidan alohida va maxsus ishlar yuzaga kelganicha yo‘q.
Bunday tadqiqotni amalga oshirish ijodkorning badiiy til vositalaridan qay darajada foydalana olganligini belgilash, xususan, takror birliklarning badiiy va estetik ta’sir imkoniyatlari haqida ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Qayd qilinganlarni hisobga olib, mazkur tadqiqotda Mirtemir she’riyatidagi takrorlar tadqiqot ob’ekti qilib olindi. Ma’lumki, Mirtemir asarlarining badiiy tili hozirga qadar deyarli tadqiq qilingan emas. Shu sababli dissertatsiyada Mirtemir she’riyatida uchraydigan takror vositalar, ularning badiiy ta’sirchanlikni oshirishdagi fonetik-orfoepik, grammatik va uslubiy tomonlari o‘rganildi va adib tilidagi uslubiy o‘ziga xosliklarni belgilashga harakat qilindi. Qayd qilinganlar ushbu mavzuning ob’ekti va lisoniy materialiga ko‘ragina emas, tadqiq usuliga ko‘ra ham dolzarb hamda original ekanini tasdiqlay oladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling